Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov (qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов, 1951-yil 20-may, Toshkent viloyati) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (2001—2006-yillarda va 2016-yildan hozirgi kunga qadar). Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (2010—2016 va 2018—2022-yillarda), Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri (2022-yildan 2023-yilgacha), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2005—2010-yillarda va 2020-yildan)[2].
Tursinxon Xudayberganov 1951-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. Millati – qozoq.
1969—1973-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, 1980—1982-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.
1968—1969-yillarda Chinoz tumanidagi 20-oʻrta maktab direktori oʻrinbosari.
1973—1980-yillarda Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlinmasi inspektori, boʻlinma boshligʻi.
1982—1987-yillarda Boʻka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.
1987—1989-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi.
1989—1991-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1991—1997-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
1997—2001-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi.
2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.
2006-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2006—2010-yillarda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2010—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2016-yil 20-dekabrdan 2023-yil 20-avgustgacha Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.
2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifalarida faoliyat olib borgan.
2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.
2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri[3].
2023-yil 20-avgustda Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.
1997-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[4]
2020-yilda Qozogʻistonning 2-darajali „Doʻstiq“ ordeni berilgan[5].
2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan[6]
Oʻgʻli Xudayberganov Artik Tursinxanovich, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari[7][8].