Laziz Qudratov | |
---|---|
Лазиз Қудратов | |
Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 30-dekabr | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori | |
Mansab davri 2021-yil 18-avgust – 2022-yil 30-dekabr | |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari | |
Mansab davri 2017-yil iyun – 2021-yil 18-avgust | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1981-yil Toshkent shahri |
Maʼlumoti | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Hosei universiteti (Yaponiya) |
Laziz Qudratov — Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri.[1] Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari,[2][3][4] Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori.[5][6] Toshkent davlat sharqshunoslik universtitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.
1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.[7]
Laziz Qudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisining Birinchi o‘rinbosari etib saylandi.[3] Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.[8] 2019-yilning yanvarida qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashni boshladi.[3]
Avvalgi birinchi o‘rinbosar Sunnatulla Bekenov oldinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangandi.[9] Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Qudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi.[10] Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Qudratov konferensiyada nutq soʻzladi.[11][12]
2022-yilning 2-avgust kunida Qudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi.[13] U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.[14]