Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Igor Sergeyev | ||
Tavallud sanasi | 30-aprel 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 187 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Vazni | 76 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | BG Pathum United F.C. | ||
Raqami | 77 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008—2011 | Uzbekistan Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2018 | Paxtakor | 122 | (61) |
2016 | → Beijing Guoan F.C. | 14 | (1) |
2018 | Al Dhafra FC | 10 | (1) |
2018—2021 | Paxtakor | 49 | (34) |
2021 | Aktobe | 18 | (7) |
2021—2023 | Tobol | 45 | (17) |
2023— | BG Pathum United F.C. | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Oʻzbekiston U-18 | 4 | (1) |
2012 | Oʻzbekiston U-19 | 14 | (9) |
2013 | Oʻzbekiston U-20 | 5 | (2) |
2014—2016 | Oʻzbekiston U-20 | 7 | (3) |
2013— | Oʻzbekiston | 70 | (18) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Igor Sergeyev — (1993-yil 30-aprelda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbolchisi, „Tobol“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Igorning Paxtakor tarkibidagi dastlabki debyut oʻyni 2011-yil 5-mart kuni Qizilqum klubiga qarshi boʻlib oʻtadi. Bunda u oʻyinning 90-daqiqasida Temurxoʻja Abduxoliqovning oʻrniga zaxiradan maydonga tushadi.[1] Sergeyev faoliyati davomida Paxtakor tarkibida 52 ta oʻyinga tushib 15 marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan. 2018-yilning 6-iyul kuni Sergeyev Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytdi[2]
2016-yilning 6-iyulida Sergeyev „Beyjing Guoan“ klubiga ijaraga berildi va terma jamoadoshi Egor Krimets bilan bir klubga oʻtdi. 16-oktyabr kuni u 2016-yilgi mavsumdagi ilk golini „Beijing Guoan“ va „Changchun Yatay“ uchrashuvida urdi.
2021-yilning 18-fevralida „Aktobe“ klubi Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[3]
2021-yilning 19-iyulida Sergeyev „Tobol“ bilan shartnoma imzolash[4] uchun „Aktobe“ni tark etdi.[5] 2023-yil 8-iyun kuni Qozogʻiston jamoasidagi ikki yillik faoliyatidan soʻng Sergeyev oʻzaro kelishuvga koʻra „Tobol“ni tark etdi[6][7].
2023-yil 13-iyunda BG Pathum Yunayted Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8][9]. 2023-yil 22-avgustda Tailand jamoasidagi uchinchi uchrashuvida, AFC Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida „Shanghai Port F. C.“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining jamoadagi dastlabki gollarini urdi[10]. Uchrashuv yakunida Taliand jamoasi safardagi uchrashuvda 2-3 hisobida gʻalaba qozondi va Igor Osiyo chempionlar ligasida ilk bor bir oʻyinda uchta gol muallifi boʻldi[11][12].
Sergeev Oʻzbekiston uchun 20 yoshgacha boʻlganlar darajasida oʻzini oddiy futbolchi sifatida koʻrsatgan edi. 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionatidan soʻng Sergeyev 7 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi, chunki u Oʻzbekiston U20 terma jamoasini yarim finalga olib chiqdi va final uchun baxsda Janubiy Koreya U20 terma jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.[13]
U 2013-yil 10-sentabrda Oʻzbekistonning asosiy terma jamoasi safida debyutini 2014-yilning JCh saralash bosqichi doirasida Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U Oʻzbekiston terma jamoasining 2015-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritildi. Sergeyev uchta oʻyin oʻtkazdi va „B“ guruhidagi dastlabki oʻyinda KXDRga qarshi oʻyinda Oʻzbekistonga 1:0 hisobida gʻalaba keltirgan golga mualliflik qildi.
FIFA-2018 Rossiya Jahon chempionati saralash bosqichida Igor koʻplab gollar urdi va oʻz milliy jamoasiga koʻplab davlatlarni magʻlub etishda katta yordam berdi. 22 yoshli Igor Sergeyev klub va terma jamoa safida muntazam ravishda gol urib, Osiyoning eng istiqbolli yulduzlaridan biri sifatida tanildi. Yosh hujumchi „Paxtakor“ni ichki chempionatda 11-marta chempionligini qoʻlga kiritish yoʻlida davom etishi uchun 40 ta gol urdi. U saralash bosqichida ham xuddi shunday ajoyib oʻyin koʻrsatdi va hozirgacha uchta gol urdi. U 2015-yilning iyun oyida Shimoliy Koreya darvozasiga gol urgan. Keyin esa Filippinga qarshi oʻyinda oʻzining haqiqiy kuchini koʻrsatib, 2 ta gol urib, Oʻzbekistonning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangandi. „Paxtakor“ning yosh hujumchisi oʻyin tugashiga besh daqiqa qolganida dublni amalga oshirib, hisobning yirik koʻrinish olishini taʼminladi.[14]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Paxtakor Toshkent | 2011 | Oʻzbekiston Super League | 2 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | - | 3 | 0 | ||
2012 | 5 | 0 | 1 | 0 | - | 0 | 0 | - | 6 | 0 | ||||
2013 | 20 | 4 | 2 | 0 | - | 6 | 0 | - | 28 | 4 | ||||
2014 | 25 | 11 | 5 | 2 | - | - | - | 30 | 13 | |||||
2015 | 30 | 22 | 4 | 1 | - | 6 | 3 | 1 | 0 | 41 | 26 | |||
2016 | 15 | 11 | 2 | 2 | - | 6 | 5 | 1 | 0 | 24 | 18 | |||
2017 | 25 | 13 | 2 | 0 | - | - | - | 27 | 13 | |||||
Umumiy | 122 | 61 | 16 | 5 | - | - | 19 | 8 | 2 | 0 | 159 | 74 | ||
Beijing Guoan (ijara) | 2016 | Chinese Super League | 14 | 1 | 2 | 0 | - | - | - | 16 | 1 | |||
Al Dhafra | 2017-18 | UAE Pro League | 10 | 1 | 0 | 0 | - | - | - | 10 | 1 | |||
Paxtakor Toshkent | 2018 | Oʻzbekiston Super League | 11 | 4 | 3 | 1 | - | 0 | 0 | - | 14 | 5 | ||
2019 | 23 | 18 | 3 | 2 | 2 | 2 | 7 | 2 | - | 35 | 24 | |||
2020 | 24 | 16 | 3 | 4 | - | 8 | 2 | - | 35 | 22 | ||||
Umumiy | 58 | 38 | 9 | 7 | 2 | 2 | 15 | 4 | 0 | 0 | 84 | 51 | ||
Aktobe | 2021 | Qozog‘iston Premyer-ligasi | 18 | 7 | 2 | 0 | - | - | - | 20 | 7 | |||
Tobol | 2021 | Qozogʻiston Premyer-ligasi | 7 | 4 | 7 | 4 | - | 4 | 2 | 0 | 0 | 18 | 10 | |
2022 | 26 | 9 | 2 | 2 | - | 4 | 1 | 1 | 0 | 33 | 12 | |||
2023 | 12 | 4 | 3 | 1 | - | 0 | 0 | - | 15 | 5 | ||||
Umumiy | 45 | 17 | 12 | 7 | - | - | 8 | 3 | 1 | 0 | 66 | 27 | ||
Umumiy faoliyat | 267 | 125 | 41 | 19 | 2 | 2 | 42 | 15 | 3 | 0 | 355 | 161 |
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2013 | 4 | 2 |
2014 | 10 | 2 |
2015 | 10 | 5 |
2016 | 11 | 1 |
2017 | 7 | 0 |
2018 | 1 | 0 |
2019 | 7 | 3 |
2020 | 3 | 2 |
2021 | 5 | 0 |
2022 | 8 | 2 |
2023 | 5 | 1 |
Umumiy | 71 | 18 |
2023-yil 22-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[16].
№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 15-Oktyabr 2013 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Vyetnam | 3-1 | 3-1 | 2015 AFC Asian Cup qualification |
2. | 15-Noyabr 2013 | Mỹ Đình National Stadium, Hanoi, Vietnam | Vyetnam | 2-0 | 3-0 | |
3. | 5-mart 2014 | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Birlashgan Arab Amirliklari | 1-1 | 1-1 | |
4. | 4-Sentabr 2014 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Iordaniya | 1-0 | 2-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
5. | 10-yanvar 2015 | Stadium Australia, Sydney, Australia | Shimoliy Koreya | 1-0 | 1-0 | 2015 AFC Asian Cup |
6. | 8-sentabr 2015 | Philippine Sports Stadium, Bocaue, Philippines | Filippin | 3-0 | 5-1 | 2018 FIFA World Cup qualification |
7. | 4-0 | |||||
8. | 8-Oktabr 2015 | Bahrain National Stadium, Riffa, Bahrain | Bahrayn | 2-0 | 4-0 | |
9. | 12-Noyabr 2015 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Shimoliy Koreya | 1-1 | 3-1 | |
10. | 10-Noyabr 2016 | Iordaniya | 1-0 | 1-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
11. | 7-iyun 2019 | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Shimoliy Koreya | 3-0 | 4-0 | |
12. | 10-Oktyabr 2019 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Yaman | 5-0 | 5-0 | 2022 FIFA World Cup qualification |
13. | 9-Noyabr 2019 | Qirgʻiziston | 1-0 | 3-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
14. | 12-Okytabr 2020 | Rashid Stadium, Dubai, United Arab Emirates | Birlashgan Arab Amirliklari | 1-0 | 2-1 | |
15. | 2-0 | |||||
16. | 25-mart 2022 | Markaziy Stadioni, Namangan, Oʻzbekiston | Qirgʻiziston | 2-1 | 3-1 | Navroʻz kubogi |
17. | 3-1 | |||||
18. | 21-noyabr 2023-yil | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Eron | 2-2 | 2-2 | 2023 FIFA World Cup qualification |
AFC U-19 Osiyo chempionati 2012: Yarim finalchi