↓ | Iltimos, yangi mavzularni sahifa pastidan qoʻshing. |
![]() |
"Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi" yulduzi | |
Hurmatli Panpanchik, Vikipediyada amalga oshirayotgan salmoqli ishlaringiz uchun tashakkur aytgan holda, sizni oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yillik yubileyi bilan tabriklayman va sizga ushbu „Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ esdalik yulduzini taqdim etaman. Vikipediyani rivojlantirish yoʻlida charchamang! Yoqimli tahrirlar!
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 13:56, 22-Yanvar 2024 (UTC) |
Salom, Panpanchik, meni IP chetlashtirishdan mustasno foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman. Sababi men asosan browserga VPN orqali kiraman va bu mening tahrirlashimda xatolik chiqishiga sabab boʻlmoqda. Men ishlatayotgan IP manzillar allaqachon bloklangan. MrShaxas #Munozaracha 07:35, 23-Yanvar 2024 (UTC)
Hurmatli Panpanchik! Siz tomoningizdan oʻchirilgan Andoza:Userbox/Tarix sahifasi foydalanuvchilar oʻz sahifasida qiziqishlari haqida maʼlumot berish uchun joylashtiruvchi „userbox“ hisoblanadi va u haqorat qiluvchi, kamsituvchi yoki gʻarazli ifodaga ega emas. Ushbu oʻchirish qaydini ortga qaytarishingizni soʻrayman. Kamol Azzam (munozara) 12:02, 15-Mart 2024 (UTC)
Salom, hurmatli foydalanuvchi! Sizni oʻzbek tilidagi kishi ismlari yozilishi boʻyicha boʻlib oʻtayotgan forumda oʻz fikr va ovozingiz bilan ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Munozara sahifasi bu yerda. Salazarov(gaplashuvuza?) 07:19, 8-Aprel 2024 (UTC)
![]() |
„Orden yaratuvchi“ ordeni | |
Oʻzbekcha Vikipediyada yangi ordenlar yaratishdagi jonbozliklaringiz uchun ushbu orden uchun sizni munosib deb bildim. Kelgusida ham Oʻzbekcha Vikipediya rivojida xizmat qilishdan toʻxtamang. Yoqimli tahrirlar!!! — Axadjon1 (munozara) 12:12, 14-Aprel 2024 (UTC) |
![]() |
„Namunali shogird“ ordeni | |
Vikipediyaga yangi kelib, bir necha malakali foydalanuvchilardan olgan saboqlar orqali yaxshi vikipediyachi boʻlib yetishganingiz uchun ushbu orden bilan taqdirlanasiz. Khasan azim1 (munozara) 08:38, 24-Aprel 2024 (UTC) |
Salom, Panpanchik. Marafon boʻyicha roʻyxatdan oʻtish jadvalida oʻzgarish boʻlgani sababli, jamoangiz jadvalini Namuna asosida yangilab qoʻyishingizni tavsiya qilaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:37, 30-Aprel 2024 (UTC)
Xayrli kun, Panpanchik, meni IP chetlashtirishdan mustasno foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman. Sababi men foydalanayotgan IP manzil proxy dan foydalanadi va bu mening ham bloklanishimga sabab boʻldi va hozir IP manzilim blokda. Devona Jovliyev (munozara) 10:27, 6-Iyul 2024 (UTC)
Yaxshi maqola statusiga nomzod | Xorvatiya televideniyesi
| |
Iltimos maqolani tahrilashda Vikifikator tugmasini bosishga eʼtiborli boʻling. Ayrim rasmlar vikifikator qilingach ishlamay qolishi mumkin. |