Sakaki 坂城町 | |
---|---|
Shaharcha | |
36°27′42.5″N 138°10′48.4″E / 36.461806°N 138.180111°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
(({mintaqa_turi))} | Toushin viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 53.64 km2 (20.71 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
15 025 |
Zichligi | 280 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0268-82-3111 |
|
Sakaki (yaponcha: 坂城町 Sakaki-machi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 6211 ta xonadonda 15025 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 280 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 53,64 kvadrat kilometr (20,71 mi²) ga teng.
Sakaki Toushin mintaqasida yaʼni Nagano prefekturasining shimoliy-markaziy qismida joylashgan. Shahar hududidan Chikuma daryosi oqib oʻtadi.
Shahar iqlimi issiq boʻlib, nam yoz va sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Sakakida oʻrtacha yillik harorat 12,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1086 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,3 °C atrofida boʻladi[2].
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakaki aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan oʻzgarmas holda saqlanib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 12,107 | — |
1950 | 15,851 | +30.9% |
1960 | 14,43 | −9.0% |
1970 | 15,721 | +8.9% |
1980 | 16,685 | +6.1% |
1990 | 16,632 | −0.3% |
2000 | 16,83 | +1.2% |
2010 | 15,734 | −6.5% |
2020 | 14,004 | −11.0% |
Hozirgi Sakaki hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu hudud ilk Edo davrida qisqa muddatli Sakaki domenining (1683—1702) bir qismi hisoblangan va undan keyin Meidzi qayta tiklanishigacha Naka-no-jō daikanshō orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Tokugava syogunati tomonidan boshqariladigan Tenryo hududi sirasiga kirgan. Zamonaviy Sakaki qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan va 1904-yil 12-iyulda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. Shahar 1955-yil 1-aprelda qoʻshni Nakanojo va Nanjo qishloqlarini shuningdek, 1960-yil 1-aprelda qoʻshni Sarashina tumanidan Murakami qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.
Qurilish uskunalari ishlab chiqaruvchi Takeuchi Manufacturing kompaniyasining bosh qarorgohi shu shaharda joylashgan[4]. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan asosan sholi yetishtiriladi, shuningdek, bogʻdorchilik (olma, nok va uzum) va gulchilik ham rivojlangan.
Sakaki shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabiga ega shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab ham faoliyat yuritadi.
Katsurao qal’asi — Murakami urugʻining uy qal’asi vazifasini bajargan. Bugungi kunda faqatgina qal’a harobalarigina saqlanib qolgan.
Nagano (poytaxt) | |
Asosiy shahar |
|
Shaharlar | |
Tumanlar |
|
Nagano prefekturasidagi birlashishlar roʻyxati |