Zulfiya nomidagi davlat mukofoti
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi davlat mukofoti
Taqdirlash asosi adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport fan, taʼlim, jamoatchilik va axborot texnologiyalari yoʻnalishida faolligi uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1999-yil 10-iyun
Birinchi taqdirlash 2000
Oxirgi taqdirlash 2024
Mukofotlash soni 28
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 5-avgust, 2022-yil(2022-08-05) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida" 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan taʼsis qilingan.

Maktab, litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlarida aʼlo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida isteʼdodini namoyon qilib taʼlim olayotgan, istiqlol gʻoyalarini amalga oshirish yoʻlida astoydil mehnat qilayotgan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, sport, sanʼat, fan, taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi.

Mukofot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ikkitadan vakillariga jami 28 nafarga beriladi. Mukofotning har biri eng kam oylik ish haqqining 50 baravari miqdorida tayinlangan.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari boʻlgan maktab, litsey, kollej oʻquvchilari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi, ularga koʻkrak nishoni va diplomi topshiriladi. Mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiya xulosalari asosida Prezident qarori bilan har yili 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida beriladi[1].

Shavkat Mirziyoyevning 2021-yilgi qarori bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshidagi jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi va jamoatchilikka vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi[2].

2019-yilda tadqirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda tadqirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda tadqirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilda tadqirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilda tadqirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi;
  2. Samandarova Barno Tozaboy qizi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  3. Abdukarimova Feruza Ulug‘bek qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
  4. Muxtarxo‘jayeva Durdona Mutalibjon qizi - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
  5. Aminova Niginabonu Baxriddinovna - Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati);
  6. G‘ayratova Gulzoda San’at qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
  7. Anvarbekova Charos Anvarbek qizi - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati);
  8. Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  9. Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi;
  10. To‘rayeva Ma’mura O‘ral qizi - Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi;
  11. Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;
  12. Raxmatova Dildora Ismat qizi - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi;
  13. Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi - Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
  14. Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  15. Xudoyorova Farangiz - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi;
  16. Ergashova Baxora Sayfillo qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati);
  17. Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi - Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
  18. Obidova Hilola Ilhomjon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Beton sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari;
  19. Ilmatova Rinata Rinatovna - Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti;
  20. Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  21. Isomadinova Go‘zal Zaxriddin qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
  22. Yo‘ldosheva Nargiza Daston qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
  23. Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi;
  24. Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  25. Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  26. Yusupova Indira Rustamovna - Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
  27. Abdullayeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  28. Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi;

2024-yilda tadqirlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi;
  2. Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
  3. Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi;
  4. Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi — Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Gara guri” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi;
  5. Pulatova Mohichexra Temirovna — Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti;
  6. To‘xtamishova Gulnora Mels qizi — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi;
  7. Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati);
  8. Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
  9. Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);
  10. Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti;
  11. Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati);
  12. Omonboyeva Meruyert Erkin qizi — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Qosimqaji-Meruyert” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
  13. Xakimova Dilshoda Oybek qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  14. Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  15. Savadyan Vilana Arsenovna — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  16. Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi — Samarqand viloyati Tayloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasi muxbiri;
  17. Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);
  18. Irisqulova Kamola Normat qizi — Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati);
  19. Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati);
  20. Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna — Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
  21. Tursunboyeva Fotima Botir qizi — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati);
  22. Xaqnazarova Umida Ural qizi — Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti;
  23. Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi — Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi;
  24. Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi — Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi;
  25. Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi — Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  26. Sapayeva Risolat Rustam qizi — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi;
  27. Tosheva Marjana Rustam qizi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi;
  28. Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san’ati fakulteti 1-bosqich talabasi.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]