Xorvatiyada ilk televideniye 1956-yildan faoliyat yurita boshlagan. 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori va translayatsiyasi uchun ishlab chiqilib, IPTV (Internet), kabel yoki sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan 10 ta umummilliy, 21 ta hududiy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek 30 dan ortiq boshqa kanallar mavjud boʻlgan. Xorvatiyadagi elektron aloqa bozorini Xorvatiyaning tarmoq sanoatlarini tartibga solish organi (HAKOM) tartibga solib, tashkilot efirga uzatish litsenziyalari taqdim etadi va bozorni nazorat qiladi. DVB-T va sunʼiy yoʻldosh uzatish infratuzilmasi Odašiljači i veze (OiV) nomli davlat kompaniyasi ishlab chiqqan boʻlib, tuzilmani aynan shu kompaniya qoʻllab-quvvatlaydi.

Xorvatiyada birinchi televizion signal Philips oʻzining televizor tizimini birinchi marotaba ommaga namoyish qilgan 1939-yilgi Zagreb yarmarkasida uzatilgan. Dastlabki muntazam eshittirishlar 1956-yilda, Yugoslaviya radio televideniye tizimidagi birinchi telestansiya Zagreb televideniyesi tashkil etilgach, boshlangan. Rangli eshittirishlarni 1972-yildan efirga uzatish boshlangan. Qamrov va kanallar soni barqaror ravishda oʻsib borib, 2000-yillarda Xorvatiyada toʻrtta kanal faoliyat yuritgan. DVB-T signallarini uzatish 2002-yilda boshlanib, 2010-yilda raqamli almashinuv toʻliq yakunlangan. Oʻsha davrda IPTV, kabel televideniye va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bozorlari sezilarli darajada oʻsgan. 2011-yilga kelib aholining atigi 60.7 foizi faqat DVB-T televizoridan foydalangan boʻlib, qolganlari IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalangan.

2012-yil yanvar holatiga koʻra, DVB-T uchta multipleksda efirga uzatila boshlangan. DVB-T eshittirishlari Xorvatiya hududining toʻqqizta asosiy hududida va yirik shaharlariga mos keladigan kichikroq mahalliy hududlarda oʻz faoliyatini boshlagan. HDTV DVB-T test dasturi 2007-yildan 2011-yilgacha efirga uzatilgan boʻlsa-da, yuqori aniqlikdagi televideniye (HDTV) faqat IPTV orqali efirga uzatilgan. 2011-yilda DVB-T2 test translyatsiyasi oʻtkazilgan.

2019-yil noyabr holatiga koʻra, barcha milliy kanallar uchta DVB-T va bitta DVB-T2 (HEVC/H.265) MUXes orqali tarqatilgan. 2020-yil iyundan DVB-T MUXesning faoliyati toʻxtailgandan soʻng, barcha kanallar ikkita DVB-T2 (HEVC/H.265) MUXes orqali efirga uzatila boshlangan.

Xorvatiyadagi barcha ommaviy axborot vositalari global muammolar va mamlakatda sodir boʻlayotgan mavzularning yoritib berilmayotgani uchun tanqid qilingan. Xorvatiyadagi barcha yirik telekanallar odatda kommersializmning haddan tashqari taʼsiri ostida deb hisoblanilgan. Davlatga tegishli Xorvatiya radiotelevideniyesi Xorvatiyadagi diaspora, kam sonli aholiga moʻljallangan taʼlim dasturlari, hujjatli filmlar, dasturlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish uchun moʻljallangan. Xorvatiya televideniyesi nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻz muammolarini jamoatchilikka yetkazish va Xorvatiya hukumatining faoliyatini yoritishda katta ahamiyatga ega. Televideniye Xorvatiya aholisining 57% uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi.

Televideniyedan foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Philips 1939-yilda Zagreb yarmarkasida televizorni namoyish etgan

Yevropada ilk marotaba uzatilgan televideniye tasvirlari Zagrebda efirga uzatilgan. 1939-yil 26-avgustdan boshlab 4-sentyabrgacha Zagreb yarmarkasida qisqa vaqt davomida Philips televizor koʻrgazmasi tashkil qilingan. Erik Klaas de Vries kompaniyasi yarmarkadagi Niderlandiya pavilyonida transmitter va kam sonli tomoshabinga ega Flibs televizorini boshqargan. Yarmarka gazetasi ushbu tadbirni London va Berlindagi telekoʻrsatuvlardan keyingi birinchi teleefir sifatida eʼlon qilgan. Dastur komediya, opera, musiqa spektakllari va Xorvatiyadagi boshqa telekoʻrsatuvlardan iborat boʻlgan[1].

1956-yilda 1939-yilgi Zagreb yarmarkasidan keyingi birinchi telekoʻrsatuv namoyish qilingan[2]. Medvednicada transmitteri Tomislavov Dom mehmonxonasiga oʻrnatilgan va 1956-yil 15-may kuni kechqurun Avstriya va Italiya kanallarida (shu jumladan Rai 1) efirga uzatilgan. Birinchi jonli efir 1956-yil 7-sentyabrda Zagreb yarmarkasining ochilishini efirga uzatgan va Zagreb televideniyesi 29-noyabrdan muntazam efirga uzatila boshlangan[3].

Taraqqiyoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Television Zagreb building: Four-story, curved gray building
Zagreb televideniyesi 1962-yil Šubicheva koʻchasida oʻz studiyasini ochgan[4]

Zagreb telemarkazi Yugoslaviya radio televideniyasiga (JRT – Yugoslaviya televizion stansiyalarining tashkiloti) aʼzo boʻlgan va JRT uchun Eurovision texnik markazi vazifasini bajargan. 1972-yilda Zagreb Televideniyesi oʻzining ikkinchi telekanalini translyatsiya qilishni boshlagan va 1975-yilda oʻz dasturlarini rangli tarzda berib borgan. Uchinchi Television Zagreb kanali 1988-yilda, telematn xizmati esa 1990-yilda ishga tushirilgan.

Zagreb televideniyesining nomi Yugoslaviya parchalanganidan soʻng Xorvatiya radiotelevideniyesiga (HRT) oʻzgartirilgan. Xorvatiya radiotelevideniyesi Yevropa radioeshittirishlar ittifoqiga aʼzo boʻlgan. Biroq HRT infratuzilmasiga urush tufayli jiddiy zarar yetkazilgan edi. Uning ushbu holatda 80 % uzatgichlari va 30 ta aloqa stantsiyalari zarar koʻrgan.

1999-yil oktyabr oyida uchta mamlakatda HRT kanallari tomonidan kecha-yu kunduz efirlar uzatila boshlangan. Ammo 2002-yilda HRT 3 oʻz faoliyatini toʻxtatgan[5]. 2000-yilda Xorvatiyaning birinchi xususiy televideniyesi Nova TV oʻz faoliyatini boshlagan[6]. Keyinchalik, 2004-yil 30-aprelda boshqa xususiy teleradiokompaniya RTL TV ham faoliyat yurita boshlagan. Nova TV va RTL TV ham bitta analog telekanal hisoblanishgan[7].

2002-yilda Odašiljači i veze mustaqil kompaniya sifatida tashkil etilgan. U ilgari HRTning bir qismi boʻlgan va unga Xorvatiyadagi televizion uzatish infratuzilmasini saqlash vazifasi yuklatilgan[8]. 2014-yilda Xorvatiyada yigirma oltita telestansiya, jumladan, toʻrtta umummilliy kanal faoliyat yuritgan[9].

Analog eshittirishning tugashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Xorvatiya hukumati simulkastni (asosiy kanallarning bir vaqtda analog va raqamli DVB-T translyatsiyasi) rasman tugatishga qaror qilgan[10]. Oʻsha vaqtda Xorvatiya hududida toʻqqizta raqamli televideniye tarmogʻi faoliyat olib borgan. 2010-yil 26-yanvardan boshlab analogli eshittirish tarmogʻi bosqichma-bosqich oʻchirilgan. 2010-yil 5-oktyabrda televideniye toʻliq raqamli tizimga oʻtgan. Ammo boshqa hududlarda analog eshittirishlar uzatila boshlangan[11][12]. Xorvatiyadagi soʻnggi analog televizor uzatuv 2011-yil 30-sentyabrda yopilgan. Chunki DVB-T qamrovi Xorvatiya aholisining 98,5 % iga kengaytirilgan. Taxminan 6000 aholi DVB-T yoki analog telekoʻrsatuvlarni tomosha qilmay qoʻyishgan[13].

Nomi 2010-yilda analogli eshittirishlarning oʻchirilish sanalari
D05 26-yanvar
D03 3-mart
D07 30-mart
D09 27-aprel
D01 25-may
D02 29-iyun
D06 20-iyul
D08 7-sentyabr
D04 5-oktyabr

DVB-T televideniyesi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Map of Croatia with digital TV regions
Xorvatiyaning DVB-T hududlari

2002-yil mayda DVB-T signallarining birinchi sinov translyatsiyalari Zagrebda oʻtkazilgan. 2008-yilda hukumat Xorvatiya Respublikasi uchun raqamli televideniyega oʻtishning analogli strategiyasini ishlab chiqqan[14]. 2008-yil iyul oyida Xorvatiya hukumati 106 millionni (taxminan, 14.1 million yevro) ommaviy axborot vositalari rivoji uchun yoʻnaltirgan[15]. Xorvatiya radiotelevideniyesi (HRT) faol tomoshabinlariga 75 kunalik (10 yevro) DVB-Tdan foydalanish uchun chegirma kuponlarini taqdim etgan[16]. Birinchi ikkita multipleks (MUX A va MUX B) 2009-yil aprel oyida, uchinchisi (MUX D) 2010-yil iyul oyida ishga tushirilgan.

2010-yil 5-oktyabrda DVB-Tga oʻtish deyarli yakunlangan. Chunki barcha asosiy analog teleuzatishlar bosqichma-bosqich toʻxtatilgan boʻlib, Xorvatiyadagi DVB-T translyatsiyalarining hammasi standart aniqlikdagi MPEG-2 tizimiga oʻta boshlagan[17]. MUX A Xorvatiya aholisining 98.5 % idan koʻprogʻini qamrab oladi. MUX A va MUX B har bir multipleks taqsimlangan mintaqa aholisining 95 % dan ortigʻi uchun foydalaniladigan tizim hisoblanadi. MUX D esa Xorvatiya aholisining taxminan 90 % i va har bir hudud aholisining kamida 70 % ini qamrab oladi[18]. Xorvatiyada faqat DVB-T televizoridan foydalanadigan aholi soni 897 496 kishini (umumiy aholining 60.7 % ini) tashkil qiladi[19].

Xorvatiyada axborot televizion infratuzilmasi Odašiljači i veze (OIV) tomonidan boshqariladi. Kompaniya 2002-yilda elektron aloqa infratuzilmasini rivojlantiruvchi va qoʻllab-quvvatlovchi boʻlinma HRT korporativ tizimidan ajrab chiqqib, mustaqil tashkilot sifatida faoliyatini boshlagan[20][21]. 2012-yil yanvar holatiga koʻra, OIV 222 ta televizion uzatgichlar va radioeshittirish reley stantsiyalarini boshqargan va ularga xizmat koʻrsatgan[22].

Raqamli televideniyening toʻqqizta asosiy hududi Xorvatiyaning katta qismini qamrab oladi va mahalliy teleradiokompaniyalar uchun moʻljallangan qoʻshimcha, geografik jihatdan kichik boʻlgan hududlarni (odatda bitta shaharni) qamrab olgan. DVB-T televizorining asosiy taqsimlangan hududlariga D1–D9 belgilari berilgan. D1 mintaqasi Osijek-Baranja va Vukovar-Sirmiya okruglarini, shuningdek, Oprisavcidan sharqda joylashgan Brod-Posavina okrugining qismlarini oʻz ichiga olgan. D2 hududi Brod-Posavina okrugining qolgan qismini, Pojega-Slavoniya va Virovitica-Podravina okruglarini va deyarli barcha Bjelovar-Bilogora okruglarini (Bjelovar shahridan shimoldagi hudud va Sisak-Moslavina okrugining bir qismi bundan mustasno) qamrab oladi. Novska D3 mintaqasi D2 hududiga kirmaydigan Bjelovar-Bilogora okrugining bir qismini, shuningdek, Koprivnica-Križevci, Varaždin va Međimurje okruglarini oʻz ichiga oladi. D4 hududiga Sisak-Moslavina okrugi (Novska atrofidagi hududlardan tashqari), Krapina-Zagorje va Zagreb okruglari, Zagreb shahri va Karlovak okrugining shimoliy qismi (shu jumladan, Karlovak va Duga-Resa) kiradi[23].

Large, low gray building housing Croatian Radiotelevision headquarters in Zagreb
Zagrebdagi HRT shtab-kvartirasi

D5 hududi Istriya okrugi va Primorje-Gorski Kotar okrugini (Ravna Goraning sharqiy qismidagi okrugning bir qismi va Pag orolidagi Novalja atrofi bundan mustasno) va Lika-Senj okrugining Krke orollari qarshisidagi qirgʻoqboʻyi hududlarini oʻz ichiga oladi. D6 hududi D4 va D5 hududlari tarkibiga kirmagan Primorje-Gorski Kotar va Lika-Senj okruglarining bir qismini (Lovinak janubi va xuddi shu okrugning Pag oroli qarshisidagi qirgʻoq qismlari bundan mustasno) oʻz ichiga oladi . Bu ikki hudud Zadar va Šibenik-Knin okruglari bilan birga D7 mintaqasining bir qismidir. D8 hududi butun Split-Dalmatiya okrugini, shuningdek Dubrovnik-Neretva okrugining Ploche va Metkovich atrofidagi qismlarni, Dubrava gʻarbidagi Pelješac yarim orolining bir qismini, Korčula va Lastovo orollarini oʻz ichiga oladi. Soʻnggi D9 hududiga Dubrovnik-Neretva okrugining qolgan qismlari kiradi[24].

Small photo of unused TV studio, with cameras covered
HRTning Anton Marti studiyasi

Shuningdek, maʼlum shaharlar va ularning yaqin atrofini qamrab oluvchi 12 ta mahalliy DVB-T televizion hududi mavjud boʻlib, ularga Osijekda d11, Slavonski Brodda d21, Varaždin va Čakovecda d31, Zagreb, Velika Goritsada d44, Yastrebarskoda d45, Karlovakda d46, Duga Resada, d53 Viska, Novka va Novkaning katta qismini qamrab oluvchi hududlar kiradi. Pula, Rovinjda d54, Zadarda d71, Šibenikda d72, Split, Trogir, Omiš, Šolta oroli va Brač orolining katta qismini qamrab olgan Dubrovnik d82 va d91 ham ushbu hududlar safiga kiradi[25]. 2015-yilda Sveta Nedelya shahrida „L-ZA“ nomli mahalliy multipleks UHF 41 da mahalliy TV Zapad kanali tomonidan efirga uzatila boshlangan.

2010-yil dekabr DVB-T translyatsiyasi boshlanganida Italiyadaning shimoli-gʻarbiy qismlarida, keyinroq Zadar va Sibenik atrofidagi hududlarda shovqin kuzatilgan. Ushbu holatga italyan transmitterlari tomonidan Xorvatiya hududidagi simli chastotalardan foydalanish va transmitterning yuqori quvvati sabab boʻlgan. Shikoyat haqida Xorvatiya tarmoq sanoatini tartibga solish organi (HAKOM) tomonidan Italiya davlat boshqaruv organiga murojaat qilingan[26][27]. 2011-yil fevraligacha Odašiljači i veze (OIV)ning signal modulyatsiyasini kuchaytirish va shovqinlarni kamaytirish uchun zararlangan hududlarda qoʻshimcha transmitterlar oʻrnatilgan va million kuna (taxminan, 133 000 yevro) sarflangan[28]. Garchi, 2011-yil avgustda Italiyaning iqtisodiy rivojlanish vaziri Paolo Romani muammolarni qisqa vaqt ichida hal qilish kerakligini eʼlon qilgan boʻlsa-da, (bezovtalikka sabab boʻlgan transmitter oʻchirilgan va yana bir nechtasining quvvati qisqartirilgan) 2011-yilda vaziyat toʻliq hal qilinmagan. Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radiodan foydalanishni tartibga solish kengashi ushbu vaziyatni hal qilish uchun jarayonga jalb qilingan[29][30]. Shu bilan birga, raqamli televideniye signallarini qabul qilishni yaxshilash maqsadida boshqa texnik yechimlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan[31].

Butun mamlakat kanallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Croatian morning-show studio, with woman seated on sofa and man behind her standing at counter
2008-yil fevral oyida HRTning Dobro jutro Hrvatska ertalabki shousining studiya rejasi

2014-yil may holatiga koʻra, butun mamlakat boʻylab oʻn bitta bepul DVB-T telekanali mavjud boʻlib, ularning toʻrttasi HRT, uchtasi RTL TV, ikkitasi Nova TV, qolgan ikkitasi Xorvatiya Olimpiya qoʻmitasi va Author doo kompaniyalari tomonidan faoliyat olib borgan. Hukumatning elektron Xorvatiya boʻyicha markaziy davlat maʼmuriy idorasi ham kam sonli telekanallarga egalik qilgan. HRT kanallari va Moja uprava kanali davlatga tegishli boʻlgan. Qolgan oʻnta DVB-T telekanali xususiy mulk hisoblangan[32]. Doma TV Nova TV guruhining bir qismi sifatida faoliyat olib borgan[33]. 2007-yildan beri telekoʻrsatuv auditoriyasini oʻlchash Nielsen kompaniyasi tomonidan 1086 ta aholi punkti bergan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi va barcha ommaviy axborot vositalarining (bosma nashr, radio, televideniye) auditoriyasini oʻrganishda qoʻllaniladi. 2012-yil yanvar oyidan boshlab HRT, RTL TV va Nova TVning auditoriyasi ham shu yoʻsinda hisoblab borilmoqda[34][35].

HRT 1, Nova TV va RTL TV kanallarining dasturlari tartibsiz boʻlib, ular yangiliklar, turli ssenariy va ssenariysiz koʻngilochar dasturlar, shuningdek, hujjatli filmlarni efirlarga uzatishga qaratilgan[36]. Bundan tashqari, qonuniy ravishda Xorvatiya radiotelevideniyesi Xorvatiya diasporasiga, Xorvatiyadagi milliy, madaniy va tabiiy merosni saqlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, demokratiya va fuqarolik jamiyatini targʻib qilishga qaratilgan kontent va yoshlarning taʼlimini yorituvchi dasturlarni tayyorlash va efirga uzatishi shart hisoblanadi. Shuningdek, televideniyeda milliy filmlar, teledasturlar va musiqalarni ham uzluksiz tarzda ommaga uzatib berishlari majburiy hisoblanadi[37]. Mamlakatda sport yoki musiqa kabi axboriy dasturlarini taqdim etishga ixtisoslashgan kanallar ham faoliyat yuritadi va ularning taxminiy hisobda mamlakat ommaviy axborot vositalarining quyidagi foizlarni egallagani taʼkidlanadi[38].

Xorvatiyadagi DVB-T telekanallarining egallagan foiz koʻrsatkichlari[39]:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nom Mulkdor Dasturlash Tur Tartiblar (4+) Yil MUX
HRT 1 Hrvatska radiotelevideniyesi Bosh Davlat televideniye xizmati 17,83% 1956* A
HRT 2 Hrvatska radiotelevideniyesi Bosh Davlat televideniye xizmati 6,05% 1972* A
HRT 3 Hrvatska radiotelevideniyesi Ilmiy, hujjatli, madaniy dasturlar Davlat televideniye xizmati 1,78% 1988* B
HRT 4 Hrvatska radiotelevideniyesi Yangiliklar Davlat televideniye xizmati 3,41% 2012* B
Nova TV Nova TV Bosh Xususiy kanal 23,26% 2000 A
RTL RTL Hrvatska Bosh Xususiy kanal 13,40% 2004 A
Doma TV Nova TV Seriya Xususiy kanal 5,48% 2011 B
RTL 2 RTL Hrvatska Seriya Xususiy kanal 4,29% 2011 B
SPTV HoO TV Sport Xususiy kanal 0% 2011 D
RTL Kockica RTL Hrvatska Bolalar va oila uchun Xususiy kanal 2,70% 2014 D
CMC Muallif Musiqa Xususiy kanal 1,42% 2011 D
*Eslatma: 1990-yilgacha Zagreb JRT TV statistikasi[40].

Hududiy va mahalliy kanallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Orange, red and white TV studio, with blue chairs and gray camera
RTL talk-show studiyasi

Xorvatiyada MUX D da 21 ta xalqaro DVB-T telekanali faoliyat yuritadi. 2011-yil holatigan koʻra ayrim hududlarda translyatsiya qilingan kanallardan toʻrttasi faoliyat olib borgan boʻlib, mahalliy hududlardagi DVB-T televideniyelari dekabr oyida faoliyat olib bormagan. Toʻrtta hududiy telekanallar bir nechta hududda efirga uzatilgan. Barcha mintaqaviy va mahalliy kanallar bepul tarzda axborot uzatishga qaratilgan boʻlib, 2012-yil yanvar oyidan boshlab Z1 TVisi Nielsen kompaniyasining kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bilan faoliyat olib borgan[41][42][43].

Xorvatiyadagi hududiy va mahalliy DVB-T televideniye kanallari[44]:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nom Hudud Dasturlash Tur Yil
Plava Vinkovačka D1 Hududiy Xususiy televideniye 201?
Slavonije i Baranje TV (STV) D1 Hududiy Xususiy televideniye 1992
Osječka TV D1 Hududiy Xususiy televideniye 2007
Slavonskobrodska TV (SBTV) D2 Hududiy Xususiy televideniye 200?
Plava TV D2 Hududiy Xususiy televideniye 2017
Varaždinska TV (VTV Varaždin) D3 Hududiy Xususiy televideniye 1999
OTV D4 Hududiy Xususiy televideniye 1989
Mreža TV (Xorvatiya TV kanali) D4 Hududiy Xususiy televideniye 20??
Zagrebačka TV (Z1) D4 Hududiy Xususiy televideniye 2002
Trend TV d44, d45, d46 Mahalliy Xususiy televideniye 2003
Laudato TV d44, d45, d46 Mahalliy Xususiy televideniye 2015
Kanal RI D5 Hududiy Xususiy televideniye 1999
TV Nova D5 Hududiy Xususiy televideniye 1996
Diadora TV D7 Hududiy Xususiy televideniye 2018
Jadran TV D8 Hududiy Xususiy televideniye 2001
Libertas TV D9 Hududiy Xususiy televideniye 2018
Zapad TV L-ZA Mahalliy Xususiy televideniye 2009

HDTV va DVB-T2

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil mart oyida Zagrebda eksperimental yuqori aniqlikdagi televideniye (HDTV) eshittirishlari uzatila boshlangan. 2008-yilda Split, Rijeka va Osijek televideniye shtab kvartiralari kengaytirilgan. 2011-yil fevralda HD formatdagi eksperimental translatsiya tugallangan[45]. Xorvatiya radiotelevideniyesi va Nova TV tomonidan boshqarilgan ikkita eksperimental HDTV kanali faoliyat yuritgan. Xorvatiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan raqamli televideniyega oʻtish va DVB-T HDTV kanallarini translyatsiya qilish MPEG-4 tomonidan amalga oshirilgan[46][47]. 2011-yil 11-oktyabrda Zagrebda H.264/MPEG-4 AVC kodlash va shartli kirish tizimidan foydalangan holda yuqori aniqlikdagi DVB-T2 translyatsiyasi boshlangan[48].

Multiplekslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorvatiyada uchta faol multipleksi (MUX) faoliyat yuritgan. MUX A va MUX B milliy kanallar uchun, MUX D esa mahalliy va milliy kanallar uchun efir uzatishga qaratilgan. MUX A-da HRT 1, HRT 2, RTL va Nova TV kanallari eng koʻp tomoshabinga egaligi bilan ajralib turgan. MUX B TV-da HRT 3, HRT 4, RTL 2 va Doma TV kabi telekanallarda esa eng koʻp efirlar namoyish qilingan. MUX D mahalliy telekanallarga qoʻshimcha ravishda Sport TV (SPTV), RTL Kockica va Xorvatiya musiqa kanali (CMC) kabi yuqori reytingli uchta kanal mamlakat boʻylab faoliyat olib borgan[49].

MUX Bdagi ikkita telekanalga litsenziya berish boʻyicha tanlov 2010-yil iyul oyida eʼlon qilingan va HAKOM quyidagi kanallar uchun takliflar olgan: RTL 2, Doma TV, OBN va KN. Nihoyat, litsenziyalar RTL 2 va Doma TVga berilgan[50]. RTL2 va Doma TV 2011-yil 2-yanvardan efirga uzatila boshlangan. Mux D mahalliy translyatsiya uchun litsenziyalar 2010-yil dekabr oyida Xorvatiya musiqa kanali (CMC), Sportska TV (Xorvatiya Olimpiya Qoʻmitasiga tegishli telekenal) va KN telekanallariga berilgan. Ular 2011-yil mart oyining oxiri va aprel oyi boshidan efirga chiqish uchun oʻz faoliyatini boshlagan[51].

KN dastlab MUX B-da translyatsiya qilingan. Litsenziyaga ega boʻlish uchun telekanal 6 oylik sinov holatida boʻlgan va keyinchalik boshqa multiplekslar MUX D tarkibida (MUX D – mahalliy va mamlakat boʻylab xizmatlarni bir vaqtning oʻzida amalga oshirishga qaratilgan) oʻz faoliyatini davom ettirgan . MUX B tarkibida ikkita yangi kanal, HRT 3 va HRT 4 faoliyat olib borgan. Ikkalasi 2012-yil oxirigacha oʻz faoliyatini toʻliq olib borishi koʻzda tutilgan[52].

Multiplekslar roʻyxati[53]:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
T-Hrvatski Telekom headquarters, a tall building with a red T on the side
Xorvatiyadagi eng yirik IPTV provayderi T-Hrvatski Telekom (T-HT) bosh qarorgohi

IPTV bozori tez rivojlanmoqda. 2009 va 2010-yillar oraligʻida IPTVga ulangan aholi soni 23%  ga oʻsib, qariyb 300 000 tani tashkil etgan. IPTVdan foydalangan davlatlar qatorida Xorvatiya beshinchi oʻrinni egallab, Singapur, Gonkong, Kipr va Estoniyadan keyingi oʻrinda turadi[54]. 2011-yilning uchinchi choragida ularning soni yanada ortib, jami 349 138 kishini tashkil etgan. Bu Xorvatiya aholisining 23.6%  ini tashkil qiladi. Shu bilan birga, kabel televideniyesiga ulangan 144 439 aholi va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalanadiganlar soni 104 635 kishini (Xorvatiya aholisining 9.8 va 7.1 % ini tashkil qiladi) tashkil qilgan[55]. Xorvatiyadagi yetakchi IPTV provayderi MaxTV xizmatiga ega T-Hrvatski Telekom (T-HT), A1 Hrvatskaga (2018-yil 1-oktyabrgacha Vipnet) tegishli B.net esa mamlakatdagi yetakchi kabel televideniyesi provayderi hisoblanadi. 2018-yil 1-oktyabrdan B.net A1 IPTVning bir qismiga aylangan[56]. 2009-yildan baʼzi IPTV provayderlariga HDTV oʻrnatilishi taklif qilingan[57]. Boshqa IPTV provayderlari Optima, Iskon (T-HTga tegishli), Amis va boshqalarni oʻz ichiga olgan. IPTV va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi (Maxtv SAT, A1 SAT, Total TV va hokazo) provayderlari odatda DVB-Tda mavjud boʻlgan barcha kanallar bilan hamkorlikda ishlashgan. Xorijiy kanallarning katta qismi dublyaj (kamdan-kam hollarda) yoki subtitrlar orqali montajlashtirilgan. Ikkita eng yirik IPTV va kabel televideniyesi provayderlari (DVB-Tda translyatsiya qilinuvchi kanallardan tashqari) Xorvatiyada faoliyat yuritayotgan 31 ta kanaldan iborat edi[58][59][60]. HRT, RTL, Nova TV va Z1 TV tomonidan uzatiladigan kabel va sunʼiy yoʻldosh telekanallarining auditoriyasi Nielsen kompaniyasi tomonidan aniqlab berilgan[61][62].

TV director’s console, with many monitors on wall
HRTda televideniye direktori stoli

Xorvatiya IPTV/kabel/satellit TV kanallari[63][64][65][66]:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nom Dasturlash
Arena Sport 1 Sport
Arena Sport 2 Sport
Arena Sport 3 Sport
Arena Sport 4 Sport
Arena Sport 5 Sport
Arena Sport 6 Sport
Arena Sport 7 Sport
Arena Sport 8 Sport
Arena Sport 9 Sport
Arena Sport 10 Sport
GP1 Sport
Jang kanallari Sport
Jugoton TV Musiqa
DMC TV Musiqa
Kino TV Film
Kinoyulduzlar aksiyasi va Thriller Oʻyin-kulgi va kundalik
Cinestar Premiere 1 va 2 Film
CineStar TV Oʻyin-kulgi va kundalik
Toʻliq televizor Ish
Televideniyoni ushlab turing Musiqa
5-kanal Hududiy
Klasik TV Oʻyin-kulgi va kundalik
MediaTravel.tv Hujjatli film
Mini Nova Bolalar
Orlando TV Bolalar
Orlando bolalar Bolalar
Narodna TV Musiqa
RTL jinoyatlari Seriya
RTL Ishtiyoq Seriya
RTL Seriya
Saborska televizija Parlament televideniyesi
Top Shop TV Axboriy
Večernji.hr Yangiliklar
Zdrava TV-7 Oʻyin-kulgi va kundalik
Viasat tarixi Hujjatli filmlar
N1 Yangiliklar
Viasatni kashf etish Hujjatli filmlar
Viasat Tabiati Hujjatli filmlar
National Geographic Hujjatli filmlar
Tarix 1 va 2 Hujjatli filmlar
Milliy geografik yovvoyi Hujjatli filmlar
RT Yangiliklar
CNN Yangiliklar
Klasik TV Eski Yugoslaviya filmlari
Televizor 1000 Filmlar
"Euronews" Yangiliklar
Oʻgʻillar Filmlar
HBO Filmlar
Nikelodeon Bolalar
MTV Musiqa
Light-colored satellite dishes on the HRT building in Zagreb
Zagrebdagi HRT binosida joylashgan sunʼiy yoʻldosh antennalari

Maxsus sunʼiy yoʻldosh kanallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

HRT Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Yangi Zelandiya uchun maxsus sunʼiy yoʻldosh kanallari orqali efirga uzatilgan[67]. Eutelsat 16A (Viaccess shartli kirishdan foydalangan holda) sunʼiy yoʻldoshi orqali Yevropa va Yaqin Sharqqa uzatiladigan kanallar: HRT 1, HRT 2, HRT 3 va HRT 4 qatoriga kiradi. Sunʼiy yoʻldosh kanallari HRT tomonidan radio kanallarining translyatsiyasi uchun ham foydalanilgan[68].

Xorvatiya sunʼiy yoʻldosh kanallari[69][70] [71]:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ismi Dasturlash turi Hududi Shifr kodi Sunʼiy yoʻldosh nomi
HRT 1 Umumiy Yevropa va Yaqin Sharq FTA/ Viaccess 3.0 Eutelsat 16A
HRT 2 Umumiy Yevropa va Yaqin Sharq Viaccess 3.0 Eutelsat 16A
HRT 3 Ilmiy va hujjatli dasturlar Yevropa va Yaqin Sharq Viaccess 3.0 Eutelsat 16A
HRT 4 Yangiliklar Yevropa va Yaqin Sharq FTA/Viaccess 3.0 Eutelsat 16A

Televideniyedan asosiy axborot manbai sifatida foydalanadigan aholi qatlami[72]:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Geografik mintaqa Aholi ulushi
Slavoniya 79%
Lika, Kordun, Banovina 63%
Shimoliy Xorvatiya 61%
Shimoliy Xorvatiya qirgʻoqlari 59%
Dalmatiya 47%
Zagreb va uning atrofidagi hududlar 43%
Oʻrtacha 57%

OAVni tartibga solish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorvatiyadagi televideniye sanoati Xorvatiya tarmoq sanoatini tartibga solish organi (HAKOM) tomonidan tartibga solinadi. HAKOM 2008-yil 26-iyundagi Elektron aloqalar toʻgʻrisidagi qonun asosida tashkil etilgan. Qonunning 5-moddasiga muvofiq, HAKOMga elektron aloqa xizmatlari va infratuzilma sohasida bozor raqobatini va xizmatlardan foydalanuvchilarning manfaatlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish, shu bilan birga Yevropa Ittifoqining ichki bozorini rivojlantirishga hissa qoʻshish vazifasi yuklangan[73]. HAKOMning asosiy maqsadi isteʼmolchilar uchun arzon narxlarda elektron aloqa bozorining barqaror rivojlanishini taʼminlash, bozorga investitsiyalarni kiritish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash va Xorvatiyada ommaviy axborot vositalari sifatiga hissa qoʻshishdan iborat[74]. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solish Xorvatiyada joylashgan davlat va xususiy teleradiokompaniyalarga tegishli majburiy tartibga soluvchi elektron ommaviy axborot vositalari kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlarni himoya qilishga qaratilgan qonun ertalab soat yettidan soat toʻqqiz, oʻn yoki oʻn birgacha boʻlgan vaqt oraligʻida zoʻravonlik, beadab holatlar, mast qiluvchi moddalar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va voyaga yetmaganlarning rivojlanishiga zarar yetkazuvchi boshqa sahna koʻrinishlarini turli ekranlarda tasvirlashni cheklaydi va muayyan dasturning reytingiga qarab dasturlarni mos ravishda 12, 15 yoki 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun eslatma ham koʻrsatib oʻtishilishini nazoratga oladi. Bunday cheklov taʼlim, hujjatli, ilmiy yoki yangiliklar dasturlariga taalluqli emas[75].

HAKOM Xorvatiyada elektron televideniyening barcha turlari uchun translatsiya litsenziyalarini berishga, baholashga, bekor qilishga, aloqa-sanoat kompaniyalarining birlashishini tasdiqlashga, amaldagi qoidalarni buzgan shaxslarga jarima solishga va sohani doimiy nazorat qilishga qaratilgan[76].

Tilni mahalliylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy qonunchilik Xorvatiyadagi barcha teledasturlar xorvat tilida, tarjima, dublyaj yoki subtitr yordamida amalga oshirilishini talab qiladi. Umuman olganda, multfilmlar va hujjatli filmlar va shunga oʻxshash dasturlarning hikoya qismlaridan tashqari barcha xorijiy dasturlar taglavhalarga ega holda namoyish qilinadi. Buni oʻzgartirishga urinish 2006-yilda Nova TV tomonidan, serial dublyaj qilinganida amalga oshirilgan. Ammo bu harakat tomoshabinlar va tanqidchilarning salbiy munosabatiga sabab boʻlib, tajriba toʻxtatilishiga olib kelgan[77]. Soʻngra, Elektron OAV Kengashi tomonidan serb tilida tayyorlangan televizion dasturlarni mahalliylashtirishni talab qiluvchi rasmiy soʻrovlar amalga oshirilgan[78]. Oxir-oqibat, bu muammo yopiq taglavhalar uchun ishlatiladigan telematn xizmatidan foydalangan holda subtitrlash orqali hal qilingan[79].

Ijtimoiy taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorvatiya televideniyesi mamlakatdagi boshqa barcha ommaviy axborot vositalari kabi bir tomondan global muammolar va tendensiyalar, ikkinchi tomondan milliy mavzularning toʻlaqonli qamrab olinmaganligi uchun tanqid qilingan. Xorvatiyadagi barcha yirik televizion tarmoqlar haddan tashqari kommersiya taʼsiri ostida deb hisoblanadi. Bu milliy madaniyat va ijtimoiy masalalarni targʻib qilishga unchalik eʼtibor bermaydigan xususiy telekoʻrsatuvchilarning xalqaro mulkchilik tuzilmalari, shuningdek, davlat tomonidan boshqariladigan HRTning reklama beruvchilarni dasturlash kontentini tartibga solish va HRTda cheklangan reklamaga qaramay, tomoshabinlarning eʼtiborini tortadigan dasturlar orqali jalb qilish boʻyicha ishlar rejalashtiriladi[80][81]. HRT maxsus qonun bilan cheklangan boʻlib, ushbu teleradiokompaniya prime time vaqtida kechqurun soat 6 dan 10 gacha reklama berib borishga qaratilgan[82]. Boshqa tomondan, HRT Xorvatiyadagi televizorlarga ega boʻlganlarga Xorvatiyadagi oʻrtacha oylik sof ish haqining 1.5 % miqdorida toʻlanadigan soliqdan daromad oladi[83]. 2012-yilda yillik foyda 80 kunani (10.60 yevro) tashkil etgan[84]. 2010-yilda esa HRTning yillik daromadi 1.2 milliard kunani (160 million yevro) tashkil qilgan[85].

Xorvatiyada televideniyening ijtimoiy taʼsiri nomukammal va oʻzgaruvchan sifatga ega deb hisoblansa-da, televideniye jamiyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki u nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz muammolarini jamoatchilikka yetkazish, hukumat va Xorvatiya siyosatining boshqa jihatlarini tanqid qilish vazifasini bajaradi[86]. Televideniye Xorvatiyada eng keng tarqalgan maʼlumot manbai hisoblanadi. Xorvatiya aholisining oʻrtacha 57 % i asosiy axborot manbai sifatida televizordan foydalanadi. Bu foiz geografik mintaqaga qarab sezilarli darajada farqlanadi. Zagrebdagi 43 % va poytaxt atrofidagi hududlardan Slavoniadagi 79 % gacha boʻlgan aholi televizordan foydalanadi. Internet ikkinchi eng koʻp foydalaniladigan axborot manbai boʻlib, oʻrtacha 19 % ni tashkil qiladi[87]. 2014-yilda mamlakatda 1.755 million televizor roʻyxatdan oʻtkazilgani qayd qilingan[87].

Eski kanallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TVI – Pazin

K5 – Split

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ivana Rimac; Ivana Živko. „1939. prva TV slika u Hrvatskoj“ (hr). Jutarnji list (2008-yil 26-avgust). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  2. Ivana Rimac; Ivana Živko. „1939. prva TV slika u Hrvatskoj“ (hr). Jutarnji list (2008-yil 26-avgust). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  3. „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  4. „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  5. „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  6. „O nama“ (hr). Nova TV (Croatia). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  7. „RTL počeo emitirati program“ (hr). index.hr (2004-yil 30-aprel). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  8. „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  9. „About us“. Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  10. „Strategies and Studies“. Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  11. „Karta gašenja analognog signala“ (hr). Vlada Republike Hrvatske –službeni web portal. Government of Croatia (2009). Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
  12. „Rokovi gašenja analogne TV“ (hr). Croatian Radiotelevision (2010-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
  13. „DIGITALNI PROBLEMI Milna na Braču - crna TV rupa“ (hr). Slobodna Dalmacija (2011-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-aprel.
  14. „Strategies and Studies“. Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  15. „Croatia to convert to digital broadcasting in 2011“. Government of Croatia (2008-yil 31-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  16. „Kupon za popust pri kupnji digitalnog prijamnika – tijek realizacije od podjele kupona do isplate trgovcima“ (hr). Government of Croatia (2009-yil 29-iyun). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  17. „DVB-T – Television of the New Era“. Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
  18. „DTV – Plan and status“. Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  19. „Tromjesečni usporedni podaci tržišta elektroničkih komunikacija u Republici Hrvatskoj, treće tromjesečje 2011. godine“ (hr). Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  20. „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  21. „About us“. Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  22. „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
  23. „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
  24. „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
  25. „Odašiljači digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
  26. „HAKOM intenzivno radi na uklanjanju smetnji u digitalnom TV signalu na području Istre“ (hr). Nacional (weekly) (2010-yil 16-dekabr). 2011-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  27. Sanja Stapić. „Nećemo dopustiti da Dalmacija i Istra gledaju samo talijanske programe“ (hr). Slobodna Dalmacija (2011-yil 9-fevral). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  28. „Priopćenje uprave OIV-a na probleme u prijemu DVB-T signala zbog smetnji iz Italije“ (hr). Odašiljači i veze (2011-yil 8-fevral). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  29. „Riješen problem ometanja digitalnog signala hrvatskih televizija iz odašiljača s područja Italije“ (hr). Novi list (2011-yil 26-avgust). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  30. „Smetnje u Istri – rješenje na vidiku?“. Croatian Radiotelevision (2011-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  31. „Vodič do boljeg TV signala“ (hr). Glas Istre (2011-yil 22-avgust). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  32. „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  33. „O name“ (hr). Doma TV. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  34. „Mjerač gledanosti programa“ (hr). Jutarnji list (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  35. „TAM Overview“. Nielsen Company. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  36. „Što nam donosi jesen na televiziji?“ (hr). t-portal.hr (2010-yil 27-avgust). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  37. „Prihvaćen Zakon o HRT-u“ (hr). Croatian Radiotelevision (2010-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  38. Božena Matijević; Andro Bernardić; Damir Mrvec. „Ništa novo na pet novih programa“ (hr). Večernji list (2010-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  39. „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  40. „The Evolution of Croatian Radio and Television“. Croatian Radiotelevision (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  41. „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  42. „Mjerač gledanosti programa“ (hr). Jutarnji list (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  43. „TAM Overview“. Nielsen Company. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  44. „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  45. „DVB-T – Television of the New Era“. Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  46. „DVB-T odašiljanje u HDTV kvaliteti“ (hr). Croatian Radiotelevision (2011-yil 4-fevral). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  47. „Produkcija Nove TV u posljednjem kriku HD tehnologije“ (hr). Nova TV (Croatia) (2010-yil 6-avgust). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  48. „DVB-T2 experimental broadcasting“. Odašiljači i veze (2011-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  49. „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  50. Božena Matijević; Antonio Mandir. „Na dvije nove televizije u početku tek tri nove domaće emisije“ (hr). Večernji list (2010-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.
  51. „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  52. „Programska mjesta HRT3 i HRT4 u mreži MUX B“ (hr). Croatian Radiotelevision (2011-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.
  53. „Popis programa i servisa digitalne televizije“ (hr). Odašiljači i veze. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
  54. Marinko Petković. „Telekomi u minusu zbog smanjene potrošnje korisnika“ (hr). Vjesnik (2011-yil 27-fevral). 2012-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  55. „Tromjesečni usporedni podaci tržišta elektroničkih komunikacija u Republici Hrvatskoj, treće tromjesečje 2011. godine“ (hr). Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  56. Merita Arslani. „Udar na HT: Vipnet kupio B.net za 93 milijuna eura i ušao na novo tržište“ (hr). Jutarnji list (2011-yil 8-iyun). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  57. „Započinje komercijalno korištenje MAXtv HD usluge“ (hr). PC Chip (2009-yil 3-aprel). Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  58. „Osnovni Extra paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  59. „Sportski paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  60. „Ponuda programa“ (hr). B.net. 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  61. „Mjerač gledanosti programa“ (hr). Jutarnji list (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  62. „TAM Overview“. Nielsen Company. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  63. „Osnovni Extra paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  64. „Sportski paket“ (hr). T-Hrvatski Telekom. Qaraldi: 2011-yil 31-dekabr.
  65. „Ponuda programa“ (hr). B.net. 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  66. „OIDC Form_Post Response“. sso.hrvatskitelekom.hr. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  67. „HRT broadcasting via satellite“. Croatian Radiotelevision. 2013-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  68. „Broadcasting via satellite for Europe and Middle East“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar).
  69. „Broadcasting via satellite for Europe and Middle East“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar).
  70. „Broadcasting HRT programmes via satellite for Australia and New Zealand“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar). 2009-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  71. „Broadcasting HRT programmes via satellite for North America“. Croatian Radiotelevision (2012-yil 1-yanvar).
  72. „Hrvati najviše koriste televiziju kao izvor informiranja“ (hr). Poslovni dnevnik (2011-yil 15-mart). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  73. „Zakon o elektroničkim komunikacijama“ (hr). Narodne Novine (2008-yil 26-iyun). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  74. „Mission, values, goals“. Croatian Regulatory Authority for Network Industries. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  75. „Pravilnik o zaštiti maloljetnika“ (hr). Narodne novine (2010-yil 13-may). Qaraldi: 2012-yil 4-iyul.
  76. „Zakon o elektroničkim komunikacijama“ (hr). Narodne Novine (2008-yil 26-iyun). Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  77. Siniša Pavić. „Švarci (ne)će "šprehati" hrvatski“ (hr). Slobodna Dalmacija (2006-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  78. Milena Zajović. „'Ko nas bre prevodi?' – Vijeće zna da je zakon loš, ali ga ipak provodi“ (hr). Večernji list (2012-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  79. „Eureka! HRT našao rješenje za sporno titlovanje srpskih filmova“ (hr). Slobodna Dalmacija (2012-yil 2-fevral). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  80. Stjepan Malović (2005) "Odnos masovnih medija i kulture [Relationship of mass media and culture]" (hr) Kolo (magazine) (Matica hrvatska) (2) ISSN 1331-0992 http://www.matica.hr/Kolo/kolo2005_2.nsf/AllWebDocs/smalovic. Qaraldi: 5 July 2012. Xorvatiya televideniyesi]]
  81. Ivana Čerkez (March 2009) "Osnovna obilježja medijske komunikacije u demokratskoj kulturi [The basic characteristics of media communications in a democratic culture]" (hr) Socijalna Ekologija: Journal for Environmental Thought and Sociological Research (Croatian Sociological Society, Institute of Sociology at Faculty of Philosophy, University of Zagreb) 18 (1): 28–45 ISSN 1330-0113 http://hrcak.srce.hr/index.php?show=clanak&id_clanak_jezik=64293&lang=en. Qaraldi: 5 July 2012. Xorvatiya televideniyesi]]
  82. „Prihvaćen Zakon o HRT-u“ (hr). Croatian Radiotelevision (2010-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  83. „Zakon o Hrvatskoj radioteleviziji“ (hr). Narodne novine (2003-yil 19-fevral). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  84. „Odobreni veći prosvjedi; Milanović: Brodogradnja će opstati; HRT ostaje na 80 kn“ (hr). Slobodna Dalmacija (2012-yil 15-mart). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  85. Lidija Kiseljak. „Država HRT-u dala više nego što su svi drugi zaradili na oglasima“ (hr). Večernji list (2010-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
  86. Ivana Čerkez (March 2009) "Osnovna obilježja medijske komunikacije u demokratskoj kulturi [The basic characteristics of media communications in a democratic culture]" (hr) Socijalna Ekologija: Journal for Environmental Thought and Sociological Research (Croatian Sociological Society, Institute of Sociology at Faculty of Philosophy, University of Zagreb) 18 (1): 28–45 ISSN 1330-0113 http://hrcak.srce.hr/index.php?show=clanak&id_clanak_jezik=64293&lang=en. Qaraldi: 5 July 2012. Xorvatiya televideniyesi]]
  87. 87,0 87,1 „Hrvati najviše koriste televiziju kao izvor informiranja“ (hr). Poslovni dnevnik (2011-yil 15-mart). Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.