Ibrokhim Abdurakhmonov | |
---|---|
Ibrokhim Yulchiyevich Abdurakhmonov | |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri | |
Mansab davri 2023-yil 25-oktyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Aziz Voitov |
1-Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 30-dekabr – 2023-yil 25-oktyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Odil Abdurahmonov |
1-Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 29-noyabr – 2022-yil 30-dekabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | lavozim tugatilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-fevral 1975-yil Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Taʼlim |
Oʻzbekiston milliy universiteti Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universiteti |
Ilmiy unvoni | Akademik |
Ibrokhim Yulchiyevich Abdurakhmonov (1975-yil 19-fevral, Gʻovasoy, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi va olim[1]. 2012-yilda Oʻzbekiston genomika va bioinformatika markaziga asos solgan. Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2010-yilda TWAS va ICAC mukofotlarining sovrindori boʻlgan. 2017 – 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan[2]. 2022-yilda Xitoy xalqaro madaniy almashuvlar markazi (CICEC) hamda Global People oynomasining „Ipak yoʻli doʻstlik elchisi“ unvoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangan[3]. 2023-yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan[4]. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi hamda Jahon Fanlar Akademiyasi aʼzosi[5][6][7].
Ibrokhim Abdurakhmonov 1975-yilning 19-fevralida Namangan viloyati, Chust tumani, Gʻovasoy qishlogʻida tugʻilgan.
1997-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) biotexnologiya fakultetini tugatgan. „Umid“ jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi. 2001-yilda Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universitetini (AQSh) oʻsimliklar seleksiyasi boʻyicha fan magistri darajasini tamomlagan, soʻngra ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun Oʻzbekistonga qaytib kelgan[8].
1997 – 1998-yillarda Genetika va eksperimental oʻsimliklar biologiyasi institutida kichik ilmiy xodim, aspirant boʻlib ishlagan. 2002 – 2012-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklarning eksperimental biologiyasi instituti Genomik texnologiyalar markazi laboratoriyasining loyiha menejeri boʻlgan[9]. 2002 – 2008-yillarda amerikalik olimlar bilan hamkorlikda paxta genomikasi boʻyicha tadqiqotlar bilan shugʻullangan. Bu tadqiqotlar natijasi yuqori sifatli, uzoq pogʻonali, serhosilva ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan gʻoʻzanavlarini olishning gen-nokaut texnologiyasi boʻldi.
2008-yilda molekulyar genetika yoʻnalishi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari doktor iilmiy darajasini olgan. 2011-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi molekulyar genetika va molekulyar biotexnologiya kafedrasi professori unvoni berilgan. Ibrokhim Abdurakhmonov 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, „Oʻzpaxtasanoat“ uyushmasida yangi mustaqil tadqiqot markazi – Genomika va bioinformatika markazini tashkil etish jarayoniga rahbarlik qilgan va keyinchalik ushbu tashkilot rahbari etib tayinlangan. 2016-yilda mazkur markaz Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining eng yirik ilmiy muassasasi hisoblangan[10].
2014-yil 26-oktyabrda Maskat shahrida Ibrokhim Abdurakhmonov Jahon Fanlar Akademiyasining aʼzosi boʻldi[11]. 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2017-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga tayinlangan[1][12][13]. Abdurakhmonov rahbarligida „2019 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi“ va „2022 – 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi“ ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi farmoni bilan Ibrokhim Abdurakhmonov Paxtachilik kengashi raisi etib tayinlandi.
2022-yil oxirida Oʻzbekistonda hukumat tarkibi qayta tuzildi. Prezident farmoni bilan Ibrokhim Abdurakhmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlanadi[14]. 2023-yilning 24-oktyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[15].
Ibrokhim Abdurakhmonov oʻsimliklar genomikasi, germplazma xarakteristikasi, genetik xaritalash, marker seleksiyasi, transgenomika, proteomika va bioinformatika boʻyicha tadqiqotlarga ixtisoslashgan. Abdurakhmonovning bevosita rahbarligida dunyoda birinchi marta „muvozanatsiz bogʻlanish“ usuli yordamida gʻoʻzaning elitanavlarini koʻpaytirishda qoʻllaniladigan markerlar aniqlangan. Oʻzbekistonda yetishtiriladigan gʻoʻzanavlarining molekulyar genetik pasportlari ham yaratilgan.
Ibrokhim Abdurakhmonov Texas universiteti va AQSH Qishloq xoʻjaligi departamentidagi hamkasblari bilan hamkorlikda gʻoʻzagenlarini (RNK interferensiyasini) „oʻchirish“ hamda ushbu texnologiyani amaliyotda qoʻllash texnologiyalarini ishlab chiqdi. Ushbu gen-nokaut texnologiyasi yordamida yuqori sifatli, uzoq pogʻonali, serhosil va ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan gʻoʻzanavlari olindi[16][17][18].
U quyidagi loyihalarga rahbarlik qilgan: „Oʻzbekiston paxta germplazmasi resurslaridan foydalangan holda tola hosildorligi va sifat genlarini molekulyar xaritalash“, „Gʻoʻza fitoxromlari va gullash genlarini xarakterlash va molekulyar xaritalash“, „Fuzarioz vilti kasalligining miqdoriy belgi gen/lokuslarining molekulyar tavsifiva assotsiatsiyasi“ kabi loyihalarga rahbarlik qildi va yaxshilangan gʻoʻza germplazmasini ishlab chiqish" va „Gʻoʻza germplazmasining oʻtnematodasi, fusarium vilti kasalligi gaqarshi potentsial chidamliligini baholash va nomzod gen markerlarini ishlab chiqish“[19].
Professor Abdurakhmonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari va veterinariya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy unvonlar berishni muvofiqlashtiruvchi va attestatsiyadan oʻtkazuvchi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi hisoblanadi. U, shuningdek, Xalqaro paxta genomi tashabbusi (ICGI) va Xalqaro paxta tadqiqot assotsiatsiyasi (ICRA) Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.
Bugungi kunda u oʻsimlikshunoslik boʻyicha bir qancha xalqaro va milliy jurnallarning tahririyat kengashi aʼzosi, masalan, „American Journal of Plant Sciences“, „Plant Genomics“, „Integrated OMICS“, „Technologies of 21st Century“ va boshqalar.
Toshkent agrar universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti talabalari uchun molekulyar genetika, genetik muhandislik, biotexnologiya va inson genetikasi boʻyicha maxsus kurs olib boradi. Oliy oʻquv yurtlarida bakalavriat talabalari ishiga rahbarlik qilgan, bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga maslahatlar bergan.