Humaza surasi — سورة الهمزة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Bo‘htonchi[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 601[4] | ||||||||||||
Juz | 30 | ||||||||||||
Sura raqami | 104 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 9 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 32[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Humaza surasi (arabcha: سورة الهمزة, nomining maʼnosi — Bo‘htonchi[8][9]) — Qurʼonning 104-surasi. Makkiy suralardan biri, 9 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 601[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 32-boʻlib nozil boʻlgan.
Humaza — birovning ortidan imo ishoralar bilan gʻiybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka oʻta berilib, faqat boylikka suyanuvchi, oʻzgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib, ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Kishilar ortidan) gʻiybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy!
2. Qaysiki, u mol-dunyoni yigʻib, uni sanagani-sanagan
3. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb oʻylab yurgan kimsadir.
4. Yoʻq! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur!
5. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?!
6.(U) yoqib qoʻyilgan Allohning bir olovidirki,
7. (u badanlarni teshib oʻtib) yuraklarga qadar yetur.
8. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir.
9. (Oʻzlari) uzun ustunlarda (zanjirband) boʻlurlar.
((citation))
: External link in |title=
(yordam)
Keyingisi: Fil surasi | 104-sura — arabcha matni | Oldingisi: Asr surasi |