Iiyama 飯山市 | |
---|---|
Shahar | |
36°51′5.9″N 138°21′55.9″E / 36.851639°N 138.365528°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
(({mintaqa_turi))} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 202.43 km2 (78.16 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil fevral) |
20 118 |
Zichligi | 99 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0269-62-3111 |
Iiyama (yaponcha: 飯山市 Iiyama-shi ) Yaponiya Nagano prefekturasida joylashgan shahar. 2019 yil 1-Fevral holatgaga koʻra, shahardagi 7372 xonadonda 20,118 kishi iqtiqomat qilgan[1] va aholi zichligi taxminan 1 kvadrat kilometrga 99 kishidan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 202,43 kvadrat kilometr (78.16 mi) ni tashkil etadi. U oʻzini „Yaponiyaning ona shahri“ deb biladi va „Qor mamlakatining kichkina kyotosi“ deb nomlanadi.
Iiyama Nagano prefekturasining shimoliy togʻli qismida joylashgan boʻlib, shimolda Niigata prefekturasi bilan chegaradosh. Bu hudud koʻp miqdordaqor yogʻadigan qattiq qish fasli bilan mashhur. Chikuma daryosi (Yaponiyadagi eng uzun daryo) hududning markazidan oqib oʻtadi hamda Niigata prefekturasi hududiga oʻtganda Shinano daryosi deb ataladi.
Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa). Iiyamada oʻrtacha yillik harorat 11.3 °C (52.3 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,412.0 °C (2,573.6 °F) boʻlib, eng seryogʻin oy yanvar hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.7 °C (76.5 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −1.6 °C (29.1 °F) boʻladi. Butun shahar Yaponiyadagi qor mamlakatining bir qismi hisoblanadi, bu yerda qishda koʻp qor toʻplanadi.
Iiyama (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 12,8 | 17,3 | 23,3 | 32,2 | 33,1 | 35,5 | 37,2 | 37,6 | 36,5 | 32,1 | 25,5 | 22,2 | 37,6 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2,5 | 3,6 | 8,0 | 16,1 | 22,5 | 25,6 | 29,1 | 30,6 | 26,0 | 19,7 | 13,0 | 5,9 | 16,9 |
Oʻrtacha harorat, °C | −1,6 | −1,2 | 2,4 | 9,3 | 15,7 | 19,9 | 23,7 | 24,7 | 20,4 | 13,8 | 7,2 | 1,4 | 11,3 |
Oʻrtacha minimal, °C | −6,2 | −6,3 | −2,7 | 3,3 | 9,4 | 15,1 | 19,7 | 20,4 | 16,1 | 9,1 | 2,6 | −2,5 | 6,5 |
Mutlaq minimal, °C | −18,6 | −19,7 | −15,3 | −7,7 | −0,4 | 4,4 | 11,8 | 11,2 | 5,6 | −2,1 | −7 | −15,5 | −19,7 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 171,8 | 117,3 | 96,2 | 63,1 | 69,2 | 101,4 | 155,7 | 128,8 | 127,2 | 117,2 | 96,8 | 167,4 | 1 412 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Hozirgi Iiyama hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu hudud Edo davrida Iiyama domenining bir qismi hisoblangan va shaharning oʻzagi Honda urugʻining kadet boʻlimi tomonidan boshqariladigan hamda Iiyama qal’asi atrofidagi jokamachi hisoblangan. Zamonaviy Iiyama shahri 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Naganoning Shimominochi tumanida bunyod etilgan. U 1954-yil 1-avgustda Iiyama shahriga qoʻshni Akitsu, Tokiva, Yanagihara, Tozama, Kijima va Zuiho qishloqlari bilan birlashishi natijasida shahar maqomiga koʻtarildi. Shahar 1955-yilda Ōta va Okayama qishloqlari hududini ham oʻziga qoʻshib olgan.
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Iiyama aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 35,156 | — |
1950 | 41,395 | +17.7% |
1960 | 37,592 | −9.2% |
1970 | 32,159 | −14.5% |
1980 | 30,073 | −6.5% |
1990 | 28,114 | −6.5% |
2000 | 26,42 | −6.0% |
2010 | 23,548 | −10.9% |
2020 | 19,539 | −17.0% |
Iiyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.
Iiyama iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, guruch, qushqo'nmas, qoʻziqorin va kartoshka yetishtirishga alohida eʼtibor beradi. Ishlab chiqarish Butsudan sanʼati mahsulotlari, changʻi va elektronika ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. Togʻ-changʻi kurortlari va issiq buloqlarga mavsumiy turizmi ham shahr iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshadi[5].
Televizor va elektronika ishlab chiqaruvchi Iiyama kompaniyasi 1972-yilda shaharda tashkil etilgan, biroq bir qator qoʻshilishlardan soʻng kompaniya u yerdagi oʻz shtab-kvartirasi faoliyatini yakunlagan. Qadimgi ofis Iiyamaning bosh kompaniyasi boʻlib, u kompyuter sichqonchasi ishlab chiqarish markazi sifatida foydalanishda davom etmoqda[6][7].
Iiyamada yettita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham mavjud.
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „(({title))}“ (ja). Iiyama. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „(({title))}“ (ja). Nara National Research Institute for Cultural Properties. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.[sayt ishlamaydi]
Nagano (poytaxt) | |
Asosiy shahar |
|
Shaharlar | |
Tumanlar |
|
Nagano prefekturasidagi birlashishlar roʻyxati |