Nikolay Shirshov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Toʻliq ismi Nikolay Vladimirovich
Tavallud sanasi 22-iyun 1974-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafot sanasi 28-dekabr 2021-yil(2021-12-28)
(47 yoshda)
Vafot joyi Rostov-Don, Rossiya
Boʻyi 174 cm (5 ft 8 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991 Sovet Ittifoqi Sverdlovets 19 (1)
1992 Oʻzbekiston Traktor (Toshkent) 16 (0)
1992—1999 Oʻzbekiston Paxtakor 159 (16)
1994 Qozogʻiston SKIF-Ordabasi 1 (0)
2000—2005 Rossiya Rostov 120 (1)
2006—2007 Rossiya SKA (R/D) 54 (8)
2008—2010 Rossiya Bataysk-2007 76 (6)
2010 Rossiya Taganrog 14 (1)
2011 Rossiya MITOS 25 (1)
2012—2013 Rossiya TPF 21 (7)
Milliy terma jamoa
1996—2005 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 64 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nikolay Vladimirovich Shirshov[1] (oʻzbekcha: Nikolay Vladimirovich Shirshov 1974-yil 22-iyun[2], Toshkent — 2021-yil 28-dekabr, Rostov-Don) — oʻzbekistonlik va rossiyalik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[3][4][5].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Shirshov kattalar oʻrtasidagi professional faoliyatini 1991-yil SSSRning Ikkinchi quyi ligasi „Sverdlovets“ klubida (Toshkent viloyatining sovet futbol klubi) boshlagan. 1992-yildan 1999-yilgacha Oʻzbekiston Ligasining „Traktor“ va „Paxtakor“ klublarida oʻynagan. 2000-yildan beri u Rossiya futbol klublarida oʻynagan[6].

Keyingi 8 mavsumni Oʻzbekiston chempionatida oʻtkazgan. U yerda asosan „Paxtakor“ futbol klubi safida toʻp surgan. Jamoa bilan birgalikda jami 159 oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2000-yildan beri Shirkov Rossiyaning turli jamoalarida faoliyat olib borgan. 2000—2005-yillarda u „Rostselmash“ / „Rostov“ (Rostov-na-Donuda joylashgan Rossiya futbol klubi) uchun Premer-ligada oʻynagan. Keyinchalik 2006—2007-yillarda esa „SKA Rostov-na-Don“(Rostov-Don shahrida joylashgan Rossiyaning professional futbol klubi), 2008—2010-yillarda „Bataysk-2007“ (Rossiyaning Rostov viloyati, Bataysk shahridagi futbol klubi), 2010-yili „Taganrog“ (Taganrog nomli shaharning futbol klubi) klublarining quyi divizionlarida toʻp surgan[7].

2011-yilda Nikolay MITOS (Rossiyaning Rostov viloyati Novocherkassk shahridagi futbol klubi) Novocherkassk jamoasida oʻynagan.

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996—2005-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 63 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan[8]. 1996, 2000, 2004-yillarda Osiyo kubogining ishtirokchisi hisoblanadi[9][10][11].

Shaxsiy hayot va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirshov 2021-yil 28-dekabrda 47 yoshida vafot etdi[12]. Oʻlim sabablari aniqlanmagan[13][14].

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Nikolay Shirshov // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Bugun "Traktor"dan chiqqan "Buldozer" Nikolay SHirshov 45 yoshga to'ldi“ (2019-yil 22-iyul).
  3. „Unutilmas futbolchilar: Nikolay SHirshov“ (2017-yil 17-noyabr).
  4. „OFK nazariga tushgan o'zbekistonliklar“ (2020-yil 7-aprel).
  5. „"SHirshov maydonda oyog'ini olib qochmaydigan haqiqiy jangchi edi" - Andrey Akopyanc“ (2021-yil 30-dekabr).
  6. „"Men haliyam oldingi SHirshovman". Nikolay SHirshovning 2007 yil kuzida bergan intervyusi“ (2021-yil 29-dekabr).
  7. Umer bivshiy futbolist „Rostova“ i sbornoy Uzbekistana Shirshov
  8. „Nikolay SHirshovning Xitoyga urgan goli yodingizdami?“ (2022-yil 1-may).
  9. „Uzbekistan – Record International Players“. RSSSF (2008). 2008-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.
  10. „Terma jamoa gvardiyachilari #7. Nikolay SHirshov“ (2014-yil 7-fevral).
  11. „Nikolay SHirshovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi - Anvar Ilyosovdan GALEREYA“ (2021-yil 29-dekabr).
  12. „O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Nikolay SHirshov vafot etdi. U qanday inson edi?“ (2021-yil 28-dekabr).
  13. „Умер бывший футболист "Ростова" и сборной Узбекистана Ширшов“. Sportrbc.ru (28-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2021-yil.
  14. „Nikolay SHirshovning o'limiga nima sabab bo'lgani malum bo'ldi“ (2021-yil 29-dekabr).

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]