Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ruslanbek Muzaffar oʻgʻli Jiyanov | ||
Tavallud sanasi | 5-iyun 2001-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1,70 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2018—2020 | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020—2021 | Paxtakor | - | (-) |
2021—2022 | Olimpik | 42 | (7) |
2023— | Pari NN | 0 | (0) |
2023 | → Olimpik | 11 | (2) |
2024— | → Navbahor | 1 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2020—2024 | Oʻzbekiston U 23 | 16 | (2) |
2022- | Oʻzbekiston | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.
Ruslanbek Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblabnadi. 2020-yil mavsum soʻnggida yangi tashkil etilgan „Olimpik“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Professional futboldagi debyutini Oʻzbekiston Pro ligasida 2021-yilda „Olimpik“ jamoasida oʻtkazgan[2]. Jiyanov „Olimpik“ da 2 mavsum oʻtkazib, 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan[3].
2023-yilda Rossiyaning „Pari NN“ klubining katta qiziqishiga sabab boʻldi va rus klubiga transferi amalga oshirildi[4][5]. Yangi klubi bilan shartnomaga koʻra 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtigacha „Olimpik“ jamoasi safida toʻp suradigan boʻldi[6]. 2023-yil 24-iyulda ijara shartnomasi yakunlangacha Jiyanov rus klubi tarkibiga uchib ketdi[7]. Rus klubi tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmay, oʻyin amaliyotisiz qolgan Ruslan 2023-yil 31-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga bir yillik ijara asosida oʻtdi[8].
Ruslanbek 2020-yildan buyon Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 23 terma jamoasi bilan birgalikda Toshkent oʻtgan Osiyo Chempionati U 23 2022 musoboqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kattalar safidagi, Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti 2022-yil Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boʻib oʻtdi[9].