Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 12-yanvar 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 178 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Metallurg (Bekobod) | ||
Raqami | 79 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2014 | Paxtakor | 25 | (5) |
2014 | Andijon | 10 | (2) |
2015-2017 | Neftchi | 61 | (4) |
2017 | Navbahor | 13 | (1) |
2018 | Neftchi | 13 | (1) |
2019 | Surxon | 4 | (1) |
2020 | Yangiyer | 15 | (3) |
2021 | Istiqlol | - | (-) |
2021 | Rubin | - | (-) |
2023 | Yangiyer | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009-2011 | Oʻzbekiston U-17 | 4 | (3) |
2011-2014 | Oʻzbekiston U-20 | 5 | (2) |
2013-2016 | Oʻzbekiston U-23 | 8 | (-) |
2015- | Oʻzbekiston | - | (-) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Abbosbek Mahstaliyev (1994-yil 12-yanvarda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi[1]. Hozirda murabbiy va "Yangiyer" klubi futbolchi.
Hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
U 2011-yilda O‘zbekiston oliy ligasida debyut qilgan va „Paxtakor“ safida 2 ta o‘yinda gol o‘tkazmagan. 2012-yilda Osiyo Chempionlar Ligasida 4 ta oʻyinda va oliy ligada 16 ta oʻyinda gol ishtirok etagan, oliy ligada 4 ta gol urgan. Shuningdek, keyingi yili u xuddi shu musobaqada 4 ta oʻyinda, shuningdek, oliy ligada 4 ta oʻyinda maydonga tushib, yana bir gol urdi. „Paxtakor“ tarkibida oʻynab yurgan vaqtida bir necha jamoalardan takliflar boʻldi.[2] 2015-yilgi mavsumda Abbosbek Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[3][4] Fargoʻonalilar safida 2.5 mavsum mobaynida toʻp surdi va jamoaning yetakchi futbolchilardan biriga aylandi. 2017-yilgi mavsum yozgi transfer vaqtida Mahstaliyev Vodiyning boshqa bir jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasi safiga borib qoʻshildi.[5] 2018-yil mavsum oldidan yana Fargʻonalilar safiga[6] qaytgan Abbosbek bu safar jamoani erta tark etdi.[7] 2018-yilgi yozgi transfer vaqtida Termizning „Surxon“ klubi tarkibiga oʻtdi.[8] 2020-yilgi mavsumni oʻzi tugʻilib oʻsgan Yangiyerning „Yangiyer“ tarkibida oʻtkazgan boʻlsa, 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[9][10] 2021-yilgi mavsum 2- davrasida futbolchilk faoliyatiga yakun yasadi.[11][12][13] 2023-yil "Yangiyer" klubi taklifiga binoan futbolchilik faoliyatini tikladi va Sirdaryo klubi jamoasi futbolchisiga aylandi.
2011-yilda 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4 ta oʻyinda 3 ta gol urgan.[14][15] 2012-yilda 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2012-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar etib borgan va u 5 ta oʻyinda ishtirok etdi ammo gol urolmadi; 2013-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi, shuningdek, guruh bosqichining birinchi oʻyinida gol urdi. Shuningdek, u guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida Xorvatiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 2-iyul kuni u JChdagi ikkinchi golini Gretsiyaga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi, bu 1/8 final uchun amal qiladi; Keyingi 6-iyulda u chorak finalda Fransiyaga qarshi oʻyinda (4:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi va ammo jamoasi magʻlub boʻldi.[16] Mavsum soʻnggida esa OFKning eng yaxshi yosh futbolchilar nomzodlari qatoriga kiritildi.[17]
Oʻzbekiston iftixori unvoni sohibi: 2013-yil[18]