Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Diyor Akmal oʻgʻli Xolmatov | ||
Tavallud sanasi | 22-iyul 2002-yil | ||
Tavallud joyi | Fargʻona, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 174 m (570 ft 10 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Vazni | 70 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor | ||
Raqami | 28 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020— | Paxtakor | 70 | (5) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2021 | Oʻzbekiston U-21 | 1 | (0) |
2021—2024 | Oʻzbekiston U-23 | 15 | (0) |
2023– | Oʻzbekiston | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2023-yil 12-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 25-dekabr uchun) |
Diyor Akmal oʻgʻli Xolmatov (ruscha: Холматов, Диёр; 2002-yil 22-iyul, Fargʻona) – oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston futbol terma jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi[1].
Diyor Xolmatov 2002-yil 22-iyul Fargʻonada tugʻilgan. Diyor taniqli futbolchi Akmal Xolmatovning farzandi[2]. U Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2014-yilgi Bahodir Ibrohimov xotira turnirida eng yaxshi yarim himoyachi deb topilgan[3]. 2021-yilgacha Diyor Xolmatov Paxtakor U18 tarkibida harakat qilgan. Paxtakor U18 safida 3 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan. Umumiy hisobda 19 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshiladi. Diyor Xolmatov transfermarktdagi narxi 400 ming yevroni tashkil etadi[4].
U kattalar futbolida Shota Arveladze boshchiligida Oʻzbekiston chempionatida 2020 -yil 28-oktabr kuni „Mashal“ jamoasiga qarshi oʻyinda (4:1) debyut qilgan. 2021-yil oxirida u Oʻzbekistonning eng yaxshi uch nafar yosh futbolchilaridan biriga kiritilgan[5].
Diyor Xolmatov 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshilgan. Diyor Xolmatov 2021-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 19 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol kiritdi va Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Umumiy hisobda 1306 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 21-dekabrda Paxtakor klubi Diyor Xolmatov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi[6][7]. Oʻzbekistonning 2021-yildagi futbol boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash uchun sport jurnalistlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Unga koʻra Diyor Xolmatov 71 ball bilan eng yaxshi yosh futbolchilar ichida 3-oʻrinni oldi[8]. Transfermarkt portali va Championat.asia sayti hamkorlikda 2021-yilning eng yaxshilarini aniqlashdi. Unga koʻra Diyor Xolmatov Superliganing eng yaxshi yosh futbochlisi deb topildi[9]. Diyor Xolmatov 2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 10 ta, Oʻzbekiston kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 4 ta oʻyin oʻtqazadi. Umumiy hisobda 407 daqiqa maydonda harakat qildi. Keyinchalik u „Paxtakor“ning asosiy oʻyinchisiga aylandi va u bilan toʻrt marta Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi boʻldi. Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan[10].
Diyor Xolmatov Oʻzbekistoning bir qancha yosh toifalarida uynagan. Jumladan: Oʻzbekiston U 19, Oʻzbekiston U 21 va Oʻzbekiston U 23. Diyor 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan[11]. Oʻzbekiston U 21 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 28-may kuni Ukraina U 21 jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Oʻzbekiston U23 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 27-oktabr kuni Saudiya Arabistoni U 23 jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Diyor Xolmatov 2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U 23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritilgan[12].
Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2022 va 2024-yilgi turnirlarda yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikki marta kumush medalni qoʻlga kiritgan.
U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor 2023-yilning 25-dekabr kuni murabbiy Srechko Katanc boshchiligida Qirgʻizistonga qarshi norasmiy oʻyinda (4:1) maydonga tushgan. U Qatarda boʻlib oʻtadigan 2023-yilgi Osiyo Kubogi uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga kiritilgan va Tailandga qarshi turnirda (2:1) bor-yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazgan. JCh-2026 saralash kampaniyasi doirasida u uchta oʻyin oʻtkazgan[13].
2024-yilgi Parij Olimpiasi oʻyinlari boshlanishi arafasida Temur Kapadze Xolmatovni turnirda qatnashadigan futbolchilarning roʻyxatiga kiritgan[14].
Klub | Mavsum | Liga | Milliy Kubok | AFC | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Dvizion | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gollar | Isht | Gol | ||
Paxtakor | 2021-yil | Superliga | 19 | 1 | 19 | 1 | 6 | 0 | — | 44 | 2 | |
2022-yil | Superliga | 10 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 15 | 1 | ||
Jami | 19 | 1 | 20 | 1 | 10 | 0 | — | 59 | 3 |
Yil | Isht | Gol |
---|---|---|
2023 | 1 | 0 |
2024 | 2 | |
Jami | 3 | 0 |
Paxtakor[15]: Oʻzbekiston Superligasi chempioni 2020, 2021, 2022, 2023
Paxtakor[16]: Oʻzbekiston Superkubogi sohibi 2021, 2022