Suva 諏訪市 | |
---|---|
Shahar | |
36°2′20.9″N 138°6′50.5″E / 36.039139°N 138.114028°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
(({mintaqa_turi))} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 109.17 km2 (42.15 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil mart) |
48 972 |
Zichligi | 450 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0266-52-4141 |
Suva (yaponcha: 諏訪市 Suva-shi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra 20698 xonadonda 48.972 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 452 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 109,17 kvadrat kilometr (42,15 mi²) ni tashkil etadi.
Suva koʻli qirgʻoqlarida hech boʻlmaganda yapon paleolit davridan buyon yerlik aholi yashab kelmoqda. Suva sulolasi bu hududni Nara davridan beri boshqargan va bu hudud Edo davridagi Tokugava syogunati davridagi Suva domenining qal’a shahri va Koshu Kaido shossesida post stansiyasi sifatida rivojlangan. 1889-yil 1-apreldagi Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlarida Kamisuva qishlogʻi tashkil etildi. Kavasuva 1891-yil 20-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarildi. Shiga va Toyoda (Suva tumanidan) qishloqlari bilan birlashgandan soʻng, Kamisuva 1941-yil 10-avgustda shahar maqomiga koʻtarilib, oʻz nomini Suvaga oʻzgartirdi.
Suva Nagano prefekturasining markazida joylashgan boʻlib, shimol va gʻarbda Suva koʻli bilan oʻralgan, prefektura poytaxti Nagano shahridan taxminan 100 kilometr janubda va Tokio yoki Nagoya markazidan esa mashinada ikki soatlik yoʻl uzoqlikda joylashgan.
Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa). Suvada oʻrtacha yillik harorat 11.4 °C (52.5 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,301.5 mm (51.24 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.1 °C (75.4 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −1.1 °C (30.0 °F) boʻladi.
Suva (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 16,9 | 17,7 | 22,9 | 29,2 | 31,0 | 32,5 | 34,8 | 35,5 | 33,2 | 28,7 | 22,9 | 19,7 | 35,5 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 3,8 | 5,1 | 9,8 | 16,1 | 21,5 | 24,5 | 28,2 | 29,5 | 24,7 | 18,5 | 12,7 | 6,8 | 16,8 |
Oʻrtacha harorat, °C | −1,1 | −0,2 | 4,0 | 10,0 | 15,5 | 19,3 | 23,2 | 24,1 | 19,8 | 13,4 | 7,3 | 1,9 | 11,4 |
Oʻrtacha minimal, °C | −5,5 | −5 | −1 | 4,4 | 10,2 | 15,2 | 19,6 | 20,3 | 16,2 | 9,4 | 2,7 | −2,4 | 7,0 |
Mutlaq minimal, °C | −20,9 | −23,1 | −16,5 | −7,3 | −0,7 | 4,1 | 10,3 | 9,7 | 2,7 | −2,4 | −7 | −15,6 | −23,1 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 43,3 | 50,6 | 89,0 | 92,8 | 111,7 | 155,1 | 194,0 | 140,8 | 176,9 | 136,8 | 69,0 | 41,6 | 1 301,5 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Suva aholisi 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shu vaqtdan beri kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 37,547 | — |
1950 | 42,693 | +13.7% |
1960 | 44,035 | +3.1% |
1970 | 48,125 | +9.3% |
1980 | 50,558 | +5.1% |
1990 | 52,464 | +3.8% |
2000 | 53,858 | +2.7% |
2010 | 51,211 | −4.9% |
2020 | 48,729 | −4.8% |
Suva shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 15 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud.
Suva hududi Naganoning yetakchi sanoat markazi boʻlib, bir vaqtlar Yaponiyada oʻzining yuqori darajada rivojlangan nozik mashinasozlik sanoati sababli ham „Sharq Shveysariyasi“ nomi bilan tanilgan[5]. Seiko Epson korporatsiyasi, axborot bilan bogʻliq uskunalar va Seiko soatlari ishlab chiqaruvchisi, bosh qarorgohi Suva shahrida joylashgan[6]. Bu hudud, shuningdek, issiq buloq kurortlari bilan ajralib turadigan mashhur sayyohlik maskani ham hisoblanadi.
Suvada yettita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi va bitta oʻrta/yuqori maktab faoliyat yuritadi. Yaponiya Qizil Xoch Jamiyatining Suva hamshiralik maktabi ham shaharda bunyod etilgan.
Braziliyaning Colégio Sal e Luz maktabi ilgari Suva shahrida joylashgan edi[7]. Keyinchalik u Okayaga koʻchirib oʻtkazildi[8].
Suva Sayo Masudaning „Autobiography of a Geisha (Geyshaning tarjimai holi)“ asarining katta qismi uchun asosiy voqealar manzilgohi boʻlib xizmat qilgan.
Touhou loyihasidagi Sanae Kochiya, Kanako Yasaka va Suvako Moriya qahramonlari ham ayni shu hududdan kelib chiqqan holda tasvirlanadi.
Nagano (poytaxt) | |
Asosiy shahar |
|
Shaharlar | |
Tumanlar |
|
Nagano prefekturasidagi birlashishlar roʻyxati |