Kiso 木曽町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°50′30.9″N 137°41′29.0″E / 35.841917°N 137.691389°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
(({mintaqa_turi))} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 2005-yil 1-noyabr |
Maydon | 476.03 km2 (183.80 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (April 2019) |
11 045 |
Zichligi | 23 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0264-22-3000 |
|
Kiso (yaponcha: 木曽町 Kiso-machi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 5-aprel, 2019-yil holatiga koʻra, shaharchada 4892 xonadonda 11045 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 23 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 476,03 kvadrat kilometr (183,80 mil²) ga teng. Kiso shaharchasi Yaponiyaning eng goʻzal qishloqlari roʻyxatiga kiritilgan.
Kiso togʻli janubi-gʻarbiy Nagano prefekturasida joylashgan boʻlib, gʻarbda Gifu prefekturasi bilan chegaradosh hisoblanadi.
Shahar iqlimi issiq va nam yoz va sovuq qish bilan kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Kisoda oʻrtacha yillik harorat 10.8 °C (51.4 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,926.7 mm (75.85 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.2 °C (73.8 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −1.4 °C (29.5 °F) boʻladi.
Kisofukusima, Kiso (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 15,2 | 19,3 | 23,4 | 28,0 | 31,3 | 32,6 | 35,2 | 36,1 | 35,4 | 30,8 | 23,8 | 19,4 | 36,1 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 4,5 | 6,0 | 10,5 | 16,7 | 22,0 | 24,8 | 28,0 | 29,8 | 25,8 | 20,0 | 13,9 | 7,5 | 17,5 |
Oʻrtacha harorat, °C | −1,4 | −0,5 | 3,5 | 9,4 | 14,7 | 18,6 | 22,3 | 23,2 | 19,3 | 12,9 | 6,6 | 1,3 | 10,8 |
Oʻrtacha minimal, °C | −6,4 | −6,1 | −2,3 | 2,7 | 8,3 | 13,8 | 18,1 | 18,8 | 14,8 | 8,0 | 1,3 | −3,5 | 5,6 |
Mutlaq minimal, °C | −16,4 | −18,8 | −13,1 | −7,3 | −2,2 | 2,8 | 9,9 | 9,3 | 1,5 | −2,8 | −7,7 | −14,4 | −18,8 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 63,2 | 83,2 | 146,8 | 157,2 | 177,0 | 220,7 | 289,7 | 187,8 | 321,0 | 183,5 | 112,7 | 73,9 | 1 926,7 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Kaida, Kiso (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 11,4 | 14,5 | 20,4 | 26,7 | 29,6 | 31,2 | 32,2 | 32,2 | 30,8 | 24,9 | 19,3 | 17,2 | 32,2 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 0,2 | 1,5 | 5,8 | 12,9 | 18,8 | 21,7 | 25,0 | 26,3 | 21,9 | 16,1 | 9,9 | 3,3 | 13,6 |
Oʻrtacha harorat, °C | −4,8 | −4,1 | −0,2 | 6,0 | 11,6 | 15,5 | 19,4 | 20,0 | 15,9 | 9,5 | 3,5 | −1,9 | 7,5 |
Oʻrtacha minimal, °C | −10,9 | −10,8 | −6,3 | −0,9 | 4,3 | 10,1 | 14,8 | 15,2 | 11,0 | 3,9 | −2,3 | −7,2 | 1,7 |
Mutlaq minimal, °C | −21,6 | −22 | −19,2 | −15,8 | −6,4 | −0,7 | 5,1 | 5,3 | −2,2 | −7,1 | −13,1 | −21 | −22 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 76,8 | 94,2 | 162,2 | 174,4 | 202,3 | 240,5 | 304,0 | 199,6 | 252,6 | 200,0 | 126,1 | 92,9 | 2 109,9 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[4][5] |
Hozirgi Kiso hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan.
Zamonaviy shaharcha 2005-yil 1-noyabrda Kiso-Fukushima shahrining Hiyoshi, Kaida va Mitake qishloqlari bilan qoʻshilishi natijasida yaratilgan.
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[6], Kiso aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida tez sur`atlarda kamaygan va hozirda uning qiymati 1940-yildagi sonining yarmidan kamrogʻini tashkil etadi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 22,256 | — |
1950 | 22,19 | −0.3% |
1960 | 22,429 | +1.1% |
1970 | 18,868 | −15.9% |
1980 | 17,426 | −7.6% |
1990 | 15,789 | −9.4% |
2000 | 14,866 | −5.8% |
2010 | 12,75 | −14.2% |
2020 | 10,584 | −17.0% |
Kiso shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va uchta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktabga ega. Prefekturada maxsus taʼlim maktabi ham mavjud. Nagoya universitetining Quyosh-yer muhiti laboratoriyasi, Kiso shahrida joylashgan.
Nagano (poytaxt) | |
Asosiy shahar |
|
Shaharlar | |
Tumanlar |
|
Nagano prefekturasidagi birlashishlar roʻyxati |