Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jasur Baratovich Hakimov | ||
Tavallud sanasi | 24-may 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻrta Chirchiq tumani Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1,86 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lokomotiv Toshkent | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2010—2013 | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2018 | Paxtakor | 34 | (5) |
2014—2015 | → Soʻgʻdiyona | 41 | (10) |
2016 | → Metallurg Bekobod | 12 | (1) |
2018 | → Qoʻqon 1912 | 16 | (2) |
2019 | AGMK | 16 | (1) |
2020 | Buxoro | 24 | (3) |
2021 | Turon | 9 | (1) |
2021 | Soʻgʻdiyona | 9 | (0) |
2022—2023 | Bunyodkor | 38 | (13) |
2024— | Lokomotiv Toshkent | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2010—2011 | Oʻzbekiston U-17 | 3 | |
2012—2013 | Oʻzbekiston U-20 | 1 | |
2013—2016 | Oʻzbekiston U-23 | 2 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2023-yil 22-may uchun) |
Jasur Baratovich Hakimov (1994-yil 24-may Oʻrta Chirchiqda tavallud topgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Pozitsiyasi boʻyicha hujumchi. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida toʻp suradi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011[1][2] va FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musoboqalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.
Futbolchilik faoliyati „Paxtakor“ jamoasi akademiyasidan boshlagan. Paxtakor jamoasida 2014-yilgacha oʻrinbosarlar jamoasida toʻp surgan. 2014-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga ijaraga berilgan.[3] 2016-yilgi mavsumda yana poytaxt jamoasiga qaytgan Jasur mavsumda yana ijaraga berildi, bu safar Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga. Madanchilar safida yarim mavsum davomida oʻz oʻrnini topa olmagach yozgi transfer oynasi vaqtida sherlar safiga qaytdi.[4] „Paxtakor“ jamoasi bilan keyinchalik 2 yil davomida faoliyat olib bordi va 2018-yil yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Supurligasining boshqa bir jamoasi, Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga oʻtdi.[5][6] Mavsum yakunlangach 2019-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasini Olmaliqning „AGMK“ jamoasi yoʻnalishida oʻzgartirdi. 2020-yildi mavsumda navbatdagi jamoa, Buxoroning „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[7] Buxoroliklar safida bir mavsum davomida yoʻp surga xolda jamoa bilan xayrlashdi. 2021-yil mavsum oldidan Oʻzbekiston Supurligas debyutanti, Yaypanning „Turon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yaypan jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surga xolda,[8] Ulugʻbek Baqoyev boshchilik qilayotgan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtdi. Mavsum yakunlangach jizzaxlilar bilan shartnomasi yakunlandi[9] va 2022-yilgi mavsum oldidan jaroxat odi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasi bilan mashgʻulot olib bordi. 2022-yil yozgi transfer oynasida Toshkent jamoasi bilan shartnoma imzolab, hozirgacha shu jamoada toʻp surmoqda. 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 6 ta gol urib jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2024-yilning yanvar oyida „Lokomotiv“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[10][11][12].
Oʻzbekiston Oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalar safida 2011 va 2013-yilgi jahon chemppionatlarida toʻp surgan.