Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Muzaffar Murodovichmusohaba 18:39, 9-Sentabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Ushbu maqola 2006-yilda Uzgen tomonidan yaratilgan. Maqolani baholi qudrat shu holatgacha olib keldim. Fikr bildirishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 18:39, 9-Sentabr 2023 (UTC)

Namangan madrasasida (1908) tahsil olgan. Debsiz qaysi madrasaligini aniq yossangiz yaxshi boʻladi. Ibrohimjon 10:12, 10-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Bu haqda toʻliq maʼlumot yoʻq. OʻzMEda shunday koʻrsatilgan. Muzaffar Murodovichmusohaba 12:35, 12-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Aha yaxshi unda. Ibrohimjon 12:51, 12-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
xoʻp. Qayta koʻrib chiqib, YMga nomzod qilaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 12:35, 12-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  RozimanAhror Akramovich (munozara) 12:02, 1-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  RozimanXoqoni Said yozish 07:43, 10-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Ibrohimjon 10:13, 10-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman --卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 10:14, 10-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  RozimanSitora Oblakulova (munozara) 10:26, 17-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Nominator maqolani Yaxshi maqolaga nomzod qilib koʻrsatgani sababli statusga loyiq koʻrilmadi. Alpasli (munozara)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Hasan Alimov (Munozara) 13:30, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilari va administratorlari. Ushbu maqola futbol tarixidagi ilk jahon chempionati haqida. 2014-yilda yaratilgan chala maqolani ruscha Vikipediyadan toʻliq tarjima qildim. Maqola 5ta tilda YM statusini olgan. Oʻzbekcha Vikipediyada esa TM statusiga nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Maqola bilan tanishib chiqib, undagi kamchiliklarni fikrlar boʻlimida yozib qoldirishingizni va ovoz berish jarayonida faollik koʻrsatishingizni soʻrayman. Hasan Alimov (Munozara) 13:30, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Shu tariga Óscar Bonfiglio jahon chempionatida gol oʻtkazib, shu jumlada tariga ketib qolibdi Mrjavokh1r 20:55, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Vaalaykum assalom. Xatolik  tuzatildiHasan Alimov (Munozara) 16:00, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Qoʻshimcha fikrlar
[manbasini tahrirlash]

Salom. Avvalo yaxshi rasmiylashtirilgan maqola uchun muallifga rahmat. Lekin unda bir qator kamchiliklar mavjud. Jumladan:

Qoʻshimcha tarzda aytish mumkinki yillarni ham bir martadan wikilinklab chiqsangiz goʻzal ish boʻladi. PanPanChik #yozish 15:41, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Xatoliklar haqida xabar berganingiz uchun rahmat.
  • Yuqorida aytib oʻtilgan va boshqa shunga oʻxshash boʻlgan gʻaliz jumlalar  qayta yozildi.
  • Punktuatsion xatoliklar  tuzatildi.
  • Yillarga vikilinklar  qoʻshildi.
Hasan Alimov (munozara) 13:57, 28-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Manbalarda (({editor))} deb chiqib qolgan xatoni tuzatish kerak. Kagansky munozara 21:06, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Maqolada jiddiy kamchiliklar bor. Masalan: bilgiqutida „1ta shaharda“, deb yozilgan — hech qachon son bilan soʻzni qoʻshib yozmang; „1- marta“, deyilgan — buni „1-marta“ deb probelsiz yozish kerak; „har o′yinda o′rtacha 3.89ta“, „har o′yinda o′rtacha 30 505ta“ — bu yerda oʻ harfi xato yozilgan va son bilan harf qoʻshilib ketgan; „8 gol“ — „8 ta gol“ deb yozilsa tushunarliroq boʻladi. Bu hali faqat bilgiqutidagi xatoliklar, maqolaning ichini hali oʻqimadim. Tilga eʼtiborli boʻlingiz! Jamshid Nurqul (munozara) 09:39, 12-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Roziman – Diljahon (munozara) 6:50 1-sntyabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman. Aytib oʻtilgan kamchiliklar tuzatilgani uchun. Ibrohimjon 17:35, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman – Jiddiy kamchiliklar koʻrmadim, muallifga tashakkur. Futbolga oid statusli maqolalar koʻpayotganidan hursandman. Mrjavokh1r (munozara) 6:50 1-sntyabr 2023 (UTC)
  4.  RozimanXoqoni Said yozish 07:52, 25-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman Maqola yaxshi yozilgan, jiddiy kamchiliklarni koʻrmadim — Axadjon1 (munozara) 06:02, 24-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman Nomzod tomonidan maqola oddiy foydalanuvchilar va maqolani oʻquvchilar uchun tushunarli tarzda yaratilgan Humoyun Qodirov (munozara) 13:30, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman – Shahriyor06 (munozara) 19:14, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman. Futbol tarixi haqidagi maqola goʻzal shaklda yozilgan. Nasib qilsa futbol tarixiga qiziquvchi yoshlar oʻz ona tilida maqolani oʻqiydi deya umid qilaman. Muallif boshqa jahon chempionatlarini ham tanlangan maqola maqomiga olib chiqishga harakat qiladi degan umiddaman.--  Mirzoulugʻbek |@  16:18, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman. Statusga munosib maqola. Umarxon III (munozara) 06:48, 12-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
  10.  Roziman. TM kriteriylari mos holatga keltirilgan. Oʻzbekchada tushunarli ohangda yozilgan. Kagansky munozara 14:17, 12-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman Nominatordan yana sifatli maqolalar kutib qolamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:24, 12-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  12.  Roziman Ajoyib maqola! Muallifga tashakkur. FreetimeeditorII (munozara) 14:28, 12-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  1. Hozirgi holatida  Qarshiman! Yuqorida baʼzi kamchiliklarni keltirib oʻtdim: „Maqolada jiddiy kamchiliklar bor. Masalan: bilgiqutida „1ta shaharda“, deb yozilgan — hech qachon son bilan soʻzni qoʻshib yozmang; „1- marta“, deyilgan — buni „1-marta“ deb probelsiz yozish kerak; „har o′yinda o′rtacha 3.89ta“, „har o′yinda o′rtacha 30 505ta“ — bu yerda oʻ harfi xato yozilgan va son bilan harf qoʻshilib ketgan; „8 gol“ — „8 ta gol“ deb yozilsa tushunarliroq boʻladi.“ Bu hali bilgiqutidaki kamchiliklar. Maqolaning ichidagi matnni ayni paytda oʻqib chiqyapman. Boshqa ayrim nomzodlarda boʻlgani kabi „Fikrlar“ boʻlimida yozilgan kamchilikka koʻz yumib xulosa chiqarib yuborilmasligi uchun shu yerga yozishga majbur boʻlyapman. Agar nominator aytib oʻtilgan va maqola ichida mavjud kamchiliklarni bartaraf etsa, fikrimni oʻzgartiraman. Boshqa ishtirokchilarga nisbatan nohaqlik boʻlmasligi uchun tanlov vaqtida kamchiliklarni aynan nominator tuzatishi muhim. Jamshid Nurqul (munozara) 14:51, 12-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu alaykum. Yuqorida aytilgan bilgiqutidagi kamchiliklardan xabarim bor. Bilgiqutining strukturasida xato bor menimcha. Manba kodini oʻzgartirib, kamchilikni tuzatishga harakat qildim. Lekin enwikidan shunchaki nusxalangani uchun parametrlarga teginsam umuman ishlamay qolaverdi. Bilgiqutining xato ishlashi undagi probel bilan bogʻliq muammolarga va jumladagi gʻalizliklarga sabab boʻlyapti. Hasan Xamidovich (munozara) 21:04, 12-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
    Vaalaykum assalom, bilgiqutidagi xatolarni bartaraf etdim, „8 gol“ jumlasidagi xatolik andozaga bogʻliq emas ekan, maqolaning oʻzidan tuzatib qoʻydim. Tirishqoqligingiz va salohiyatli inson ekaningizni hisobga olgan holda, xatolik andozadan kelib chiqqani uchun qarshi ovozimni bekor qilaman lekin maqola matnini yana bir bor koʻrib chiqing. Uzwikida sifatli maqolalar yarata olishingizga ishonaman, yoqimli tahrirlar! Jamshid Nurqul (munozara) 22:00, 12-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi — 12 ta rozi, qarshi ovoz bekor qilinibdi, betaraflar yoʻq. Muallifga rahmat, bardavom boʻlsin! — Muxriddin Azimov (munozara) 06:16, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Dr.nnikk (munozara) 18:05, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum !!! Bu maqola Apple INC kompaniyasi yaratgan yangi avlod MacBook haqida. Tanishib chiqib fikrlaringizni bildirishingizni soʻrayman. Dr.nnikk (munozara) 18:05, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi. TM statusiga 200% loyiq boʻlmagan maqola. — Kagansky munozara 14:00, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Akhrorbeak (munozara) 17:44, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Bu yerda maqola qisqacha nima haqida ekanligini va nima uchun unga „tanlangan“ unvonini berish kerakligini bayon eting. Akhrorbeak (munozara) 17:44, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Qarshiman. Maqola ustida hali ancha ishlash kerak. Ibrohimjon 17:50, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Maqolada avtomat tarjima belgilari hamda nuqsonlari juda koʻp asosan sananlar oldida, ` va ʻ ishlatilishida boshida hatto tillarga ishorat ham mavjud emas edi, eslatmalar emas manbalar, " Amadeus " qoʻshtirnoq qoʻllash bilan xatoliklar. Nazrimda shunchaki oʻyin qilib nomzod qilib koʻrsatgan shekilli. MrShaxas #Munozaracha 18:03, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi — maynabozchilik uchun yaratilgan, mashina tarjimasidan iborat boʻlgan maqola hech qanaqasiga status ololmaydi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:30, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Qashqadaryo viloyati geografiyasi

[manbasini tahrirlash]
Nominator(lar): Egamberdi Iskandarov (munozara) 13:27, 18-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum oʻzbekcha vikipediya adminstratorlari. Ushbu maqolani Tanlangan maqola statusiga nomzod qilib koʻrsatmoqdaman. Maqola Qashaqadaryo viloyati geografiyasiga bagʻishlangan, maqolada Qashqadaryo viloyatining tabiiy geografiyasi va iqtisodiy geografiyasi haqida gapiriladi. Maqolani koʻrib chiqib fikrlaringizni bildirasizlaringiz xursand boʻlaman.

  1.  Qarshiman Plagiat darajasi yuqori boʻlgan maqola TM statusini olishi mumkin emas. Komrontoy (munozara) 06:08, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu alaykum, Plagaiat bo'lgan joylarini to'g'irlayman. Egamberdi Iskandarov (munozara) 11:21, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. 70 foizdan ortigʻi plagiat boʻlgan maqola TM statusiga nomunosib. Hasan Alimov () 13:35, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman, plagiat sababli oʻchirilgan maqola. ANJANIY!!#suhbat 05:04, 23-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi. Mualliflik huquqlarini yaqqol buzib yaratilgan maqola VP:TOʻMga asosan tezda oʻchirildi. — Kagansky munozara 05:30, 23-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 12:17, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola zamonaviy tarixda oʻtkazilgan ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlariga asos solinishi va musobaqa tafsilotlari haqida. Maqola 10 ta tilda, jumladan, ingliz va nemis tillarida TM, 5 ta tilda YM statusini olgan. Maqolani oʻqib chiqib, fikr bildirishingini soʻrayman. Rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 12:17, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola yaxshi yozilgan, lekin turkumlari kam boʻlib qolibdi. Komrontoy (munozara) 13:50, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikr uchun rahmat. Yangi turkumlar qoʻshib qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 18:03, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola yaxshi rasmiylashtirilgan ammo unda ayrim kamchiliklar mavjud. Jumladan:

  1. Much Wenlock qishloq bozor shaharchasi haqidagi maqolasi bu jumla juda tushunarsiz. U qishloqmi, shahrmi yoki bozor?
  2. "amaliy, qiziqarli, estetik va toʻgʻri emas" deb hisoblaydi jumladagi soʻzlarning 3-chisi tushunarsiz. Uni boshqa maqulroq alternativi bilan alishtirish kerak.
  3. andozalar ichida vikifikatorlanmagan joylari mavjud
  4. ayrim soʻzlarda harflar tushib qolishi va ortib ketishi holatlari kuzatilgan.
  5. AT alomati boʻlgan qoʻshma gaplar serob. Oʻquvchi oxirgi jumlani oʻqiguncha birinchisini unutib qoʻyadi.
  6. Neo Phaliron Velodromeda bu nima odammi yoki joy nomi? Gapda tushunarsiz boʻlib qolgan.
  7. koʻplab oʻrinlarda u u lash holati kuzatilgan. Bu AT alomati sifatida juda hunuk koʻringan.
  8. Musobaqa sovrindorlari tomonidan olinadigan esdalik medali bizga ulardan oldinroq topshirilgan edi Tushunarsiz gʻolib sovrindordan medal olganmi? Aslida uning oʻzi sovrindormasmi?

Shu singari koʻplab tushunarsiz jumlalar mavjud. AT alomatlari va ayrim oʻrinlarda manba bilan bogʻliq muammolar mavjud. PanPanChik #yozish 14:16, 16-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Siz sanab oʻtgan barcha kamchiliklar bartaraf etildi. Rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 17:22, 17-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Odatda, events soʻzi tadbirlar deb emas, musobaqalar deya tarjima qilinardi.
69,70; 37,39; 41, 42, 43, 44 manbalarini birlashtirish kerak. Muzaffar Murodovichmusohaba 06:22, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Events ni musobaqalar ga alishtirdim. Dastlabki ikkita manba ham birlashtirildi, biroq oxirgi manbalar bir xil boʻlsa-da, ularning betlarida farq boʻlgani uchun shu holicha qoldirdim. Rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 16:55, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Koʻrmabman. Muzaffar Murodovichmusohaba 17:01, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. „nomlari bilan ataluvchi yangi tarixda oʻtkazilgan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlari hisoblanadi“"yangi tarix" emas, balki yangi davr yoki yangi tarix davri jumlasiga, "Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtadi" „oʻtdi yoki oʻtgan“ jumlasiga, "Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning" ishtirok etgan sportchilarning jumlasiga oʻzgartirish kerak, 1906-yilgi favqulodda yozgi Olimpiada oʻyinlaridan emas, balki „1906-yilgi navbatdan tashqari yozgi Olimpiada oʻyinlaridan“ boʻladi. Koʻpgina joylarida tinish belgilari qolib ketgan. „edi“ juda koʻp ishlatilgan. Maqolani nomzod ingliz tilidan tarjima qilgan boʻlsa, ushbu tilni biluvchi foydalanuvchilar bir koʻrib chiqishi kerak. Keyinroq yana bir bor maqolani koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni maʼlum qilaman. Humoyun Qodirov (munozara) 19:27, 18-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Va alaykum assalom, assalomu alaykum. Bildirib oʻtgan fikrlaringiz uchun rahmat.
  1. nomlari bilan ataluvchi yangi tarixda oʻtkazilgan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlari hisoblanadi bu gapdagi yangi tarix soʻzi ingliz tilida modern history deb berilgan ekan. Aynan shu nomdagi maqola oʻzbek tiliga Yangi tarix deb tarjima qilinganligi, toʻgʻridan-toʻgʻri shunday havola berilganligi, bundan tashqari googledan ham izlab koʻrib, modern history oʻzbek tilida aynan yangi tarix atamasi bilan qoʻllanilishini hisobga olgan holda shu birikmadan foydalandim. Shuningdek, qonunchilikka oid bir qancha hujjatlarda ham yangi tarix sifatida qoʻllanar ekan. Shu sababli ushbu jumlani shu holicha qoldirilsa yaxshiroq deb oʻylayman.
  2. Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtadi: taʼkidlash joizki, men faqatgina keltirilgan gapda emas, balki butun boshli maqolani tarjima qilish jarayonida aynan oʻtgan zamon -gan yoki -di qoʻshimchasi oʻrniga kelasi zamon -adi qoʻshimchasidan foydalandim, chunki ushbu qoʻshimchadan faqatgina kelasi zamonni ifodalash uchun emas, balki oʻtgan zamondagi hikoya yoki voqea-hodisalarning orqa fonini tasvirlashda ham foydalaniladi.
  3. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning ushbu jumla ham hyuqoridagi namunaga misol boʻla oladi. Asli holicha qoldirilganda ham notoʻgʻri boʻlmasdi deb oʻylayman, lekin siz aytgandek ishtirok etgan jumlasiga oʻzgartirdim.
  4. 1906-yilgi favqulodda yozgi Olimpiada oʻyinlari 1906-yilgi navbatdan tashqari yozgi Olimpiada oʻyinlari jumlasiga oʻzgartirildi.
Tinish belgilaridan imkon qadar toʻgʻri foydalanishga harakat qildim. Aynan qayerda tinish belgilari qolib ketganini koʻrsatsangiz, yana toʻgʻrilab qoʻyardim.
Sitora Oblakulova (munozara) 12:29, 26-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Humoyun Qodirov siz koʻrsatib oʻtgan kamchiliklar bartaraf etildimi? Qoʻshimcha fikrlar yoki takliflaringiz ham bormi? Nomzodlik masalasida fikringiz qanday? Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:01, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum oldin yozganimdek ingliz tilini yoki sportni yaxshi biladigan foydalanuvchilar bir koʻrib chiqishi kerak, misol uchun „Hermann Weingärtner gorizontal barda mashq bajarish yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa“ gapida, „gorizontal barda“ aslida oʻzbekchada turnikda boʻladi, yoki „Louis Zutter yogʻoch otda bajariladigan mashqlar boʻyicha“ gapidagi yogʻoch ot sportga oid oʻzbekcha kitoblarda "eshak" deyiladi. Humoyun Qodirov (munozara) 13:23, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Va alaykum assalom, assalomu alaykum. Men oʻzim sport bilan 10 yil shugʻullanganman. Sportga oid koʻplab atamalarni aynan sportchilarning oʻzidan birma-bir soʻragan holda tarjima qilganman. Oʻzbek tilida rasmiy manbalarda sport atamalarning qanday qoʻllanilishini aynan berilmagan boʻlsa-da, ayrim norasmiy manbalarga koʻra atamalar quyidagicha tarjima qilindi va ularni oʻzgartirishni joiz deb bilmayman. Jumladan, oʻzbekcha vikipediyada Sport gimnastikasi maqolasida eshak emas, balki ot atamasi keltirilgan. Shu sababli yogʻoch ot variantini maqbul deb bilaman. Bundan tashqari yogʻoch ot atamasini mana bu havola orqali, fayl orqali va shu kabi koʻplab manbalarda ham uchratish mumkin. Bundan tashqari horizontal bar atamasini siz aytgandek turnik deya tarjima qilsak, unda parallel bar atamasi oʻzbek tiliga qanday tarjima qilinadi? Bu atamalar ham oʻzbek tiliga aynan gorizontal bar va parallel bar deya tarjima qilinishini isbotlovchi ayrim havola va fayllarni ilova qilaman: gorizontal bar uchun havola, sotuv sayti parallel bar uchun fayl va hokazolar. Fikringiz uchun rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 09:22, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Ajoyib maqola uchun tashakkur. Maqola boʻyicha bir necha oʻrinlarda oʻzim koʻrgan xatoliklarni sanab ketmoqchiman:

1. Maqoladagi ayrim izohlar tarjimasiz qolgan va manbalar qatoriga qoʻshilib ketgan. Bular: „Some scholars allege that during the Sorbonne congress Coubertin was led by tactical considerations, and used the amateur requirement only as a bait in order to realize his actual aim—namely the reintroduction of the Olympic Games—more quickly (Lennartz-Wassong [2004]), 20.“, „Professionalism vs amateurism was one of the dominant themes of the 19th century regarding athletics.“, „Officially, she was rejected because the deadline for participation had expired; however, as Olympic historians David Martin and Roger Gynn point out, the real problem was her gender.“, „Charles Champaud can be considered an athlete for either Switzerland or Bulgaria.“.

2. 76-manbada „Andoza:Pipe“ nomli uzwikida ishlamaydigan andozadan foydalanilgan ekan, shu andozani yoki yaratish, yoki oʻzbekcha muqobilini topish yoki maqolada xato qoldirmaydigan tarzda oʻchirish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 14:53, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi Sitora Oblakulova (munozara) 10:02, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman Aytilgan muammolar bartaraf etilgan. Komrontoy (munozara) 17:26, 19-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman Axadjon1 (munozara) 17:12, 23-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman – PanPanChik #yozish 14:30, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 14:42, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Maqolada jiddiy kamchiliklar koʻrmadim. Baʼzi tarixiy shaxs joy nomlariga ichki havola berilsa yaxshi ish boʻlar edi. Keyingi ishlaringizda muvaffaqqiyat. Umid1108 (munozara) 12:51, 12-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. Ajoyib maqola uchun rahmat Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:09, 17-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman – Muxriddin Azimov (munozara) 18:18, 17-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman. Maqolani rasmiylashtirish, bezash, matnining oʻzbekchadagi mazmuni, manbalarni koʻrsatish bilan bogʻliq kamchiliklarni koʻrmadim. Kagansky munozara 08:08, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi — 8 ta rozi, qarshilar va betaraflar yoʻq, maqola tarixiga qarab, maqolaning asosiy muallifi va nominator avgust oyidan beri ushbu maqolani yaxshilashga harakat qilib kelganini koʻrish mumkin, maqolaning rasmiylashtirilishi, matnining sodda va tushunarli yozilgani jihatidan ushbu statusga loyiq deb topildi, bundan tashqari, rozi ovoz berganlarning 4 tasi oʻzbekcha Vikipediya administratorlaridir. Kelajakda tarjima bilan bogʻliq eʼtirozlar paydo boʻlsa, tegishli tuzatishlar kiritish kerak boʻladi. TMda qizil ichki havolalar boʻlmasligi kerak, degan qarash bor. Boshqa tomondan, oʻzbekcha Vikipediyada bu toʻgʻrida hali konsensusga erishilmagan. Muallifga tashakkurlar, bardavom boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 10:30, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Mahmud Hamrayev (munozara) 10:53, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum! Ushbu maqola Serbiya davlati poytaxti Belgrad haqida. Oʻzbek tilida mavjud maqolani inglizcha vikipediyadan tarjima qilib toʻldirdim, boshqa tillardagi maʼlumotlardan ham foydalandim. Strategik mavqega ega boʻlgan shahar 115 ta urushda qatnashgan, 44 marta vayron qilingan, besh marta bombardimonga uchragan va koʻp marta qamalda qolgan. Bugungi kunda ushbu mavqeyini saqlab qolgan. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov, Boboyev1996, Diwikiped, ShohjahonSobirov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, Kamol Azzam, Finikchik va boshqa tajribali vikipediyachilar iltimos ushbu maqolani TM statusiga loyiq boʻladigan darajaga yetishida yordamingizni hamda fikrlaringizni ayamanglar. Maqola haqidagi mulohazalaringizni maqolaning munozara sahifasida yoki shu yerda qoldirishingizni soʻrayman. Mahmud Hamrayev (munozara) 10:53, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola hali statusga hozir emas deb oʻylayman. Oddiy misol, Sava (daryo) haqida maqola bor, ammo ichki havola yoʻq maqolada. "Yevropada mil.avv. asrlarda rivojlangan madaniyatlaridan biri Vincha madaniyati Belgrad hududida miloddan avvalgi VI ming yillikda paydo boʻlgan", kabi gaplar esa gʻaliz. "Primat shahri" esa tikka mashina tarjimasi. "Muhim shahri deyish" mumkin, masalan. Va hokazo. Nataev munozara 13:32, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Fikrlaringiz uchun rahmat. Maqolada Sava daryosiga ichki havola berilgan, geografiya qismida. Qolgan g'aliz tarjimalar bartaraf etilmoqda. Mahmud Hamrayev (munozara) 15:26, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1. Maqolada kamchilik koʻp. Jumladan, imloviy kamchiliklar ham koʻzga tashlanadi. Sava daryosi Dunayga qoʻshilish joyi - shu oʻrinda fikrimcha, daryoga quyilish joyi deb nomlanishi kerak. Agar ikki daryo qoʻshiladigan boʻlsa, odatda yangi daryo hosil boʻlishi kerak. Stefan Lazarevich hukmronligi va vorisi Djurad Brankovich davrida hudud Vengriya qirolligiga qaytarib beriladi. - bu holatda ham gʻalizlik mavjud. Kim tomonidan qaytarib berildi, nima sabab boʻldi kabi savollar yuzaga keladi. Jumlaning asl mazmuni yoʻqolgandek, nazarimda. 1521-yilda Belgrad Usmonlilar tomonidan bosib olinadi va Smederevo sanjagi qarorgohiga aylantiriladi - bu oʻrinda ham vergulning kuchidan toʻgʻri foydalanib, boshqacharoq, ixchamroq shaklda ifodalash mumkin edi. eng katta pravoslav cherkov binolaridan biri boʻlgan Avliyo Sava cherkovi - mazkur oʻrinda agar cherkov binosi hozirda boshqa maqsadda foydalanilayotgan boʻlsa gap toʻgʻri tuzilgan. Hozirda ham cherkov vazifasini oʻtayotgan holatda boʻlsa, jumlani qayta tuzish kerak.Evrovidenie - buni tushunmadim. Hozircha kirish qismida koʻzga tashlangan kamchiliklarni yozdim. Qolgan qismi bilan tanishish asnosida fikrlarni yozib boraman. Imloviy xatolar masalasida yana bir marotaba jiddiy koʻzdan kechirib chiqilsa maʼqul boʻladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:09, 17-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2. Hududiy birliklar uchun sanjak emas, balki sanjoq sifatida ishlatish kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:23, 17-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi. Siz aytgan kamchiliklar tuzatildi.
    Mahmud Hamrayev (munozara) 15:22, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3. Bilgiqutini Enwikidagidek mukammalroq qilishni tavsiya etaman. Xaritalarni 3 xil ko'rinishda ifodalanishi maqolani yanada go'zalroq qiladi. Har qalay maqola TM statusiga nomzod qilinyapti. Boshqa tilda qanday bo'lsa shunday olib o'tib qo'ymasdan qo'shimchalar qo'shilsa zo'r bo'lar edi. — Programmer (munozara) 14:07, 22-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi. Bilgiqutiga qoʻshimchalar qoʻshildi. Mahmud Hamrayev (munozara) 03:54, 23-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  RozimanDMahmudova (munozara) 19:48, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi. Maqola hali TM statusiga hozir emas. Kagansky munozara 11:32, 9-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:25, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Mazkur maqola enwiki va ruwikida tanlangan maqola statusiga erishgan. Ingliz tilidan tarjima qilib, tanlangan maqola statusi uchun nomzodlikka koʻrsatilmoqda. Qimmatli fikrlaringiz bilan maqolani yanada yaxshilab, statusga olishiga ovoz berishingizni soʻrayman. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:25, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Maqoladagi ichki havolalarning juda ko'pchiligi "qizarib" qolgan ekan. Agar shularni "ko'kartirib" chiqilsa maqolani o'qigan tinglovchida savol qolmaydi (Bu haqida ko'p statusli maqolaga ovoz berishda aytib o'tilgan). Wikisurgery94 (munozara) 14:43, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Salom. Fikringiz uchun rahmat. Maqolada 300ga yaqin qizargan havolalar mavjud. Hozirda kirish qismidagi qizillar koʻkartirilgan. Qolganini sekinlik bilan koʻkartirish ishlari olib borilmoqda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:20, 30-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Salom. Maqolaning oxirida Kitoblar, Ilmiy maqolalar, Jurnallardagi maqolalar boʻlimlaridagi qoʻllanilgan refbegin andozasidagi kamchilik koʻrinishni buzib turibdi. refbegin oʻrniga refbegin1 muqobil andozasidan foydalansangiz boʻladi. — Programmer (munozara) 17:29, 16-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi. Rahmat Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:52, 17-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman — Bir oʻqib chiqishda kamchiliklar koʻrmadim. TM statusiga loyiq deb hisoblayman. Ahror Akramovich (munozara) 07:08, 19-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman --Muzaffar Murodovichmusohaba 06:35, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman Sitora Oblakulova (munozara) 16:56, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  RozimanHumoyun Qodirov (munozara) 09:24, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman — Go'zal maqola uchun. Hasan Alimov () 14:37, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  RozimanIbrohimjon 14:44, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  RozimanMrjavokh1r (munozara) 04:10, 22-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  8.  RozimanMahmud Hamrayev (munozara) 10:38, 22-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman. Ajoyib maqola. ANJANIY!!#suhbat 05:06, 23-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  10.  RozimanDMahmudova (munozara) 11:10, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman Xabibulla Muxamedov (munozara) 19:48, 28-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Qarshiman — maqolada ensiklopediya tiliga xos boʻlmagan jumlalar talaygina. xususan, inkor qilish Turkiya Respublikasi har bir hukumatining siyosati boʻlib kelgan, hatto 2023-yilda ham..., Rad etish odatda „armanlar xiyonati, bosqinchilik, jinoyatchilik va hududiy ambitsiyalar ritorikasi“ bilan birga taʼkidlanadi kabi. bundan tashqari, maqola tili gʻaliz jumlalardan tarkib topgan. eng muhim sabablaridan biri genotsid turk milliy davlatini barpo etish imkonini berganidir. bu yerda nazarda tutilgan fikrni zoʻrgʻa anglab oldim. genotsidni amalga oshirilishi keyinchalik Turkiyaning milliy davlat oʻlaroq tashkil topishida/shakllanishida ijobiy taʼsiri boʻldi deyilmoqda, adashmasam. Genotsidni tan olish Turkiyaga asos solinishi haqidagi afsonalarga zid boʻlardi. bu jumlalarni mavzudan yiroqlar uyoqda tursin, mavzudan xabardor inson ham anglab olishi mushkul. biror davlatning, u qaysi mamlakat boʻlishidan qatʼi nazar tarixini afsona deb baholanishi xolislik chegarasidan chiqish sanaladi. har davlatning qora tarixi borligi tabiiy, undan turli ideologiya va siyosiy maqsadlar yoʻlida foydalanishga urinib kelinadi doim, bu ham tabiiy. Bugungi kun tarixchiligida tarixiy jarayonlarga turli ranglar berishdan voz kechilayotgani bejizga emas. tagʻin yanglishlar yana bor: Mustafo Kamolning 1927-yilda kamolist tarixshunosligining asosi boʻlgan Nutuk nutqida armanlarga qarshi zoʻravonlik bilan kurashishda sukunat va inkor taktikasi qoʻllanildi. jumlasining oʻzida kamchilik va gʻalizliklar bor. masalan, Nutuk aslida soddagina bir nutq emas, Mustafo Kamolning 1919—1927-yillarda, oʻz tili bilan aytganda esa quroldosh doʻstlari bilan amalga oshirgan ishlarini ochib beruvchi, xitobnoma shaklidagi nutq matnlarining toʻplamidan iborat asar aslida. unga shunchaki nutq emas, asar deb baho berilishi mantiqan toʻgʻri. asar oʻsha davr manbalariga tayanib yozilgani sababli ham qimmatli. 348–349-betlar, shuningdek, 508–510-betlar armanlar masalasini yoritib bergan ekan. yaʼni hech qanday „sukunat“ yoʻq unda. maqola kamchiliklari koʻp, u shu holida status olishga noloyiq deb oʻylayman Alpasli (munozara) 23:00, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Qimmatli fikrlaringiz uchun rahmat. Marhamat qilib, gʻaliz jumlalar uchun muqobil versiyalaringizni tavsiya qila olasizmi? Albatta, tarjima jarayonida bunaqa holatlar boʻlishi tabiiy. Qolgan eʼtirozlaringiz esa EnWikidan tarjima qilinganda matn mazmunida kelib chiqib olingan. Nutuk nutqi qanaqa nutq ekanligiga halicha qiziqib koʻrmadim, lekin EnWikida aynan speech soʻzi ishlatilgan. Toʻgʻri, ular soha boʻyicha mutaxassis emasdir, balki bilishmas. Agar EnWikidagi munozara sahifasida yozib, shu jumlani asar soʻziga oʻzgartirsangiz, ishonamanki, bizdagi jumla ham oʻzgaradi. Maqolaning ensiklopedik ahamiyati qanchadir bordirki, matnda shu kabi jumlalari boʻlsa-da, EnWiki va RuWikida Tanlangan statusi berilgan. Yana eslatib oʻtishim kerakki, ushbu maqola statusli maqolalar tanlovida ishtirok etmaydi va shuning uchun tahrirlash orqali avtomat deb oʻylagan qismlaringizni bemalol tuzatishingiz mumkin. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:25, 30-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    @Alpasli:, siz bildirgan kamchiliklar bartaraf etildimi? — Kagansky munozara 06:28, 12-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
    yoʻq. oxirgi tahrir man fikr bildirgandan bir kun keyin 30-avgust kuni amalga oshirilgan. maqola hamon statusga loyiq boʻlmagan holatda. agar istasam, tahririga yordam berishim mumkinligi aytilibdi. bu maqolaning kamchiliklarini tuzatilishiga qilinadigan mehnat, uni qayta yozilishiga qilinadigan mehnat bilan barobar. Alpasli (munozara) 09:03, 12-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
    @Laziz Baxtiyorov:, qanday fikr bildirasiz? — Kagansky munozara 11:55, 20-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
    Asosiy gaplar yuqorida aytilgan. Qoʻshimcha sifatida, maqolani arman lobbisi va qanaqadir uydirma deb emas, yoki Mustafo Kamol Otaturkka oddiy shaxs sifatida qarash orqali qayta oʻqib chiqishni maslahat bera olaman. Va yana maqola EnWikidan aynan tarjima qilinganini yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:46, 20-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
    Kamchiliklarni tuzatgabdan koʻra, uni qayta yozish taklifi esa absurddan boshqa narsa emas. Absurd ekanligini esa maqola bilan toʻliq va xolisona tanishib chiqqan inson biladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:53, 20-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi. Inglizcha Vikipediyadagi statusli maqola tarjima qilib yaratilganligini hisobga olsa, bitta qarshi ovoz bergan foydalanuvchining istagiga koʻra, uni qayta yozishga hojat yoʻq ekanligi ayon boʻladi. Nomzod maqolaga rozi ovozlar koʻp. Ularning aksariyati argumentsiz ekanligi chatoq. @Laziz Baxtiyorov:, kelajakda tarjima bilan bogʻliq eʼtirozlar paydo boʻlgan taqdirda, maqolaga tuzatishlar kiritish kerak boʻladi. TMda qizil ichki havolalar boʻlmasligi kerak. Boshqa tomondan, oʻzbekcha Vikipediyada bu toʻgʻrida konsensusga erishilgan qatʼiy talab yoʻq. Qizil ichki havolalarni ham qoʻldan kelgancha kamaytirish zarur. Yana bitta statusli maqola uchun tashakkur! Kagansky munozara 10:35, 23-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Programmer (munozara) 15:42, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Hozirgi kunda elektr energiyasi haqida koʻplab maʼlumotlar mavjud. Uni qay tarzda ishlab chiqarilishini koʻpchiligimiz bilamiz. Men ham shu paytgacha, maqola yozgunimcha bilganlarim soni oz edi. Lekin maqola yozish davomida chet eldagi turli xil boshqa usullar borligiga ham koʻzim tushdi. Energetika sohasiga qiziquvchi odam oʻqisa mazza qiladigan maqola boʻldi adashmasam)). Enwikidagi holatida maqola 3 ta tilda TM va 2 ta tilda YM statusini olgan. Solishtirib koʻrishingiz mumkin, enwikidagi holatiga qaraganda oʻqigan odamga tushunarli boʻlishi uchun maqolaga bir nechta .gif va .jpg tasvirlar joyladim. Enwikidagi barcha andoza va bitta portal ham yaratdim, barcha manbalar toʻliq olib oʻtildi. Xatolari boʻlsa fikrlar boʻlimida yozsangiz toʻgʻirlab chiqaman. Fikrlar uchun oldindan rahmat. — Programmer (munozara) 15:42, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola dolzarb, yangi qoʻshilgan .gif va .jpg tasvirlar yaxshi shularni tagiga izohini yozib qoʻysangiz yanada goʻzal boʻladi. Ibrohimjon (munozara) 16:03, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

qoʻshib qoʻyildi Programmer (munozara) 18:31, 3-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

shuni bir xil yozgan maqul menimcha. Ibrohimjon (✍️) 03:40, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

To'g'irlandi Programmer (munozara) 17:37, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshimcha fikrlar

[manbasini tahrirlash]

Maqola ayni mening sohamdaligi uchun undagi tushunarsizliklarning guvohi boʻldim. Jumladan, bioenergetika qismida jarayonni tushunarsiz holatda tasvirlagansiz. Dengiz energiyasi (tidal energiyani) boʻlimi ham ancha tushunarsiz. Yana qarang boʻlimini shakllantirish mumkin. Ayniqsa Atom energiyasiga bogʻliq maqolalar serob. Va siz tariflagan sohalar barqaror emas alternative yo muqobil bugungi manbalariga koʻra yashil energiya deb qoʻllanilishi yaxshiroq. Kirish qismiga qoʻshimcha manba yoki oʻtishga andozasidan foydalansangiz goʻzal boʻlar edi. PanPanChik #yozish 13:52, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Barqaror energiya maqolaning nomi. Muqobil energiya deb nomlashni men ham o‘ylagandim. Gidroenergetika borligi uchun Muqobil energiya deb nomlashga ikkilangandim. @Panpanchik Fikrlaringizni inobatga olgan holda qo‘shimchalar kiritishga harakat qilaman Programmer (munozara) 15:41, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
@Panpanchik Salom. Siz aytgan bo'limlar ko'rib chiqildi. Yana qarang bo'limi shakllantirildi. Hozirda yana qayta maqolani ko'rib chiqmoqdaman. Nomlash bo'yicha biror taklifingiz bo'lsa nomini ham o'zgartirishimiz mumkin. Programmer (munozara) 12:38, 12-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Ishlaringizda omad. Maqolani to'liq tahrirlaganingizdan so'ng vaziyatga ko'ra ovoz beraman PanPanChik #yozish 15:05, 12-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Hurmatli Programmer Maqolani sodda va tushunarli tilda yozishga harakat qilgansiz. Ammo raqamlarni keltirishda bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻygansiz. Shu sababli raqamlardagi sonlarni toʻliq koʻrib chiqishingizni soʻranaman. —   Mirzoulugʻbek |@  17:10, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
To'g'irlandi. Programmer (munozara) 17:17, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman. Maqola dolzarbligi uchun. Ibrohimjon (✍️) 15:30, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Nafosatxon Otabekovna (munozara) 17:33, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. — Maqolani oʻqib, oʻrganib chiqdim. Sezilgan xatoliklarni tuzatib chiqib, muallifga tashakkurlar aytgan holda roziligimni bildirmoqchiman! Maqola status olishiga tilakdoshman. Omad! Salazarov 18:55, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. —   Mirzoulugʻbek |@  07:31, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  RozimanMelegim0820 (munozara) 16:27, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  RozimanMirazizAlikuloff
  7.  RozimanYoung Economist7 (munozara) 10:28, 16-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman — maqola mavzusi bugungi kun uchun ahamiyatli. Alpasli (munozara)

 Bajarildi — nominatorga tashakkurlar, davomli boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 15:31, 16-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Jahongir Boboyev (munozara) 09:51, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Bu maqola gemofiliya bilan tugʻilgan, mutaxasislar xatosi bilan kasallangan donor qonidan tayyorlangan preparat tufayli OIV infeksiyasini yuqtirib olgan, shifokorlar tomonidan 6 oy umri qolganligi aytilganligiga qaramay 5 yil yashab 18 yoshigacha AQShning OIVga qarshi kurash timsoliga aylangan Ryan White haqida. Tanishib chiqib fikrlaringizni bildirishingizni soʻrayman. Nataev, Kagansky, Nataeva,Jamshid Nurqul, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Wikisurgery94, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov Jahongir Boboyev (munozara) 09:51, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

1-manbadagi gapda tugʻilgan joyiga boshqa link beryapti Kokomo (Indiana) emas Indiana oʻzini havola beryapti, enwikida Kokomo (Indiana) ga berilgan ekan. Ibrohimjon (munozara) 14:40, 1-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

E'tibor uchun tashakkur aytgan kamchiligingiz to'g'irlandi Jahongir Boboyev (munozara) 13:11, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Vikifikator tegmagan qismlarni tuzatish kerak! Qo'shtirnoqlaar bilan bog'liq muammoliklar mavjud. PanPanChik #yozish 13:45, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qayta vikifikatordan oʻtkazildi. Jahongir Boboyev (munozara) 21:49, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Bir tasvir ostida „Ryan White Story filmida Ryan rolini ijro etgan aktyor Lukas Haas (2007)“ – deb yozilibdi, shu yerda yetishmayotgan qoʻshtirnoqlarni kiritib qoʻyish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 22:31, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Toʻgʻirlandi Jahongir Boboyev (munozara) 02:34, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Bilgiqutini va 33-manbadagi jumlani ham bir vikifikator qilish kerak. Ibrohimjon (✍️) 02:46, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Toʻgʻirlandi Jahongir Boboyev (munozara) 05:15, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
—AQSH prezidenti Ronald Reagan aytgan jumlani ham vikifikator qilish kerak Ibrohimjon (✍️) 09:22, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Toʻgʻirlandi Jahongir Boboyev (munozara) 12:22, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

„Ziddiyatlar xronologiyasi. 1985—1986-oʻquv yili“ - deya boshlangan andozada viloyat, tuman soʻzlarini koʻrdim. Agar gap AQSh haqida ketayotgan boʻlsa, gap viloyat/tuman emas, shtat, okrug yoki boshqa turdagi boʻlinma haqida ketayotgandir, shunga eʼtibor qilish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 21:04, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Toʻgʻirlandi Jahongir Boboyev (munozara) 00:23, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

„Tashxis qoʻyilgach, Ryan maktabga qaytish imkon topa olmagan sababi u juda kuchsiz va nimjon holda edi“ gapida „maktabga qaytishga imkon topa olmaganining sababi“ deb yozilsa, toʻgʻri boʻladi. Sitora Oblakulova (munozara) 04:32, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Biroz boshqacha ko'rinishda o'zgartirdim Jahongir Boboyev (munozara) 08:24, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

„AQSHning birinchi xonim Barbara Bush“ shu yerda „birinchi xonimi“ bo'lishi kerak. Sitora Oblakulova (munozara) 16:47, 14-Avgust 2023 (UTC) Tuzatildi Jahongir Boboyev (munozara)[javob berish]

  1.  Roziman. TM statusini olishga loyiq maqola. — Kagansky munozara 21:32, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Maqola sodda va hammaga tushunarli tilda tarjima qilingan Yormatov Javohir (munozara)
  3.  Roziman. Salazarov 19:22, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman — maqola mavzusi hamda maazmuni uchun Alpasli (munozara) 07:05, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. —   Mirzoulugʻbek |@  07:46, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman Sitora Oblakulova (munozara) 16:47, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman. Maqola statusga munosib. Umarjon Rahimov (munozara) 17:10, 14-Avgust 2023 (UTC).[javob berish]
  8.  Roziman — TM statusiga loyiq maqola MirazizAlikuloff Munozaracha 2:23, 15-Avgust 2023 (UTC).
  9.  RozimanLaziz Baxtiyorov (munozara) 10:07, 15-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Qarshiman. — Hajmi YMga tortadi. TM uchun kichikroq. Salazarov 14:29, 3-Avgust 2023 (UTC) . Maqola bilan toʻliq tanishib chiqib, ovozimni oʻzgartirishga qaror qildim. Salazarov 18:09, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Biz Oʻzbekcha Wikipediani rivojlantirish davomida EnWiki va Ruwikidan qiyos olamiz. Men TMga qoʻygan maqolam esa 6 ta tiilda TMga loyiq koʻrilgan va ularning orasida ingliz tili ham bor. Men bu gapim bilan ularda boʻlgani bizda ham boʻlishi kerak demoqchi emasman, lekin nega ular loyiq statusga deganini biz noloyiq deymiz. Jahongir Boboyev (munozara) 19:39, 3-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Ularda alternativ kam. Bizda 3 xil status bor, bizda hajmga ham qaraladi. Salazarov 14:31, 5-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    FYI: Hajm mavzusi YM va XM statuslari orasidagi munozarali holatlarni yechishdagina ikkilamchi omil sifatida qarash uchungina yaraydi xolos. Mavzuning mazmuni maksimal darajada nufuzli manbalarga tayanib ochib berilgan taqdirda maqolani TMga nomzod qilish yaxshi ish boʻladi. — Kagansky munozara 21:28, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. — YM yoki XM ga qo'yishni taklif etaman. Bosh sahifada chiqadigan TM maqolasi hajmi kattaroq bo'lishini ma'qul deb hisoblayman. Uning ustiga bu holat statusli maqolalar marafonida ham bahsli vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin. XM yoki YM ga nomzod qilinsa roziman deya fikr bildirishga tayyorman.Programmer (munozara) 14:47, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Men bu munozaraga bergan ovozimni to'liq qaytib olaman. Hajm borasidagi kriteriylar boshqa munozaralarda qarshilik uchun sabab bo'lmaydi degan umiddaman Programmer (munozara) 07:51, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Hurmatli Salazarov va Programmer matn tuzilishi chiroyli, oʻqilishi qulay boʻlgan maqolalar tanlangan boʻlishi mumkin. Hajmi borasida ham sizlar oʻrinli savolni oʻrtaga qoʻygansizlar. Ammo maqola mavzusi koʻp nuqtalardan, keng qamrovli yoritilgan boʻlsa tanlangan maqola statusini olishi mumkinligini inobatga olgan holda oʻz ovozlaringizni koʻrib chiqishingizni va boshqa tildagi huddi shu maqolani statuslarini qarab chiqishingizni soʻrab qolaman. —   Mirzoulugʻbek |@  17:56, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

@Mirzoulugʻbek aka xuddi shunday holatda avvalroq TM ga men o'zim maqola qo'yganimda tasdiqlanmagan hajmi tufayli. Lekin maqola hozir XM statusini oldi. Bu maqola Ruwikida YM statusini olgan. Agar Ruwikida ham TM olganda men roziman deya fikr bildirar edim. Shuning uchun YM yoki XM variantini qabul qilinishi kerak deb hisoblayman. Bir maqolaga avvalroq hajm uchun status bermay, keyingilarida berilsa, qoidalarga muvofiq bo'larmikan? Programmer (munozara) 18:08, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Mayli ovoz berish yoki bermaslik har bir ishtirokchining oʻz huquqi, bu fikrni men boshqa vikilardagi hajmiga qarab, maslahat qatori berdim. Maqolani ushbu statusni olishi yoki boshqa statusni olishini xulosa chiqaruvchilar oʻz xulosalarida beradi degan umiddaman. Shuningdek sizlarning fikringizni ham inobatga oladi degan umiddaman.   Mirzoulugʻbek |@  19:33, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Betarafman maqola yaxshi yozilgan. Ibrohimjon (✍️) 15:29, 13-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi — nominatorga tashakkurlar, davomli boʻlsin. Jamshid Nurqul (munozara) 10:13, 15-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Wikisurgery94 (munozara) 21:00, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu Alaykum hurmatli: Nataev, Kagansky, Nataeva,Jamshid Nurqul, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov Jahongir Boboyev Maskur maqola tibbiyot sohasiga oid boʻlib, insonning eng asosiy organlaridan biri boʻlgan „Inson yuragi“ haqida maʼlumotlar keltirilgan. Maskur maqola haqidagi fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Oldindan rahmat kattakon. Wikisurgery94 (munozara) 21:00, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshimcha fikrlar

[manbasini tahrirlash]

Maqolada ayrim kamchiliklar mavjud. Jumladan:

Yuqoridagi holatlarni koʻrib chiqib maqolani tahrirlashingizni tavsiya qilar edim. PanPanChik #yozish 14:07, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar uchun rahmat, endi esa javob bersam;
  • Preambula juda kotta boʻlib ketganligi sababli uni ikki qismga boʻlib qoʻydim. Endi asosiy qismiga yana maʼlumotlar qoʻshaman.
  • ichki vikilinklar nima sababdan kam deganizga hayronman, lekin mayli yana koʻpaytiraman, terminlarni baʼzilarigina ozgina tushunarsiz ekan, hammasi emas. Toʻgʻirlab qoʻyaman. Olimlarga ham link yarataman.
  • Qoʻshtirnoqni toʻgʻirlab qoʻydim.
  • Jumla gʻaliz emas, oʻzbekcha kitoblarda ham shunday yozilgan. Uni ham bartaraf qilaman.
  • Ana shu xatboshilarda eng yoki ruwikida ham manba yoʻqda. Uni ham topib qoʻshib qoʻyaman.
  • Rasmlarning qaysi biri notoʻgʻri ekan, aytib bera olasizmi?
  • Andoza:Tibbiyot toʻgʻirlab qoʻydim.
Wikisurgery94 (munozara) 14:15, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Kamchiliklarni bartaraf etdim. Wikisurgery94 (munozara) 16:12, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Berib o'tilgan kamchiliklar tuzatilgan, ammo maqolada g'aliz tarjima bilan bog'liq muammolar hanuz mavjudligi uchun maqola status olishiga qarshiman. PanPanChik #yozish 15:07, 12-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Roziman Maqola ustida yaxshi ishlangan! Unknown medic (munozara) 04:02, 11-Avgust 2023 (UTC) Yangi foydalanuvchining birinchi tahriri nomzodlikka rozi ovoz berish bilan boshlangan. — Kagansky munozara 04:33, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Qarshiman — 6 kun davomida berilgan fikrlarimga javob berilmadi va hatoliklar bartaraf etilmadi. PanPanChik #yozish 13:43, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Menimcha bu fikrigiz juda noʻrin, siz aytgan kamchiliklarni bartaraf qilib keyin javob yozmoqchi edim „Kamchiliklar bartaraf etildi!“ deb. Hattoki baʼzilarini tuzatgan edim ham. Lekin sabr qilmabsiz. Wikisurgery94 (munozara) 14:17, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Aytilgan kamchiliklar tuzatildi. 188.113.231.204 04:10, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi — rozi ovoz yoʻq, bitta qarshi ovoz, bundan tashqari xatoliklar borligi haqida aytib oʻtilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 17:24, 12-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Olimidono (munozara) 19:42, 24-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Bu maqola Yevropadagi shahar haqidadir. Olimidono (munozara) 19:42, 24-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Hasan Alimovdan fikrlar

[manbasini tahrirlash]
  1. Asrlar rim raqamida yozilsa yaxshi boʻlar edi
  2. Jugʻrofiyasi emas geografiyasi desak sal tushunishga osonroq boʻladi
  3. «Skopje 2014» (rasm ostida yozilgan) — qoʻshtirnoq xato
  4. Bitta standartda yozish kerak. Skopye yoki Skopje. Maqola nomi Skopye, lekin juda koʻp jumlalarda Skopje yozilgan.
  5. Tire, qoʻshtirnoq va snoskalar bilan bogʻliq xatolar koʻp. Har bir gapni qayta oʻqib chiqing.
  6. Asosiy ulanishlar? Gʻaliz. Aniqlashtirish kerak.
  7. umumevropa nima degani?
  8. Maqolada AT alomatlari bor.

Maqolani hozirgi koʻrinishi statusga toʻgʻri kelmaydi. Yuqorida aytib oʻtilgan kamchiliklarbartaraf etilsa, qayta koʻrib chiqib ovoz berishim mumkin. Maroqli tahrirlar! — Hasan Alimov () 06:11, 7-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Roziman Maqola juda ajoyib bayon etilgan. Wikisurgery94 (munozara) 18:09, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Qarshiman. Nominator nominatsiyaga boʻlgan qiziqishini butkul yoʻqotgan koʻrinadi. Maqola hozirgi holatida TM statusi kriteriylariga mos emas. — Kagansky munozara 05:35, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi — Nominator bildirilgan fikrlarga nisbatan hech qanday qiziqish bildirmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 10:30, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 17:39, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu maqolani tarjima qilib TMga nomzod qilib koʻrsatyabman. Koʻrib chiqib baho bersangiz hammaga rahmat. Mrjavokh1r (munozara) 17:39, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Bu nomzod TM nomzodlik sahifasida 20.07.2023 sanasida paydo boʻldi. Xulosa chiqarishda chalgʻimaslik uchun 20-iyulni hisobga olamiz. Jamshid Nurqul (munozara) 09:23, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Adashib ketilgan. Toʻgʻirlab qoʻydim. Mrjavokh1r (munozara) 09:53, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
"The World Without Us" kitobi muallifi Alan Weisman.

Vikifikator tegmagan joylari bor shu kabi. Ibrohimjon (munozara) 09:19, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

? Mrjavokh1r (munozara) 10:15, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Rasm tagidagi soʻzda Ibrohimjon (munozara) 11:19, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 13:44, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Nega manbalar soni kam enwikidan? Hammasini olib oʻtish kerak. Ibrohimjon (munozara) 09:15, 21-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Bitta manba takror koʻrsatilgan: 16 va 63. — Kagansky munozara 13:56, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Toʻgʻirlandi. Mrjavokh1r (munozara) 20:07, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Toʻgʻirlanmadi. Mana bunaqa qilib tuzatilmaydi. — Kagansky munozara 10:46, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Nima sababdan maqolani toʻliq tarjima qilmay va barcha manbalarini koʻrsatmay statusga nomzod qilyapsiz oʻzi? — Kagansky munozara 10:48, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola toʻldirildi va barcha manbalar olib oʻtildi. Mrjavokh1r (munozara) 17:10, 24-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Snoskalardagi betlar orasiga br joyda tire boshqasida chiziqcha koʻrsatilgan. Tire qilib chiqish kerak. — Kagansky munozara 03:48, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
 Tuzatildi Mrjavokh1r (munozara) 05:50, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Jamshid Nurquldan fikrlar:

  1. Kitob asosan muallifning shaxsiy fikrlariga asoslanib yozilgan boʻlib, unda shaharlar va uylarning qanday yomonlashishi, texnogen artefaktlar qancha davom etishi va qolgan hayot shakllari qanday rivojlanishi haqida maʼlumot keltirilgan“ — bu yerda (qalinlashtirilgan matnda) nima demoqchi boʻlgansiz? Texnogen artefaktlar nima va qolgan hayot shakllari deganda nimani tushunish mumkin? Yerda hayot tugaganidan keyin texnogen chiqindilarning qancha vaqtda chirib bitishi va tirik qolgan hayot shakllari… deyish mumkinmi shuni, nima deb oʻylaysiz?
  2. Kitob Time va Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi top 10 real voqealarga asoslangan kitoblari oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi.“ — Kitob Time hamda Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi real voqealarga bagʻishlangan 10 ta kitob roʻyxatida 1-oʻrinni egallagan.
  3. Yerning aholi punktlarining qisqarishi oqibatlarini oʻrganish gʻoyasi oʻnlab yillar davomida ilmiy-fantastik romanlarda muntazam ravishda aytilgan“ — Yerdagi aholi punktlarining qisqarishi oqibatlarini oʻrganish gʻoyasi oʻnlab yillar davomida ilmiy-fantastik romanlarda muntazam ravishda eslab oʻtilgan.
  4. The World Without Us“ kitobida nisbatan koʻproq ekologik muammolar yoritilgan" — „The World Without Us“ kitobida asosan ekologik muammolar yoritilgan.
  5. "Muallif Alan Weisman „The World Without Us“ kitobni yozishdan oldin toʻrtta kitob yozgan edi" — Muallif Alan Weisman „The World Without Us“ asarini yozishdan oldin toʻrtta kitob chop ettirgan.
  6. „…tabiat qanday gullab-yashnaganligi va New Yorkshahrining atrof-muhiti tabiati qanday ifloslanayotganligi tasvirlangan…“ — xato, bunaqa xatoli maqolalar statusga loyiq boʻlolmaydi.
  7. „…uning Los-Anjeles Times jurnali uchun yozgan…“ — Los-Anjeles Times — bu inglizcha yozilganmi yo oʻzbekchami? Anjeles oʻzbekcha, Times inglizcha, gibrid xullas.
  8. "23 betlik bibliografiya qismida uning Los-Anjeles Times jurnali uchun yozgan (Antarktida ozon teshigidagi „Naked Planet“ va Maya sivilizatsiyasi haqida) "The Real Indiana Jones" ikkita maqolasi chop etildi" — shu yerda nima deyilgan? Yoki qavs oldinroq yopilib qolganmi?
  9. Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniyaga davlatlariga sayohat qilgan“ — shu qalinlashtirilganlaridan biri ortiqcha.
  10. Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniyaga davlatlariga sayohat qilgan. Kitobda keltirilgan akademiklar bilan intervyular oʻtqazildi. Jumladan: Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi biologi E. O. Wilson, plastmassa chiqindilar boʻyicha arxeolog William Rathje, oʻrmon botanigi Oliver Rackham, halokatga uchragan Mayya sivilizatsiyasi boʻyicha antropolog Artur Demarest, evolyutsiya boʻyicha paleobiolog Duglas Ervin va faylasuf Nik Bostrom.“ — shu yerda nima deyilgani ancha tushunarsiz chiqqan, faylasuf Nik Bostrom deb yozilgan-da, gap tugagan. Gapning maʼno, maqsadi yoʻq. Shu gapni olib qisqaroq qilaman, lekin maʼno chiqmaydi — „Kitobda keltirilgan akademiklar bilan intervyular oʻtqazildi. Jumladan: E. O. Wilson, William Rathje, Oliver Rackham, Artur Demarest, Duglas Ervin, Nik Bostrom.“, menimcha Nik Bostromdan keyin nimadir soʻz qoʻshish kerak yoki gapni mana bunday tarzda tuzish kerak: „Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniyaga sayohat qilgan, akademiklar bilan intervyular oʻtkazgan. Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi biologi E. O. Wilson, plastmassa chiqindilar boʻyicha arxeolog William Rathje, oʻrmon botanigi Oliver Rackham, Mayya sivilizatsiyasi boʻyicha antropolog Artur Demarest, evolyutsiya boʻyicha paleobiolog Duglas Ervin va faylasuf Nik Bostrom shular jumlasidandir“.
  11. Bir yerda „Kappadokiya“, boshqa joyda „Kapadokiya“ deb yozgansiz.
  12. Mannahatta loyihasini ishlab chiqqan Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati va New York botanika bogʻi aʼzolari bilan suhbatlarda Weisman mahalliy oʻsimliklar parklardan va omon qolgan invaziv turlardan tarqalib qaytishini, agar odamlar kalamushlar va tarakanlarni oziq-ovqat va issiqlik bilan taʼminlamasa nobud boʻlishini tahmin qiladi“ — gapning oʻzida xatolik bor lekin eng xatoli soʻzlar qoraytirildi. Manhatta loyihasimi yo Manhattan loyihasi, New York emas, Nyu York deb yozsangiz boʻlaveradi, tarakan oʻzbek adabiy tilida suvarak boʻladi, tahmin emas taxmin.

Bular hali men aytib oʻtgan kamchiliklar, aytilmagani hali koʻp. Maqola matnini toʻliq qayta oʻqib chiqing va oʻzgartiring. Qoʻl uchida maqola yozib status olishni oʻylamang! Jamshid Nurqul (munozara) 20:27, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Avvalo fikrlar uchun tashakkur, taʼkidlangan xatoliklar toʻgʻirlandi. Maqola matni toʻliq qayta oʻqib chiqilyapti. Mrjavokh1r (munozara) 12:50, 1-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Xatolaringiz koʻp haliyam: "Weismanning taʼkidlashicha, suv tomchilari miltillab atrofidagi tomga tushgan vaqtda yogʻochni yemirishini aytib oʻtgan" — shu gapni "Weismanning taʼkidlashicha, suv tomchilari miltillab atrofidagi tomga tushgan vaqtda undagi yogʻochni yemiradi", deyish mumkin edi menimcha. Lekin umumiy kontekstda gapning maʼnosini tushunib boʻlmaydi, miltillab, atrofdagi tom, yogʻoch shu soʻz va jumlalar bir-biri bilan bogʻlanmagan. Bu gapni oʻqigan insonda "Tom oʻzi shifer, cherepitsa yoki tunukadan boʻlsa, bu yerda yogʻoch nima qilyapti?" - degan savol tugʻiladi. Maqoladagi har bir gapga aniqlik kiriting. Jamshid Nurqul (munozara) 21:53, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshimcha fikrlar

[manbasini tahrirlash]

Maqola TM statusi uchun ancha chatoq holatda. Gʻaliz jumlalari juda koʻp. Unutmang sizning maqolangiz bosh sahifaga chiqilganda u umuman xatoliklarni akslantirmasligi kerak. Uni Oʻzbek tilini biladigan eng osdda odam ham oʻqib tushunishi, oʻzbekcha savodi boʻlmagan inson esa rasmiylashtirishdan xato topa olmasligi talab etiladi. Maqolani toʻliq qayta tahrirlang. AT gʻalizliklarini yoʻq qilmaguningizcha bu maqola bosh sahifaga chiqishga noloyiqligicha qolaveradi. PanPanChik #yozish 14:27, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

osdda? sodda ✅ Ibrohimjon (munozara) 16:15, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman. Kitob haqidagi mavzu maqolada maksimal darajada ochib berilgan. EnWikidagi maqola bilan solishtirganda tuzilishi va manbalarni koʻrsatishda jiddiy kamchiliklar kuzatilmaydi. Tarjima qilgan muallifiga rahmat! — Kagansky munozara 04:04, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman Kamchiliklarni kuztamadim. MrShaxas #Munozaracha 09:50, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  RozimanProgrammer (munozara) 20:31, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  RozimanIbrohimjon (munozara) 01:43, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman Wikisurgery94 (munozara) 18:12, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Qarshiman. Hamji YMga tortadi. YMga nomzod qilinishi kerak. Salazarov 02:38, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu aleykum avvalambor maqolani koʻrib chiqqaningiz uchun tashakkur. Aynan biror joyda berilganmi TM statusli maqola qancha hajmda boʻlishi kerakligi? Oldingi safar ham ushbu maqolani statusli maqolaga nomzod qilib koʻrsatganimda maqolani qayta koʻrib chiqib aynan TM ga qoʻyish kerakligi aytilgandi. Mrjavokh1r (munozara) 07:24, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Mrjavokh1r; Yaqinda TM olgan maqolalar bilan hajmini solishtirib koʻring. Salazarov 15:29, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Fikrimcha bunday mavzularda hajm jihatidan farqi yoʻq. Asosiysi maqolaning mavzusi maksimal darajada ochib berilsa shuning oʻzi yetarli boʻladi. EnWikida qanday boʻlsa kamchiliklarsiz tarjima qilinsa shuning oʻzi ham katta gap. — Kagansky munozara 13:14, 25-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman, sababi, maqola "Tanlangan maqola" statusiga koʻrsatilar ekan, unda odatdagi oddiy maqolalardan koʻzga tashlanadigan xatoliklar boʻlmasligi kerak. Mazkur maqolada esa ham uslubiy, ham imloviy xatoliklar yetarlicha. Misol uchun, nomlar sanalarkan qoʻshtirnoqqa olinmagan, tavtologiyalar koʻp, tarjima jarayonida gʻalizliklar yetarlicha. TM statusiga mos emas. Kamol Azzam (munozara) 13:05, 3-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman — Yuqoridagi fikrlarim eʼtiborsiz qoldirilgan. Maqola gʻalizliklari saqlanib qolgan. Uni qayta tahrirlab soʻng statusga qoʻyish kerak. PanPanChik #yozish 17:19, 3-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Yuqoridagi fikrlarga keltirilgan xatolar hammasi toʻgʻirlangan edim. Faqat bu yerda javob yozolmagandim. Mrjavokh1r (munozara) 17:56, 3-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi — maqola matni juda achinarli ahvolda, oʻzbek tili qoidalariga mos holda yozilmagan. Hozirgi holatida hech bir statusga mos emas. Jamshid Nurqul (munozara) 19:16, 3-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Salah Hamraev (munozara) 08:14, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Mazkur maqola "Sharq Napaleoni" laqabini olgan Ibrohimbek Laqay hayoti va faoliyati haqida boʻlib, unda ushbu shaxsning sovet hukumatiga qarshi olib borgan ozodlik harakati haqida maʼlumot aks ettirilgan. Shunga koʻra, ushbu maqolaga „tanlangan“ unvonini berish kerak. Salah Hamraev (munozara) 08:14, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Qarshiman. Maqolani 0 dan qayta koʻrib chiqish kerak. Hatto vikifikator qilinmagan. Muzaffar Murodovichmunozara 09:29, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman.Gʻaliz jumlalar bor va VP:IVG Vikiqoidalarni 5.2 band bilan tanishib chiqing. Abdufattohov Ibrohimjon () 10:15, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi. Status kriteriylariga 200% noloyiq maqolalarning natijasini chiqarilishini 14 kun kutib oʻtirmaymiz. TM statusiga loyiq holatga kelishi uchun maqola ustida aaanchagina ter toʻkish kerak boʻladi. Hozircha status uchun kamchiliklari haddan oshiq koʻp. — Kagansky munozara 19:36, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Diwikiped (munozara) 16:46, 6-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum! Ushbu maqola dunyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biri Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh)ning iqtisodiyoti haqida. Maqolani inglizcha vikipediyadan tarjima qildim, u shu paytgacha jami 7 228 833 marta va kunlik oʻrtacha 2 470 marta koʻrilgan. Maqola juda katta hajmga ega, ishonchli manbalar yetarlicha va mavzusi dolzarb. Iqtisodiyot yoʻnalishida oʻqiganim uchun shu yoʻnalishga oid maqolani tanlab, TM statusiga nomzodlikka qoʻydim. Maqola uzoq vaqt davomida tarjima qilingani, hajmi kattaligi sababli xato va kamchiliklar boʻlishi tabiiy. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov, Boboyev1996, ShohjahonSobirov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, Kamol Azzam, Finikchik, Visola Tangirova, Ikromova Guli va boshqa tajribali vikipediyachilar iltimos ushbu maqolani TM statusiga loyiq boʻladigan darajaga yetishida yordamingizni hamda fikrlaringizni ayamanglar. Maqola haqidagi mulohazalaringizni maqolaning munozara sahifasida yoki shu yerda qoldirishingizni soʻrayman. Diwikiped (munozara) 16:46, 6-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi Muzaffar Murodovich Kamchiliklar haqida xabar berganingiz uchun rahmat. Faqat Nyu York emas boshqa Nyu soʻzi bilan boshlanuvchi shtat nomlari ham chiziqcha bilan qolgan ekan. Ularni ham va boshqa keltirib oʻtilgan xatolarni ham toʻgʻriladim.Diwikiped (munozara) 12:28, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi Mahmud Hamrayev fikr bildirganingiz uchun rahmat, tuzatildi.

Koʻplab xatboshilar manbalar bilan tasdiqlanmagan. Matnni oʻqish jarayonida muhim iddaolarda ham manbalar mavjud emasligini koʻrish mumkin. Matn hajmi kattaligi sababli imloviy xatolar ham qolib ketgani koʻzga tashlanmoqda. Sahifa yakunida keltirilgan grafik jadvallarning ham koʻpchiligida manbalar koʻrsatilmagan. Yoki iddaolarni matndan chiqarish kerak, yoki nufuzli manbalar orqali tasdiqlash kerak deb hisoblayman. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:52, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi Laziz aka fikringiz uchun rahmat. Grafik jadvallar va manbasiz qolgan xatboshilar/iddaolarga manba qoʻshib chiqdim. Diwikiped (munozara) 16:42, 10-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshimcha fikrlar

[manbasini tahrirlash]

Avvalo ajoyib maqola yaratganligingiz bilan tabriklayman. Lekin maqolada bir necha xatboshilar manba bilan tasdiqlanmagan. Statusli maqolalar qoidalariga koʻra har bir xatboshi manba bilan tasdiqlanishi darkor. Xatboshilar uchun kerakli manbalarni topib kiritishingiz soʻragan boʻlar edim!

Shuningdek ayrim jumlalaringiz mutaxassis boʻlmagan oddiy oʻquvchi uchun tushunarsiz, ayrim imlo xatoliklari ham uchrab turibdi. Maqoladagi ayrim tarjimalarni aynan oʻzbek tushunadigan sodda tilda yozishingizni maslahat bergan boʻlar edim. PanPanChik #yozish 03:59, 11-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi Panpanchik Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat. Maqolani yana boshidan oxirigacha oʻqib tahrirlab chiqdim, qolib ketgan imloviy xatolarni toʻgʻriladim va har bir xatboshiga manba qoʻshib chiqdim. Ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman.

„Moliya“ boʻlimida „Aktivlari qiymati boʻyicha AQShning eng yaxshi oʻnta banki“ roʻyxati keltirilgan joyda jadval boʻlishi kerak boʻlgan, menimcha. Lekin qaysidir kod yetishmayotgani tufayli jadval ishlamay qolganga oʻxshayapti. Jamshid Nurqul (munozara) 21:22, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi Katta rahmat)
  1.  Roziman — Axadjon1 (munozara) 17:46, 6-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — avvalambor bunday dolzarb mavzuda maqola yaratganingiz sababli sizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Va, ayniqsa, maqolaga sarflangan mehnatingiz tahsinga sazovor. Chunonchi, ingliz tilida ushbu maqola hajmi hozirda 271 936 baytni tashkil etadi ekan. Oʻzbek tilida esa bu koʻrsatkich 310 169 baytni tashkil etmoqda. Ustiga-ustak maqoladagi manbalar ingliz tilida 476 ta, oʻzbek tilidagisida esa 486 taga yetkazilibdi. Keyingi faoliyatingizga omad, yoqimli tahrirlar! Alpasli (munozara) 09:08, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman — mashaqqatli mehnat uchun! Abdufattohov Ibrohimjon () 10:06, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  RozimanDMahmudova (munozara) 06:02, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  RozimanNodirbek Abdumalikov (munozara) 14:19, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  RozimanMsindarov07 (munozara) 17:26, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  RozimanMrShaxas #Munozaracha 16:42, 9-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  8.  RozimanMuxriddin Azimov (munozara) 18:26, 13-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  9.  RozimanMahmud Hamrayev (munozara) 06:35, 15-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman — Ajoyib maqola uchun muallifga tashakkurlar. ANJANIY!!#suhbat 07:53, 15-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman. Bunday bahaybat maqolani ajoyib tarzda tarjima qilib yaratgan nominatorning sabriga qoyil lekin. ;) — Kagansky munozara 20:38, 17-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi — ajoyib maqola uchun muallifga tashakkurlar, davomli boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 20:49, 17-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Hasan Alimov (munozara) 01:45, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Mazkur maqolani hozirgi kunda Rossiya hududida yuz berayotgan siyosiy jarayonlarni inobatga olgan holda dolzarb ahamiyatga ega shaxsiyat haqida deb hisobladim va ruscha vikipediyadan tarjima qildim. Maqola bilan tanishib chiqib, mavjud xato va kamchiliklarni „Fikrlar“ boʻlimida yozib qoldiring. Ularni imkon qadar tuzatishga harakat qilaman. Va albatta ovoz berish jarayonida ham faol ishtirok etishingizni soʻrayman. Hasan Alimov (munozara) 01:45, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

  1. Vagner guruhi sarlavhasidan yuqorida ( reestriga ) degan so'z aslida (reystriga) emasmi? Sababi ba'zi saytlarda reyestr kelgan ekan. --MrShaxas #Munozaracha 02:00, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Shu soʻzni yozishda men ham ikkilandim. Mana bu sayt ning bitta sahifasida 2 xil yozilgan. Hasan Alimov (munozara) 02:39, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  2. Baʼzi soʻzlarda ichki vikihavolalar va qoʻshimcha alohida yozilgan. Shularni tuzatib chiqish kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:28, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi. Hasan Alimov (munozara) 20:26, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  3. Agar-da emas agarda.
  4. Concord Management and Consulting. Bu shu kompaniyaning nomi emas, yaʼni atoqli ot emas. Shu sababli, menimcha, Concord Menejment va Konsaltingga oʻzgartirilishi kerak.
  5. Nuqtadan keyin gap katta harf bilan boshlanadi (kelib chiqishi boʻlimida).
  6. Chiziqcha bilan bogʻliq xatoliklarni toʻgʻirlash kerak (Tadbirkorlik faoliyati boʻlimida).
  7. Qoʻshitrnoq bilan bogʻliq xatoliklarni tuzatish kerak.
  8. Snoskalar joy tashlanmasdan qoʻyiladi ([1] [2]).
  9. Yandeks yoki yandex?
  10. Turar joy yoki turar-joy? Vikipediyada turar joy, turar joy daxlsizligi kabi maqolalarda turar joy sifatida ishlatilgan ekan.
  11. Bilgiqutidagi mukofotlari boʻlimiga ruscha Vikipediyadagi shu mavzudagi maqoladagidek mukofotlarni andozalar bilan qoʻysa yanada yaxshi boʻlar edi.

Shu va boshqa (qidirsa yana topish mumkinligiga ishonchim komil) xatoliklarning barchasini bartaraf etmas ekansiz, men bu maqolaga status berilishiga qarshiman. ANJANIY!!#suhbat 08:34, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi. 3,5,6,7,8,9,10-kamchiliklar tuzatildi.
4. Menimcha, translit qilinmaydi.
11. Bu mukofotlarning andozalari yaratilmagan ekan.
Qayta oʻqib chiqib, oʻz fikringizni qayta bildirsangiz boʻladi. Hasan Alimov (munozara) 20:40, 29-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
11. Yaratilmagan boʻlsa, oʻzingiz yarating. ANJANIY!!#suhbat 04:37, 30-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi. Mukofotlar andozalarini yaratib, bilgiqutiga joylashtirdim. Hasan Alimov (munozara) 16:39, 30-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Hasan Alimov; Maktablarga sifatsiz mahsulotlar yetkazib berish bilan bogʻliq ayblov bo'limchasidagi so'nggi paragraph manba bilan tasdiqlanmay qolibdi. Mustaqil izlanib manba topishingiz kerak, shekilli. Salazarov 22:14, 30-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi. Manba topib, maqolaga kiritib qoʻydim. Hasan Alimov (munozara) 05:17, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Hasan Alimov, haligacha imloviy xatoliklar mavjud. Qaytadan eʼtibor bilan tekshirib chiqishni maslahat beraman. ANJANIY!!#suhbat 14:01, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Xoʻp. Yana qayta oʻqib chiqyapman. Siz aytgandek kichik-kichik xatolar saqlanib qolgan ekan. Ogohlantirganingiz uchun rahmat. Tekshirib chiqib, sizga xabar beraman bu haqda. Hasan Alimov (munozara) 19:45, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Maqolani qayta o'qib, imloviy va uslubiy xatolarni bartaraf etdim imkon qadar. Qayta oʻqib chiqib, oʻz fikringizni bildirsangiz boʻladi. Hasan Alimov (munozara) 10:43, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
11.1. Mukofotlar qismi haqida: agar biror mukofotga aloqador maqola hali yaratilmagan boʻlsa, sichqoncha etilganida shu mukofotning nomi koʻrinadigan qilingani yaxshi. Masalan, Sharof Rashidov maqolasida hali maqolasi yaratilmagan mukofotning ustiga sichqoncha etilsa, tushunarsiz havola emas, mukofot nomi koʻrinadi, siz ham shunday qilsangiz maqsadga muvofiq boʻlardi. Jamshid Nurqul (munozara) 11:31, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi. Siz aytgandek qilib tahrirladim: maqolasi mavjud boʻlmagan mukofot ustiga sichqoncha olib borilsa, mukofot nomi koʻrinadi. Hasan Alimov (munozara) 13:08, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Qo'shimcha fikrlar

[manbasini tahrirlash]

Salom ayrim tushunarsiz qismlar haqida to'xtalib o'tsam:

  1. ...kimyo va farmatsevtika institutini ayni mutaxassislik boʻyicha tamomlagan ayni qaysi? Bu so'zda nima nazarda tutilgan jumlani ochiqlash kerak
  2. ...savdosi tarmog'ini tashkil etadi... bu jumlada vikifikator ishlamay qolganmi? Savsodi tarmog'i so'zi juda g'aliz emasmi? Savdo tarmog'i bo'lmaydimi?
  3. dastlabki million dollarini ishlab topgan Bu jumlaga ham biroz aniqlik yetishmaydi. Bu Prigojinning ilk million dollarimi yoki ayni restoran hisobiga topilgan dollarmi?
  4. ...restoranida Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Jak Shirak birgalikda... bu jumlani qisqartirib va larini kamaytirish kerak. Shusiz ham 300ga yaqin va so'zi ishlatilgan. O'quvchiga zerikarli emasmi?
  5. 2002-yil may oyida Vladimir Putin Jorj Bushni qabul qildi. 2003-yil kuzida Putin tugʻilgan kunini kemada nishonladi Bu gaplarning maqolaga aloqasini snoskani ochmasdan qanday bilish mumkin?

Hullas shu singari hatoliklar mavjud. Hali ham o'z fikrimda qolaman maqolani qayta tahrirlab uni YM yoki Xm ga qayta nomzod qilish kerak. Komrontoy (munozara) 15:35, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

1.  Bajarildi. Jumlaga aniqlik kiritildi.
2.  Bajarildi. Maqola to'liq qayta vikifikatorlab chiqildi.
3. Siz aytgan jumladan sal oldinroq ...(Sankt-Peterburgda) „Staraya tamojnya“ nomli elita restoranini ochgan. Investitsiya qilingan 350 000 dollar besh oy ichida o‘zini oqlaydi... jumlasi bor va shu jumlani o'qigandan so'ng million dollar qayerdan kelganini tushunish qiyin emas. E'tirozingiz haqsiz!!!
4.  Bajarildi. Jumla soddalashtirildi. Lekin maqolada 300ga yaqin va so'zi ishlatilmagan. CTRL+F bilan qidiruv berilganda natijalar qatorida yanvar, vazirligi, Vagner, vaqt kabi so'zlar ham chiqadi tarkibida "va" bo'lgani uchun. Ma'lumotlaringiz aniqligiga e'tibor bering.
5.  Bajarildi. Jumlalarga aniqlik kiritildi.
Maqolani qayta oʻqib chiqib, oʻz fikringizni qayta bildirsangiz boʻladi. Hasan Alimov (munozara) 10:41, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman. — Maqola hajm jihatdan TMga mos. Har bir paragraf manbalar bilan tasdiqlangan. Nominatorga omad tilayman! Salazarov 09:42, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  RozimanMrShaxas #Munozaracha 13:02, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  RozimanXasanboy off (munozara) 08:12, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Qarshiman Maqola TM statusi darajasida katta hajmga ega emas. Muallifga uni XM yoki boyitib YM statusiga qoʻyishni tavsiya qilaman. Komrontoy (munozara) 06:00, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Mening shaxsiy fikrimga koʻra siz nima uchun qarshiligingizni aniq tushunturmagansiz oʻzi u bu narsani bilasizmi koʻchadagi savodsizlar ham sizdan yaxshi fikrlaydiku agar qattiq yozgan boʻlsam uzr oldindan. Bilimni oshirib keling. 213.230.86.23 19:46, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Salom, avvalo qarshi fikrlarni qabul qilishni organing. Keyin, men Vikipediyani qay darajada bilsaam ham fikr yozishda IP adresimdan yozib tashlaydigan darajada „aqlli“ emasman. Maqola shu vaqtga qaday TM olgan maqolalar darajasida emas. Arxivdagi va hatto bosh sahifadagi maqola ham sizning maqolangizdan 3-4 barobar katta. Lekin agar rosmana xatoliklarini ham koʻrsatishimni istasangiz fikrlar boʻlimida ham yozib qoldiraman. Komrontoy (munozara) 15:25, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu alaykum, hurmatli foydalanuvchi. Avvalo, yuqoridagi IP manzil menga tegishli ekanini qayerdan bilasiz??? Yoki men bilmaydigan qandaydir huquq bormi sizda? Administratormisiz, rasmiyatchimisiz? Isbotsiz gapirmaslikni qatʼiyan talab qilaman. Ayniqsa, bu gaplar meni shaxsiyatim haqida boʻlsa. Isbotlay olsangiz marhamat, masalani birorta administrator munozarasida mavzu sifatida qoldiring. Agar isbotlay olmasangiz tuxmatingiz uchun uyalib qolishingiz mumkinligini ham hisobga oling. Shu paytgacha yozga har bir xabarimni imzolaganman. IP orqasiga berkinib siz aytgandek „aqlli“lik qilmaganman.
    Boshqa birov aytgan fikrdan kelib chiqib meni qarshi fikr koʻtarolmaslikda ayblagannamo izoh beribsiz. Qachondan beri statusga nomzod maqola mualliflari ovozlarga nisbatan bildiriladigan fikrlarga mas’uliyatni ham oʻz boʻyniga oladigan boʻldi? Shu haqida bilmoqchi edim. Agar men qarshi fikrni koʻtara olmaganimda faqat sizning manashu tuxmatingiz kabi fikrlarga emas, oʻrinli tanqidlarga ham eʼtiroz bildirgan boʻlardim. Shunday emasmi?
    Kamchiliklar masalasiga keladigan boʻlsak, ular ustida ishlayman albatta. Siz aytgan kamchiliklar boʻyicha birma-bir koʻrib chiqaman.
    Maqola tahrirlanishni davom etadi. Hasan Alimov (munozara) 19:40, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Maqolani tanlangan statusigacha ishlash kerak. Buning uchun kamchiliklari talaygina. Bu yer retsenziyalash sahifasi emas. Aksincha, tayyor yoki kamchiligi koʻp boʻlmagan maqolani statusga nomzod qilinadigan sahifadir! — Kagansky munozara 20:41, 7-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman. Maqolani tanlangan statusigacha ishlash kerak. — Artemev Nikolay (munozara) 18:49, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Maqola ustida ishlab, aytib oʻtilgan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka koʻrsatish mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:37, 12-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): PanPanChik #yozish 17:07, 13-May 2023 (UTC)[javob berish]

Mazkur maqola ingliz Vikipediyasida „Tanlangan maqola“ statusini olgan. Eng koʻp muhokamalarga sabab boʻlgan. Top-25 maqola sifatida etirof etilgan. Sababi maqola oʻz davrida eng koʻp koʻrilgan. Mazkur tur bunday statusga yetishishining sababi qizil pandalar noyob tur vakili hisoblanib, bugungi kunda „IUCN qizil roʻyxati“ga kiritilgan. Bu turni saqlab qolish va jamoatchilik eʼtiborini mazkur jonivorga qaratish maqsadida yaratilgan maqola, enwikida juda goʻzal tarzda yaratilgan. Uni imkon doirasida yaratdim va tahrirladim. Maqolada tahrir qilinishi lozim boʻlgan qismlari va men koʻrmay qolgan joylar boʻlishi tabiiy. Sababi asl maqola 2002-yildan buyon 2798 tahrirchi tomonidan tahrirlangan. Maqolaning doimiy kuzatuvchilari 425 nafarni, umumiy koʻrishlar soni esa 114678 tani tashkil etadi, maqola hozirga qadar ham yangiliklar bilan boyitilib kelmoqda. Hurmatli Vikipediya ahli Nataev, Kagansky, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Boboyev1996, Laziz Baxtiyorov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov va boshqalar iltimos mazkur maqolani shu statusga yetishida uning qoidalarga xos tarzda toʻliq tayyorlanishiga yordam bering, hamda ovoz berishda ishtirok eting. Ehtimolki, bu jonivorlar Oʻzbekiston hududida uchramas, lekin ular haqida oʻzbeklar ham kengroq maʼlumot olishlarini istagan boʻlar edim. Fikrlaringizni shu yerda yoki maqolaning munozara sahifasida qoldirishingiz mumkin. Fikr va takliflaringizni kutib qolaman PanPanChik #yozish 17:07, 13-May 2023 (UTC)[javob berish]

Panpanchik; TM uchun ichki havolalar qizarib turmasligi shart degan qoida bor yo'qligidan xabarim yo'qku-ya, lekin, hech bo'lmaganda turkumlarni yaratib tillarga ulab chiqish kerak. Status olishga nomzod maqolalar Vikipediyadagi eng zo'r va o'rnak bo'lishi kerak bo'lgan maqolalardir. Salazarov (suhbat) 20:00, 17-May 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi PanPanChik #yozish 16:16, 18-May 2023 (UTC)[javob berish]
Panpanchik; Havolalar bo'limidagi bir qancha andozalar ishlayapti ekan. Sozlamoq kerak. Salazarov (suhbat) 18:33, 18-May 2023 (UTC)[javob berish]
Maqola uchun ayni andoza yaratib chiqish majburiy emas. Lekin imkonim bo'lishi bilan taxonbar andozasini yaratib qo'yaman PanPanChik #yozish 12:32, 19-May 2023 (UTC)[javob berish]
Maqolada ishlatilgan, biroq mavjud boʻlmagan andozani yo yaratish, yo maqoladan olib tashlash kerak. Bundan tashqari, maqoladagi Ijtimoiy boʻshliq nomli boʻlim juda gʻaliz tarjima qilingan.
Malikxan munozara 22:37, 19-May 2023 (UTC)[javob berish]
Tushunarli, yaqin 3kun davomida aytilgan xatoliklar bartaraf etiladi PanPanChik #yozish 02:43, 23-May 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman — Mavzu keng yoritib berilgan, ishorat va manbalari joyiga qoʻyilgan — Umarjon Rahimov (munozara) 11:22, 28-May 2023 (UTC).[javob berish]
  2.  Roziman — MirzoUlug'Bek 14:00, 28-May 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman — Hilol (munozara) 15:15, 29-may 2023 (UTC).
  4.  Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 19:29, 30-May 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Shedevralno! Muallifining anchagina sayqalidan oʻtgan ajoyib maqola boʻlibdi. TM kriteriylariga toʻliq mos keladi. — Kagansky munozara 05:19, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  RozimanMuzaffar Murodovichmunozara 05:22, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  RozimanDivergent08munozara 05:22, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman. Men rozi! MrShaxas #Munozaracha 07:10, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman. — Visola Tangirova(menga yozish!) 15:10, 6-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman — Katta va mashaqqatli mehnat uchun! Salazarov 20:31, 6-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman — ana endi — bir qancha tuzatishlardan keyin maqola status olishga loyiq boʻldi deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:52, 8-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi. Nataev munozara 03:43, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Lazizbek

Arab xalifaligining Abbosiylar sulolasi davrida hukmronlik qilgan shaxs haqidagi maqolani EnWikidan tarjima qilib, tanlangan maqola talablariga javob bera olishiga ishonch hosil qilganim uchun nomzod sifatida koʻrsatmoqdaman. Marhamat qilib, maqola bilan tanishgach, fikrlaringizni bildirsangiz goʻzal ish boʻlar edi. Lazizbek95 (munozara) 06:46, 24-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Roziman Mrshaxas (munozara) 07:43, 24-Mart 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. TM kriteriylariga javob beradi. Katta kamchilik koʻrmadim. Snoskalari ham ideal tarzda ishlayapti. Ajoyib maqola uchun tashakkur! — Kagansky (munozarasi) 17:31, 28-Mart 2023 (UTC)[javob berish]
  1.  Betarafman — Maqola chiroyli va ayni ensiklopedik usulda yozilgan. Ammo lekin biroq ismlar kelishilgan konsensus qoidalariga koʻra asl tilida emas transkripsiya qilib yozish tavsiya etilmaydi. Maqolada baxtga qarshi ana shu usulda ismlar yozilgan va kamiga havola ham shu holda berilgan.

Ayrimlarini tahrirladim lekin tahrirga muhtojlari va meni sanamaganlarim ham yana topiladi. Shu kamchiliklar bartaraf etilsa, maqola mazkur statusni olishga loyiq boʻladi. PanPanChik #yozish 05:52, 25-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

Salom, qiziqishingiz uchun rahmat. Maqolani tarjima qilish jarayonida baʼzi kamchiliklar kuzatiladi albatta. Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etildi. Oxirida keltirilgan shaxs va sizning taxminingiz aynan bir shaxs ekanligi tasdiqlandi. Shu sabab Wikidataga ham ulab qoʻydim. Nomning uzunligi sababi EnWikida aynan shunaqa uzun nomdan foydalanilgani edi. Yana bir bor rahmat. Lazizbek95 (munozara) 13:52, 25-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

2.  Betarafman — Maqola hajmi TMga to’g’ri kelmaydiganday tuyilyapti menga, YMga mos tushsa kerak :) Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 20:30, 6-Aprel 2023 (UTC)[javob berish]

2ta rozi 2ta betaraf. Qarshilar yoʻq.  Bajarildi. Umarjon Rahimov (munozara) 02:39, 9-Aprel 2023 (UTC).[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 12:02, 8-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

Bu maqola turizmga oid boʻlib, Indoneziyaning turizmi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Boshqa Wikipedia aʼzolari ham keng qamrovda oʻqishlari uchun „Tanlangan maqola“ statusiga nomzod maqola sifatida beraman. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 12:02, 8-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

Bitta maqola ham TM, ham YM uchun nomzod qilib qoʻyilibdi. Mirfayzbekabdullayev., siz ikkala nomzodga nominator sifatida bittasining (yoki TM, yoki YM) nominatsiyasini yopishni tanlang. Bu maqolani yo TM uchun, yoki YM uchun nomzod qiling, bir vaqtning oʻzida ikkala statusni ham ololmaydi, ovoz beruvchilarni chalgʻitmaslik maqsadida bitta nomzodlikni muddatidan avval yopishimiz kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 14:53, 10-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

 Roziman 213.230.87.129 16:12, 8-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi. Nominator nomzodlikka boʻlgan qiziqishini yoʻqotdi. — Kagansky (munozarasi) 08:26, 23-Mart 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Sabina Ibrohimovna (munozara) 10:15, 18-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

Xayrli kun. Ushbu maqola bugungi kunda huquqlari cheklanib borayotgan Afg‘onistondagi xotin-qizlar hamda afg‘on ayollarining ijtimoiy ahvoli, tarixi, oʻtmishdagi va hozirgi nufuzi haqida ma'lumot beradi. Oʻylaymanki, qoʻshni mamlakatdagi xotin-qizlar huquqlari va ularning ijtimoiy ahvoli haqidagi mazkur maqola barcha uchun foydali boʻladi. Mazkur maqola yana 26 tildagi Vikipediyalarda mavjud. Sabina Ibrohimovna (munozara) 10:15, 18-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Roziman - oʻta dolzarb mavzu koʻtarilgani uchun Alpasli (munozara) 11:06, 18-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
Alohida e'tibor bilan o‘qib chiqqaningiz uchun tashakkur. Agar mumkin bo‘lsa, g‘alizliklarni ko‘rsatib, ularni to‘g‘rilashimga yordam bersangiz, minnatdor bo‘lardim. Sabina Ibrohimovna (munozara) 10:34, 18-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi. Maqola YM statusiga nomzod qilinadi. Umarjon Rahimov (munozara) 08:03, 19-Yanvar 2023 (UTC).[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Jahongir Boboyev Mirsodiqovcih (munozara) 06:59, 18-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

Assalom aleykum. Men Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureatlarining 1900-yildan 2022-yilgacha bo'lgan ro'yhati keltirilgan maqolani tarjima qildim. Bu maqola Wikipedia ochiq ensiklopediyasining 39 ta tilida mavjud. Maqolani ko'rib chiqishingizni so'rayman. Jahongir Boboyev Mirsodiqovcih (munozara) 06:59, 18-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi. Tanlangan roʻyxatga nomzod qilindi. — Kagansky (munozarasi) 15:23, 19-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Akhrorbeak (munozara) 17:44, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Bu yerda maqola qisqacha nima haqida ekanligini va nima uchun unga „tanlangan“ unvonini berish kerakligini bayon eting. Akhrorbeak (munozara) 17:44, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

  1.  Qarshiman. Maqola ustida hali ancha ishlash kerak. Ibrohimjon 17:50, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Maqolada avtomat tarjima belgilari hamda nuqsonlari juda koʻp asosan sananlar oldida, ` va ʻ ishlatilishida boshida hatto tillarga ishorat ham mavjud emas edi, eslatmalar emas manbalar, " Amadeus " qoʻshtirnoq qoʻllash bilan xatoliklar. Nazrimda shunchaki oʻyin qilib nomzod qilib koʻrsatgan shekilli. MrShaxas #Munozaracha 18:03, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarilmadi — maynabozchilik uchun yaratilgan, mashina tarjimasidan iborat boʻlgan maqola hech qanaqasiga status ololmaydi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:30, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.