Firdavsbek Musabekov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
11-fevral 1997-yil Andijon viloyati |
Sport | |
Qaysi sport | suzish |
Murabbiy(lar)i | Nodirbek Abdullayev |
Medallar | |
Firdavsbek Ulugʻbek oʻgʻli Musabekov (tugʻ. 1997-yil 11-fevral, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Olimpiya chempioni, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Jahon chempionati kumush medali sovrindori, Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi va sovrindori.
2008-yildan boshlab Firdavsbek oʻzi tugʻilib oʻsgan Andijon shahridagi „Delfin“ sport klubida suzishni boshlagan. 2015- yildan buyon xalqaro musobaqalarda qatnashib kelmoqda[1].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u ukrainalik suzuvchi Aleksey Fedin bilan birga SB13 100 metrga brass usulida suzishda 1: 04,94 hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musabekovni "Oʻzbekiston iftixori " faxriy unvoni bilan[3].
Firdavsbek Musabekov 2018-yilda Berlinda (Germaniya) boʻlib oʻtgan Xalqaro Paralimpiya Jahon suzish seriyasida 50 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medal, 200 metrga esa xuddi shu uslubda bronza medalini qoʻlga kiritdi[4]. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida birinchi oʻrinni egalladi va kompleks bilan SM13 toifasida 200 metr masofaga kumush medalni qoʻlga kiritdi[5].
2019-yilda esa Firdavsbek Londonda (Buyuk Britaniya) paralimpiya suzish boʻyicha jahon chempionatida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi[6]. 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha 1:05.85[7] natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.