Diyora Keldiyorova | |
---|---|
| |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Taxallusi/Laqabi | Diya [1] |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
13-iyul 1998-yil Juma, Pastdargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston |
Boʻyi | 150 sm |
Vazni | 52 kg |
Turmush oʻrtogʻi | Azamat Matyoqubov |
Mukofotlar | | |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | dzyudo |
Murabbiy(lar)i |
Xurshida Xoliqova Nelli Kiyamova Marko Spittka |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Oltin | Parij 2024 | 52 kg |
Jahon chempionati | ||
Kumush | Abu-Dabi 2024 | 52 kg |
Kumush | Doʻha 2023 | 52 kg |
Bronza | Budapesht 2021 | aralash jamoa |
Yozgi Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Xanchjou 2023 | 52 kg |
Kumush | Xanchjou 2023 | aralash jamoa |
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Nursulton 2022 | 52 kg |
Oltin | Fujayra 2019 | 52 kg |
Kumush | Bishkek 2021 | 52 kg |
Bronza | Hong Kong 2024 | 52 kg |
„Katta dubulgʻa“ turniri | ||
Oltin | Boku 2024 | 52 kg |
Oltin | Tbilisi 2023 | 52 kg |
Oltin | Boku 2022 | 52 kg |
Oltin | Ulan-Bator 2022 | 52 kg |
Oltin | Antaliya 2021 | 52 kg |
Kumush | Abu Dabi 2022 | 52 kg |
Kumush | Antaliya 2022 | 52 kg |
Bronza | Ulan-Bator 2023 | 52 kg |
„Gran-Pri“ turniri | ||
Oltin | Odivelas 2024 | 52 kg |
Kumush | Toshkent 2016 | 52 kg |
Butunjahon Yozgi Universiada oʻyinlari | ||
Bronza | Neapol 2019 | 52 kg |
Butunjahon harbiy oʻyinlar | ||
Bronza | Uxan 2019 | 52 kg |
Islom birdamlik oʻyinlari | ||
Oltin | Koʻniya 2022 | 52 kg |
Diyora Baxtiyor qizi Keldiyorova (1998-yil 13-iyul, Juma, Pastdargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik dzyudochi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi[2]. 52 kg gacha vazn toifasida XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, ikki karra Osiyo chempioni, Yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni, uch karra Jahon chempionati sovrindori. 2024-yil Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Dyuzdo sport turining 52 kg vazn toifasida oltin medal sohibasi.
Diyora Keldiyorova 1998-yil 13-iyulda Pastdargʻom tumani, Juma shahrida tugʻilgan[3][4]. Keldiyorovani ota-onasi baletga berishmoqchi boʻlgan[4], ammo buvisi Gulsara Quvondiqova[5] tufayli dzyudo sportiga kirib kelgan[1][4][6]. 6 yoshidan murabbiy Xurshida Xoliqova qoʻl ostida dzyudo bilan shugʻullana boshlagan[3][6][7][8]. Diyora Keldiyorova Pastdargʻom politexnika kasb-hunar kollejida[9], soʻngra Samarqand davlat universitetida tahsil olgan[4].
Otasi Baxtiyor Mardonov Juma paxta tozalash zavodi ishchisi[5], onasi Dilorom Sharipova[3] tumandagi 19-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi. Singlisi Gulniso, ukalari Quvondiqbek, Ogʻabek[5]. Turmush oʻrtogʻi dzyudochi Azamat Matyoqubov (1996-yil 19-aprel)[10]. Ular 2022-yilda turmush qurishgan[3][11].
Diyora Keldiyorova 2010-yilda ilk marotaba Oʻzbekiston chempioni boʻlgan[3]. 2013-yilda Oʻzbekiston terma janoasiga qabul qilingan[3][12] va shu yilda Xitoyning Nankin shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlarida 44 kg gacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2016- va 2018-yillarda dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida bronza medali sohibi boʻlgan[13].
2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 48 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib, ikkinchi davrada yaponiyalik Olimpiada sovrindori Ami Kondoga 10:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Ami Kondo gʻolib sifatida finalga yetib borgach, Keldiyorova yana bahslarda qatnashib, koreyalik dzyudochi Jon Yu Sunga qarshi kuch sinashgan. 1:10 hisobida magʻlub boʻlgach, turnirdagi ishtirokini yakunlaydi[14].
2019-yilda BAAning Fujayra shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida turnir finaliga qadar yetib kelgan. Finalda moʻgʻulistonlik dzyudochi Lkhagvasurengiin Sosorbaramni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[15][16]. Shuningdek, Italiyaning Neapol shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Universiadada 52 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan[17]. Xitoyning Uxan shahrida boʻlib oʻtgan butunjahon harbiy oʻyinlarida bronza medaliga ega chiqqan.
Diyora Keldiyorova 2021-yilda Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnir finalida ispaniyalik Estrella Lopesni magʻlub etgan. Ushbu gʻalaba tufayli Diyora Keldiyorova dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbek qiziga aylangan[18].
Qirgʻizistonning Bishkek shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Park Da-Solga yutqazib qoʻygan va kumush medalni qoʻlga kiritgan[19]. 2021-yil iyul oyida Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Keldiyorova jamoaviy chempionatda bronza medalini qoʻlga kiritgan. 52 kg gacha vazn toifasida bronza uchun kurashda isroillik dzyudochi Gefen Primoga 10:0 hisobida yutqazgan[20]. Tokiodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Keldiyorova birinchi raundda moʻgʻulistonlik dzyudochi Lkhagvasuren Sosorbaramga imkoniyatni boy bergan[21].
2023-yilning may oyida Qatar poytaxtida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik dzyudochi finalda yaponiyalik sportchi Uta Abega yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yilning aprel oyida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida Diyora Keldiyorova bronza medali uchun kurashda janubiy koreyalik Yerin Jungni yengib, bronza medaliga sazovor boʻlgan[22]. 2024-yilning 20-may kuni Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlari oldidan Jahon chempionatida Diyora finalda italiyalik sportchi Odetta Giuffridaga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqdi[23].
Diyora Keldiyorova 2024-yilning 28-iyul kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda ippon bahosi bilan (10:1) yaponiyalik Uta Abeni magʻlub etdi. Finalda Keldiyorova kosovolik sportchi Distriya Krasnichini magʻlub etib, Olimpiya chempioni boʻldi[24].
Diyora Keldiyorova ayollar oʻrtasida dzyudo boʻyicha jahon chempionatida kumush medal[25] hamda yozgi olimipada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik ayol[26] hisoblanadi.
Diyora Keldiyorova quyidagi unvon va mukofotlar bilan taqdirlangan: