Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Umid Isoqov | ||
Tavallud sanasi | 22-dekabr 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Qoʻqon Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 176 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1995-1996 | Temiryoʻlchi | 2 | (0) |
1997—2004 | Neftchi (Fargʻona) | 210 | (139) |
2005 | Paxtakor | 6 | (2) |
2005 | Dinamo (Samarqand) | 11 | (6) |
2006 | Andijon | 22 | (9) |
2007 | Nasaf | 22 | (7) |
2008 | Qizilqum | 17 | (7) |
2009 | Xorazm | 7 | (2) |
2010 | Neftchi (Fargʻona) | 5 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2001 | Oʻzbekiston | 8 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Umid Isoqov (1978-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining eng yaxshi toʻpurarlaridan biri. 1999-va 2001-yillardagi Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.
Professional faoliyatini 1995-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1997-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2004-yil yakunigacha ushbu klub safida toʻp surgan. Bu vaqt ichida u „Neftchi“ safida 210 ta uchrashuvda maydonga tushib, 139 ta gol urishga erishgan. 2005-yilgi mavsumni Toshkentning „Paxtakor“ va Samarqandning „Dinamo“ klublarida oʻtkazgan. 2006-va 2007-yilgi mavsumlarda mos ravishda „Andijon“ va Qarshining „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarini Zarafshonning „Qizilqum“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. 2010-yilda „Neftchi“ tarkibiga qaytib, oʻsha yilgi mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlagan[1]. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Terma jamoa safida jami hisobda 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urgan.
Umid Isoqov milliy terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 29-fevralida Moʻgʻulistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 8:1 hisobida gʻalaba qozongan.
№ | Sana | Maydon | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2000-yil 3-sentyabr | Shanxay stadioni, Shanxay, Xitoy | Tailand | 4-2 | Magʻlubiyat | Toʻrt millat kubogi |
2. | 2001-yil 15-fevral | Spartak stadioni, Varna, Bolgariya | Ozarbayjon | 2-1 | Gʻalaba | Doʻstona |
3. | 2001-yil 15-fevral | Spartak stadioni, Varna, Bolgariya | Ozarbayjon | 2-1 | Gʻalaba | Doʻstona |
2015-yil 7-oktyabr holatiga koʻra toʻgʻri[2][3] |