Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Sergeyevich Lobanov | ||
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbek SSR | ||
Boʻyi | 190 cm (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Vazni | 80 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 86 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 | Soʻgʻdiyona | 25 | (0) |
2007 | Qaysar | 18 | (0) |
2008 | Aqjayiq | 9 | (0) |
2009 | Buxoro | 4 | (0) |
2011 | Jayhun | 10 | (0) |
2012—2015 | Paxtakor | 107 | (0) |
2016 | Persepolis | 8 | (0) |
2016—2019 | Paxtakor | 72 | (0) |
2019—2023 | Metallurg | 50 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2015—2018 | Oʻzbekiston | 20 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-aprel 2023 uchun) |
Aleksandr Lobanov 1986-yili 4-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Namanganning „Navbahor“ futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.[1][2][3]
Aleksandr Lobanov professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. Soʻgʻdiyona tarkibida u 25ta oʻyinda maydonga tushgan. 2007-yili Qozogʻistonning „Qaysar“ futbol klubiga oʻtadi va u yeda bir mavsumda 18ta uchrashuvda maydonga tushadi. Keyingi yili qozogʻistonning boshqa bir futbol klubi „Aqjayiq“ safiga oʻtadi, u yerda ham bir mavsum oʻynab, 9ta oʻyinda klub sharafini himoya qiladi. Lobanov 2009-yili Oʻzbekistonga qatadi va Buxoroning „Buxoro“ klubiga kelib qoʻshiladi, Buxoro safida ikki mavsum oʻynaydi va 4ta uchrashuvda maydonga tushadi. 2011-yili Nukusning „Orol“ klubiga oʻtadi.
2012-yili u Paxtakor murabbiyining eʼtiboriga tushadi va „Paxtakor“ klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi. U birinchi mavsumdanoq Paxtakorning asosiy darvozaboniga aylanadi va oldingi asosiy darvozabon Temur Joʻrayevning oʻrnini egallaydi. u Shu vaqtga qadar Paxtakor safida 90ta uchrashuvga maydonga tushdi.
2016-yilning yanvarida Lobanov Fors koʻrfazi Pro-ligasi vakili „Persepolis“ bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Unga 55-raqamli futbolka berildi.[4] U 2016-yilning 12-fevralida „Persepolis“ safida „Fulad“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining birinchi oʻyinini qayd etdi. Fors diyorida atigi yarim mavsumda sakkizta oʻyinda oʻynadi va Eron klubining ikkinchi darvozaboni bilan raqobatda magʻlub boʻldi. Shu yilning iyul oyi oxirida „Paxtakor“ga qaytdi. 2019-yilda „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga koʻchib oʻtdi[5]. 2023-yil mavsum soʻngida Bekobod klubidagi besh yillik faoliyatidan soʻng „Metallurg“ jamoani tark etgan[6][7]. 2024-yil fevral oyida "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan[8].
Aleksandr Lobanov 2015-yildan boshlab bir qancha oʻyinlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga jalb etiladi va 2015-yilning 3-sentabrida 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichidan joy olgan Oʻzbekiston Yaman uchrashuvida ilk debyutini oʻtkazadi.
Paxtakor
Persepolis
Vikiomborda Aleksandr Lobanov haqida turkum mavjud |