Qachon asos solingan | 2-dekabr, 2010-yil |
---|---|
Joylashuvi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Vebsayti | www.championat.asia |
Championat.asia — oʻzbek sport internet portali. 2010-yil 2-dekabrdan beri mavjud[1].
Taʼsischisi — Nodirxoʻja Yoʻldoshev. Bosh muharrir Narzulla Saydullaev. Milliy qidiruv tizimi maʼlumotlariga koʻra, Championat.asia 2021-yilda Oʻzbekistondagi eng koʻp koʻrilgan saytlar reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi[2].
Sayt jurnalistlari Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Mirjalol Qosimov kabi taniqli shaxslardan intervyu olishgan[3][4][5][6].
Championat.asia KLeagueUnited xalqaro nashri bilan ham hamkorlik qiladi[7].