Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Eldor Usmonovich Sakayev | ||
Tavallud sanasi | 17-dekabr 1963-yil(58 yosh) | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Yangiver | ||
Raqami | Sport direktori | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1984 | Yoshlik (Toʻraqoʻrgʻon) | (23 (0)) | |
1985-1989 | Kosonsoychi | (105 (10)) | |
1990 | Navbahor | (39 (3)) | |
1991 | Kosonsoychi | (14 (4)) | |
1991 | → Navbahor | (13 (0)) | |
1992 | Gastello (Ufa) | (21 (2)) | |
1992 | → Navbahor | (5 (0)) | |
1991 | → Kosonsoychi | (3 (1)) | |
1993 | Navbahor | (10 (1)) | |
1994 | Atlaschi | (12 (1)) | |
1995 | Navroʻz (Andijon) | (15 (0)) | |
1998-2000 | Metallurg (Bekobod) | (61 (3)) | |
Boshqargan klublari | |||
2011 | Navbahor | ||
2014-2016 | oqtepa | ||
2018-2019 | Andijon | ||
2021 | Yangiyer | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Eldor Usmonovich Sakayev (1963-yil 17-dekabr) — oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan. Hozirda „Mashal“ klubi sport direktori lavozimida faoliyat yuritadi[1].
Sovet Ittifoqi davrida Toʻraqoʻrgʻonning „Yoshlik“, Kosonsoyning „Kosonsoychi“ va Namanganning „Navbahor“ klublarida toʻp surgan. 1992-yilda Ufaning „Gastello“ jamoasida oʻynagan. Bir muddat oʻtgacha yana „Navbahor“ va „Kosonsoychi“, keyinroq „Atlaschi“ va „Andijon Navroʻz“ klublarida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarini Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻtkazgan.
2011-yilda „Navbahor“, 2013—2014-yillarda "Neftchi" klubida yordamchi murabbiy[2], 2014—2016-yillarda Toshkentning „Oqtepa“[3][4][5][6][7] va 2018—2019-yillarda „Andijon“ klublarini boshqargan[8][9]. 2021-yilda „Yangiyer“ jamoasi murabbiyi[10], 2022-yildan „Mash’al“ klubi sport direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[11].