Nagiso 南木曽町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°36′13.2″N 137°36′31.8″E / 35.603667°N 137.608833°E G OKoordinatalari: 35°36′13.2″N 137°36′31.8″E / 35.603667°N 137.608833°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Mintaqa | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1968-yil 1-may |
Maydon | 215.93 km2 (83.37 mi²) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
4 111 |
Zichligi | 19 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0264-57-2001 |
|
Nagiso (yaponcha: 南木曽町 Nagiso-machi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 1751 ta xonadonda 4111 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 19 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 215,93 kvadrat kilometr (83,37 mil²) ni tashkil etadi. Nagiso Yaponiyaning eng chiroyli qishloqlaridan biri sifatida qayd etilgan.
Nagiso janubi-gʻarbiy Nagano prefekturasining Kiso vodiysida joylashgan boʻlib, gʻarbda Gifu prefekturasi bilan chegaradosh hisoblanadi. Shahar markazidan Kiso daryosi oqib oʻtadi.
Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Nagisoda oʻrtacha yillik harorat 11.5 °C (52.7 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,381.2 mm (93.75 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.5 °C (74.3 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −0.6 °C (30.9 °F) boʻladi.
Nagiso (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 14,4 | 18,6 | 22,8 | 27,7 | 30,7 | 33,0 | 35,6 | 35,7 | 34,0 | 29,5 | 22,5 | 20,8 | 35,7 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 4,6 | 6,4 | 11,3 | 17,3 | 22,1 | 24,9 | 29,3 | 30,0 | 25,9 | 20,0 | 13,7 | 7,2 | 17,6 |
Oʻrtacha harorat, °C | −0,6 | 0,4 | 4,6 | 10,2 | 15,2 | 19,0 | 22,6 | 23,5 | 19,8 | 13,7 | 7,5 | 1,9 | 11,5 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,5 | −4,3 | −0,7 | 4,2 | 9,5 | 14,6 | 18,7 | 19,5 | 15,8 | 9,5 | 3,2 | −1,8 | 7,0 |
Mutlaq minimal, °C | −14 | −15,3 | −11,5 | −5 | −0,3 | 5,9 | 11,8 | 12,3 | 5,3 | −1,2 | −4,2 | −10,6 | −15,3 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 107,5 | 113,8 | 182,1 | 181,0 | 203,3 | 298,9 | 365,8 | 245,9 | 264,1 | 189,2 | 129,2 | 111,6 | 2 381,2 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Hozirgi Nagiso hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida hudud Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo avtomagistralidagi bir qator post stansiyasi vazifasini oʻtagan. Yomikaki, Tsumagoi va Tadachi qishloqlari birlashishi natijasida, 1968-yil 1-mayda Nagiso shahrini tashkil etilgan.
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Nagiso aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida tez sur`atlarda kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 8,551 | — |
1950 | 10,258 | +20.0% |
1960 | 10,771 | +5.0% |
1970 | 8,02 | −25.5% |
1980 | 6,68 | −16.7% |
1990 | 6,142 | −8.1% |
2000 | 5,687 | −7.4% |
2010 | 4,81 | −15.4% |
2020 | 3,915 | −18.6% |
Nagisoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi mavjud shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab ham faoliyat yurtadi.
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „(({title))}“. JMA. Qaraldi: 24-aprel 2022-yil.