Alaq surasi — سورة العلق | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Laxta qon[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 597–598[4] | ||||||||||||
Juz | 30 | ||||||||||||
Sura raqami | 96 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 19 | ||||||||||||
Sajda oyati | 19-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[7] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 1[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Alaq surasi (arabcha: سورة العلق, nomining maʼnosi — Laxta qon[9][10]) — Qurʼonning 96-surasi. Makkiy suralardan biri, 19 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 597–598[11]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 1-boʻlib nozil boʻlgan. Alaq — Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, yaʼni laxta quyuq qonga aylangan holati muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot boʻlmish Rabbingiz nomi bilan oʻqing!
2. U insonni laxta qondan yaratdi.
3. Oʻqing! Rabbingiz esa karamli zotdir.
4. U insonga qalam bilan (yozishni) oʻrgatgan zotdir.
5. U insonga bilmagan narsalarini oʻrgatdi.
6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.
7. (Bunga) sabab oʻzini boy — behojat sanashidir.
8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.
9. (Ey, inson,) koʻrdingmi, toʻsayotgan kimsani
10. bandani namoz oʻqiganda?!
11. Koʻrdingmi — agar u (namoz oʻquvchi) oʻzi Toʻgʻri yoʻlda boʻlsa,
12. yoki (oʻzgalarni) taqvoga (Allohdan qoʻrqishga) buyursa?!
13. Koʻrdingmi, agar u (namozdan) toʻsuvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz oʻgirsa,
14. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) koʻrib turishini bilmasmi?!
Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Paygʻambar (a. s.)ga aziyat va zarar yetkazishni oʻz oldiga oliy maqsad qilib qoʻygan boʻlib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.
15. Yoʻq! Qasamki, agar u (bu yoʻlidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz
16. oʻsha yolgʻonchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!
17. Bas, u oʻzining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!
18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!
19. Yoʻq! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolgʻiz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin boʻling! (Sajda oyati.)[12]
Keyingisi: Qadr surasi | 96-sura — arabcha matni | Oldingisi: Tiyn surasi |