Navbahor Namangan | ||||
Toʻliq nomi | Navbahor Namangan Football Club | |||
Laqabi | Lochinlar | |||
Asos solingan | 1978 | |||
Stadion | Markaziy Stadium Namangan, Uzbekistan | |||
Stadion hajmi | 21,000 ortiq | |||
Prezidenti | Rasul Nizomboyev | |||
Murabbiyi | UZB Samvel Babayan | |||
Vebsayt | https://www.pfcnavbahor.uz/index.php/uz/ | |||
Musobaqasi | Oʻzbekiston Superligasi | |||
2023 | 3-oʻrin | |||
| ||||
(({amaldagi mavsum))} |
„Navbahor“ (inglizcha: PFC Navbahor Namangan) — proffesionasl futbol klubi. Klubga 1978-yil Namangan shahrida asos solingan. Ilk nomi Tekstilshik edi[1]. Klubning hozirgi murabbiysi Samvel Babayan hisoblanadi.
1980-yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida nomi bilan toʻp sura boshlagan. 1992-yildan esa Oʻzbekiston Oliy Ligasida Navbahor nomi ostida muntazam ishtirok eta boshladi. Jamoa Namangan shahridagi Navbahor Markaziy Stadionida toʻp suradi. Stadion oʻz bagʻriga 21 mingdan ortiq muxlis sigʻdira oladi.
„Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. Dastlabki yillarda — aniqrogʻi 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan. Jamoa oʻsha vaqtda „Tekstilshik“ nomi bilan sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining 5-mintaqasi bahslarida qatnashgan. 1980-yilga kelib „Tekstilshik“ nomi „Navbahor“ga oʻzgartirildi. Jamoa sobiq ittifoq chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 1981-1982-yillarda ikkinchi liganing yettinchi mintaqasi jamoalari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.
1984-1987-yillarda jamoa oʻz nomini „Avtomobilist“ ga oʻzgartiradi. 1984 va 1986-yillarda namanganliklar „Paxtakor-79“ xotira turnirida gʻolib chiqishdi. „Navbahor“ aʼzolari oʻz mahoratlarini yil sayin oshirib, sobiq ittifoq 52-chempionatining ikkinchi liga beshinchi mintaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi ligaga chiqish imkoniyatini beradigan „bufer“ mintaqa musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Ikki mavsum „bufer“ mintaqada toʻp surgan „Navbahor“ 1990-yil yakuniga koʻra, birinchi liga yoʻllanmasiga ega boʻldi.
1987-yilning noyabr oyida „Navbahor“ Markaziy Osiyoda birinchi, sobiq ittifoqda Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) klubidan soʻng, ikkinchi boʻlib, xoʻjalik hisobidagi futbol klubi sifatida faoliyat yuritishni boshladi.
„Navbahor“ 1978-yildan 1991-yilga qadar sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining turli mintaqalarida qatnashib, 508 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa 245 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan boʻlsa, 163 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. 702ta gol urib, oʻz darvozasidan 513 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.
1991-yili sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida ishtirok etgan „Navbahor“ 42 ta oʻyinda 19 ta gʻalaba qayd etgan. Yettita bahsda durang kuzatilgan boʻlsa, 19 ta uchrashuvda jamoa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yilgi chempionat yakunida „Navbahor“ 22 ta jamoa orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Namanganliklar 1989-yildan 1991-yilgacha sobiq ittifoq kubogida ham 10 ta oʻyin oʻtkazishgan. Jamoa oltita uchrashuvda zafar quchib, toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Mazkur uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga 24 ta gol urilgan. „Navbahor“ oʻz darvozasidan 12 ta toʻp olib chiqqan. Jamoaning kubok bahslaridagi eng yirik gʻalabasi 1991-yili kuzatilgan. Oʻsha yili „Navbahor“ oʻz maydonida 1/32 final doirasida Chimkentning „Meliorator“ jamoasini 14:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.
1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi.
Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi.
Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.
1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi[2][3][4]. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[5].
1999-yilda „Navbahor“ Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. 2000-2002-yilgi mavsumlarda sovrinlarsiz klub qoldi, ammo 2003 va 2004-yillarda ketma-ket ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan[6][7][8]. 2005-yildan beri jamoa natijalarida malum darajada pasayish kuzatilib, namanganliklar chempionatning „oʻrta jamoasi“ deb ataladigan[9] jamoalaridan biriga aylandi[10].
Keyingi mavsumlarda klubning eng yuqori yutugʻi 2017-yilgi mavsumdagi 5-oʻrin boʻldi[11]. Ammo 2018-yilda (14-yildan soʻng) „Navbahor“ yana 9-marta Oʻzbekiston Superligasining bronza medallarini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi.[12] 2022-yil yakunlariga koʻra jamoa klub 24 yildan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finalida toʻp surdi,[13] ammo, Nasaf jamoasiga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Superligasida esa klub oʻz tarixida ilk bor kumush medallarini qoʻlga kiritdi[14][15].
„Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida AFC klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir — Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi.
1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozirgi OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi.
„Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan[16]. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.
Jamoaning afsonaviy murabbiylaridan biri Viktor Jalilovdir. Viktor Jalilovning jamoa muvaffaqiyatidagi oʻrni beqiyos. Aynan u boshchiligida klub oʻz tarixida hozircha yagona boʻlib turgan chempionlikka erishgan. Murabbiy shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida ham jamoa bilan gʻalabalarga erishgan.
Shuningdek, Mustafo Bayramov, Farhod Magometov, Dmitriy Bashkevich, Eduard Momotov, Gennadiy Denisov, Rustam Zabirov, Oleg Shatskix, Saydullo Tursunov, Tohir Madrahimov, Shuhrat Mirxoldorshoyev, Xayrulla Karimov singari jamoada toʻp surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida oʻz oʻrni bor[17].
Sobiq ittifoq davrida „Navbahor“ Valixon Zunnunov, Viktor Orlov, Pyotr Boldirev, Sergey Dotsenko, Pavel Kim, Dmitriy Korneyev, Gennadiy Nedelkin, Valeriy Gladilin va Igor Volchok kabi taniqli murabbiylar boshqarishgan.
2018-yilgi mavsum oldidan jamoada bir qator oʻzgarishlar boʻldi, bulardan biri jamoaga yangi logo tanlandi.[18]
Klublar uyi 22 000 tomoshabinga moʻljallangan „Navbahor Markaziy“ stadionidir. 1989-yilda qurilgan stadion sigʻimiga koʻra (toʻliq qayta taʼmirdan avval 33000 muxlis sigʻar edi) mamlakatdagi eng katta futbol stadionlaridan biri boʻlgan. 2011-yilda klub stadionni rekonstruksiya qilish niyatida ekanligini eʼlon qildi va u uzoq vaqt davom etgan rekonstruksiya ishlari uchun yopildi. Qayta tiklash ishlari 2014-yil bahorida yakunlandi. 2014-yilning 29-may kuni „Barkamol avlod-2014“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bilan yangi taʼmirlangan stadionning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi joyning sigʻimi 22 000 kishi.
2012—2014-yilgi mavsumlarda klub uy uchrashuvlarini Kosonsoy stadionida oʻtkazdi. Taʼmirlangan stadiondagi ilk rasmiy oʻyin 2014-yil 14-iyun kuni Liga doirasidagi „Navbahor“ — „Olmaliq“ uchrashuv boʻldi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalabaga erishadilar.
Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Pos. | Pl. | W | D | L | GS | GA | P | Ism | Liga | ||
1992 | 1st | 5th | 32 | 18 | 8 | 6 | 54 | 21 | 44 | Chempion | Rustam Zabirov | 15 |
1993 | 1st | 3rd | 30 | 18 | 7 | 5 | 64 | 32 | 43 | Finalchi | Farid Xabibulin | 13 |
1994 | 1st | 3rd | 30 | 17 | 6 | 7 | 58 | 26 | 40 | Yarim final | Farid Xabibulin | 11 |
1995 | 1st | 3rd | 30 | 23 | 3 | 4 | 69 | 23 | 72 | Chempion | Oleg Shatskix | 24 |
1996 | 1st | 1st | 30 | 23 | 5 | 2 | 88 | 23 | 74 | Chorak final | Oleg Shatskix | 23 |
1997 | 1st | 3rd | 34 | 21 | 5 | 8 | 84 | 37 | 68 | Yarim final | Oleg Shatskix | 13 |
1998 | 1st | 3rd | 30 | 18 | 5 | 7 | 60 | 33 | 59 | Chempion | Shuhrat Rahmonqulov | 10 |
1999 | 1st | 3rd | 30 | 18 | 7 | 5 | 55 | 34 | 61 | N/A | Shuhrat Rahmonqulov | 12 |
2000[19] | 1st | 5th | 38 | 19 | 8 | 11 | 92 | 56 | 65 | Chorak final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 28 |
2001[20] | 1st | 4th | 34 | 20 | 1 | 13 | 79 | 52 | 61 | Last 16 | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 23 |
2002 | 1st | 6th | 30 | 14 | 4 | 12 | 53 | 39 | 46 | Last 32 | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 19 |
2003 | 1st | 3rd | 30 | 19 | 6 | 5 | 66 | 28 | 63 | Yarim final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 26 |
2004 | 1st | 3rd | 26 | 218 | 3 | 5 | 66 | 23 | 57 | Last 32 | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 31 |
2005[21] | 1st | 6th | 26 | 12 | 3 | 11 | 31 | 31 | 39 | Yarim final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 20 |
2006 | 1st | 7th | 30 | 13 | 5 | 12 | 46 | 35 | 44 | Last 16 | Arif Mirzoýew | 18 |
2007[22] | 1st | 8th | 30 | 11 | 4 | 15 | 37 | 41 | 37 | Last 16 | Vladimir Baranov | 12 |
2008[23] | 1st | 13th | 30 | 7 | 11 | 12 | 28 | 39 | 32 | Last 16 | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 13 |
2009[24] | 1st | 14th | 30 | 7 | 7 | 16 | 21 | 48 | 28 | Last 16 | Muxtor Fozilov | 5 |
2010[25] | 1st | 9th | 26 | 9 | 4 | 13 | 32 | 32 | 31 | Last 16 | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 11 |
2011 | 1st | 6th | 26 | 9 | 9 | 8 | 26 | 21 | 36 | Last 16 | Roʻzimboy Ahmedov | 5 |
2012 | 1st | 12th | 26 | 6 | 8 | 12 | 19 | 34 | 26 | Last 16 | Sobir Hamidov | 5 |
2013 | 1st | 11th | 26 | 7 | 6 | 13 | 29 | 48 | 27 | Last 16 | Roʻzimboy Ahmedov | 11 |
2014[26] | 1st | 7th | 26 | 9 | 3 | 14 | 38 | 40 | 30 | Chorak final | Shahboz Erkinov | 14 |
2015 | 1st | 8th | 30 | 11 | 4 | 15 | 40 | 51 | 37 | Last 16 | Shahboz Erkinov | 13 |
2016 | 1st | 15th | 30 | 6 | 5 | 19 | 37 | 66 | 23 | Last 16 | Akrom Bahriddinov
Dilshod Jabborov |
7 |
2017 | 1st | 5th | 30 | 12 | 10 | 8 | 40 | 37 | 46 | Last 16 | Azizbek Turgʻunboyev | 8 |
2018 | 1st | 3rd | 20 | 9 | 4 | 7 | 20 | 18 | 31 | Last 32 | Azizbek Turgʻunboyev | 7 |
2019 | 1st | 8th | 26 | 7 | 11 | 8 | 26 | 23 | 32 | Chorak final | Oleksandr Kasyan | 10 |
2020 | 1st | 8th | 26 | 8 | 11 | 7 | 24 | 21 | 35 | Chorak final | Azizbek Turgʻunboyev | 8 |
2021 | 1st | 6th | 26 | 10 | 9 | 7 | 23 | 19 | 39 | Round of 16 | Azimjon Ahmedov | 3 |
2022 | 1st | 2 | 26 | 15 | 8 | 3 | 33 | 15 | 54 | Finalchi | Zoran Marushich | 12 |
2023 | 1st | 3 | 26 | 14 | 5 | 7 | 44 | 19 | 47 | Yarim final | Oston Oʻrunov | 9 |
2023/24 OCHL da ishtirok etmoqda
Soʻnggi Oʻyin 2000-yil 15-aprelda boʻlib oʻtgan.[27][28]
Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Osiyo Chempionlar ligasi | 8 | 3 | 3 | 2 | 15 | 9 | 12 |
Osiyo kubogi egalari kubogi | 10 | 4 | 1 | 5 | 18 | 23 | 13 |
Umumiy | 18 | 7 | 4 | 7 | 33 | 32 | 25 |
Mavsum | Musobaqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Umumiy
hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
1996-97 | Osiyo kubogi egalari kubogi | Birinchi bosqich | Al-Quwa Al-Jawiya | 1-4 | 5-2 | 6-6 |
Ikkinchi bosqich | Esteghlal | 1-4 | 3-0 | 4-4 | ||
1997-98 | AFC Osiyo Chempionlar kubogi | Birinchi bosqich | - | Bye | ||
Saralash bosqichi | Dynamo Dushanbe | 3-0 | 1-2 | 4-2 | ||
Ikkinchi bosqich | Nisa Aşgabat | 6-1 | 2-2 | 8-3 | ||
Chorak final — Gʻarbiy osiyo
Guruh bosqichi |
Al Ansar | 0-0 | 3rd | |||
Al Hilal | 1-3 | |||||
Persepolis | 1-1 | |||||
1999-2000 | Osiyo kubogi egalari kubogi | Birinchi bosqich | - | Bye | ||
Ikkinchi bosqich | Kaisar-Hurricane | 2-2 | 1-0 | 3-2 | ||
Chorak final | Al-Ahli | 1-6 | 2-0 | 3-6 | ||
Yarim final | Al-Zawraa | 1-2 | ||||
3-oʻrin uchun | Bangkok Bank | 1-3 | ||||
2023-2024 | AFC Osiyo Chempionlar ligasi | Play-off round | Al-Wakrah | 1-0 (q.v) | ||
D guruhi | Al Hilal | 0-2 | 1-1 | Ikkinchi | ||
Mumbai City | 3-0 | 2-1 | ||||
Nassaji Mazandaran | 2-1 | 3-1 | ||||
Nimchorak final | Al-Ittihod | 0-0 | 1-2 | 1-2 |
„Navbahor“da juda katta tarafdorlar va muxlislar armiyasi bor. Namangan klubining deyarli har bir uy uchrashuvida stadion toʻlib-toshadi[29].
„Navbahor“ning asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalaridir[30]. Bu klublar har qanday davrda oʻzaro raqobati yuqori darajada oʻtgan. Bundan tashqari Vodiyning yana bir jamoasi Andijonning „Andijon“ klubiga qarshi oʻziga xos derbi ham tarixga kirgan.
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Lavozimi | Xodimlar |
---|---|
Bosh murabbiy | Samvel Babayan |
Yordamchi murabbiy | Grigoriy Kolosovskiy |
Texnik yordamchi murabbiy | Denis Toymensov |
Fitnes murabbiyi | Marko Drekalovic |
Darvozabonlar murabbiyi | Shavkat Abduxojayev |
Texnik yordamchi/fitnes murabbiyi | |
Sport terapevti | |
Texnik tahlilchi |
Lavozimi | Xodimlar |
---|---|
Navbahor U-21 yoshlar tarkibi murabbiyi | Dmitriy An[32] |
Navbahor- Women bosh murabbiyi | Karima Yoʻldasheva |
Navbahor futzal bosh murabbiyi | Xurshid Tojiboyev |
Lavozimi | Xodimlar |
---|---|
Prezident | Rasul Nizomboyev[33] |
Vitse prezident | Otabek Samatov |
Bosh direktor | Akmal Sohibov[34] |
Mavsumlar | |||||
---|---|---|---|---|---|
Klublar |
| ||||
Musobaqa |
| ||||
Statistika va sovrinlar | |||||
Moliya |
| ||||
Bogʻlangan musobaqalar | |||||