Furqon surasi — سورة الفرقان | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | haq bilan nohaqni ajratib berguvchi [1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 359–366[4] | ||||||||||||
Juz | 18-19 | ||||||||||||
Sura raqami | 25 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 77 | ||||||||||||
Sajda oyati | 60-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 6[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[7] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 42[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Furqon surasi (arabcha: سورة الفرقان, nomining maʼnosi — haq bilan nohaqni ajratib berguvchi [9][10]) — Qurʼonning 25-surasi. Makkiy suralardan biri, 77 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 359–366[11]-sahifasida va 18-19-juzida joylashgan. 42-boʻlib nozil boʻlgan.
Sura ushbu Furqonni — haq bilan botilni ajratib berguvchi Kitobni Muhammad alayhis-salomga Buyuk Tangri nozil qilganini taʼkidlash bilan boshlanadi.
Soʻngra: «Nega paygʻambar farishta emas, balki oddiy odamlarga oʻxshab taom yeb, bozorlarda yuradigan insondan boʻlar ekan», deydigan sarkash mushriklarning daʼvolari qatʼiy hujjatlar bilan rad etiladi.
Yana bu surada dohiy «doʻst»larning vasvasalariga uchib, oʻz iymon-eʼtiqod va dinu- diyonatlaridan voz kechgan kimsalar oxiratda bu qilmishlaridan afsus-nadomat chekib, barmoqlarini tishlab qolishlari haqida ogohlantirib oʻtiladi.
Sura nihoyasida esa Rahmon bandalari — haqiqiy moʻmin-musulmonlarning sifatlari va ularni jannat neʼmatlariga erishishlariga sabab boʻladigan xulq-atvorlari tasvirlanadi.
Qurʼoni Karimda, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha ilohiy kitoblar Furqon — haq bilan nohaqni ajratib berguvchi Kitob, deb atalaveradi. Bu suraga nom boʻlgan Furqondan murod esa Qurʼondir.
Keyingisi: Shuaro surasi | 25-sura — arabcha matni | Oldingisi: Nur surasi |