Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Vladimirovich Xvostunov | ||
Tavallud sanasi | 9-yanvar 1974-yil | ||
Tavallud joyi | Qarshi, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990–1993 | Nasaf Qarshi | ||
1994–1995 | Mashʼal Muborak | ||
1996–1997 | Traktor Toshkent | 54 | (8) |
1998–1999 | Paxtakor | 53 | (6) |
2000 | Krylia Sovetov Samara | 0 | (0) |
2000–2001 | Traktor Toshkent | 33 | (3) |
2002 | Lada Togliatti | 13 | (0) |
2003–2004 | Chornomorets Odesa | 24 | (0) |
2004 | → Chornomorets-2 Odesa | 3 | (0) |
2004 | Zakarpattia Uzhgorod | 1 | (0) |
2005 | Traktor Toshkent | 10 | (0) |
2005 | Zhetysu | 14 | (2) |
2006 | Navbahor Namangan | 22 | (0) |
2007–2010 | Bunyodkor | 70 | (1) |
2009 | → Dinamo Samarqand | 14 | (0) |
2010 | Dinamo Samarqand | 12 | (0) |
2011 | Qizilqum Zarafshon | 12 | (0) |
2011–2012 | Dinamo Samarqand | 33 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1997–2004 | Oʻzbekiston | 49 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Aleksandr Vladimirovich Xvostunov (ruscha: Хвостунов, Александр Владимирович; 1974-yil 9-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol himoyachisi faoliyatini yakunida „NBU Osiyo“ jamoasida oʻynagan.
Faoliyatini 1990 yilda Qarshining „Geolog“ jamoasida Oʻzbekiston chempionati birinchi ligasida boshlagan. 2007-2010-yillarda „Bunyodkor“ safida oʻynagan. 2011-yil iyul oyida „Samarqand-Dinamo“ jamoasiga kelib, „Qizilqum Zarafshon“ da oʻynagan. 2013-yilda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradigan „NBU Osiyo“ klubiga oʻtdi va 2014-yil yakunida futbolchilik faoliyatini yakunladi.
2014-yilda „NBU Osiyo“ jamoasida yordamchi murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan[1][2].
U 1997-yildan 2004-yilgacha milliy terma jamoa safida 49 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1. | 1998-yil 19-noyabr | Salt Lake Stadium, Kalkutta, Gʻarbiy Bengaliya, Hindiston | Hindiston | 0–4 | G'alaba | Oʻrtoqlik uchrashuvi | ||||||||
2. | 1998-yil 3-dekabr | Chiang May 700 yilligi stadioni, Chiangmay, Tailand | Kuvayt | 3–3 | Durang | 1998-yilgi Osiyo o'yinlari saralashi | ||||||||
3. | 2003-yil 2-aprel | Dinamo stadioni, Minsk, Belarus | Belarus | 2–2 | Durang | Oʻrtoqlik uchrashuvi[3] | ||||||||
2017-yil 2-yanvar holatiga koʻra toʻgʻri[4][5] |