Beka begim | |
---|---|
Tugʻilishi |
1511-yil Xuroson, Eron |
Vafoti |
1582-yil 17-yanvar Dehli, Hindiston |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | Humoyun |
Otasi | Yodgor Bek |
Dini | Islom |
Beka Begim (tax. 1511 — 1582-yil 17-yanvar) 1530-yil 26-dekabrdan 1540-yil 17-maygacha va 1555-yil 22-fevraldan 1556-yil 27-yanvargacha Boburiylar imperiyasining podshosi boʻlgan Humoyunning katta xotini edi[1][2][3][4]. Beka haj ziyoratini ado etgandan keyin Hoji Begim nomi bilan ham tanilgan[5].
Bekabegim Boburiylar imperiyasida yodgorliklarni barpo etish anʼanasini boshlab bergan. Erining maqbarasi, Dehlidagi Humoyun maqbarasi XVI asr oxirida barpo etilgandan keyin bu aʼnana boshlagan. Musulmon Hindistonidagi bu birinchi ulkan monumental maqbarani Boburiy arxitekturasining eng yuqori nuqtasi boʻlgan keyingi Toj Mahalning dizayniga qatʼiy taʼsir koʻrsatadigan dastlabki durdona deb hisoblash mumkin[6][7][8][9][10][11][12].
Beka begim xurosonlik forslardan edi[13]. Humoyunning amakisi (togʻasi) Yodgor bekning[14] qizi, Yodgor Bek Sulton Ali Mirzoning ukasi, Kamron Mirzoning xotini Gulrux Begimning otasi boʻlgan. Beka Begim dono, yaxshi oʻqimishli ayol boʻlib, tibbiyot va davolashni ham chuqur bilardi.
Beka 1527-yilda birinchi amakivachchasi[15] shahzoda Nosiriddinga (keyinchalik „Humoyun“ nomi bilan atalgan) turmushga chiqqan. Nikoh Humoyun viloyat noibi sifatida (1527-1529) Badaxshonda ekanligida boʻlgan. 1528-yilning noyabrida u Humoyunning birinchi farzandi va oʻgʻli shahzoda Al-omon Mirzoni dunyoga keltirdi. Er-xotinni podsho Bobur merosxoʻr tugʻilgani bilan chin dildan tabrikladi. Lekin nevarasining ismi Boburga maʼqul kelmagan. Shahzoda goʻdakligida vafot etgan[16].
1530-yil dekabrda Bobur vafot etgach, Humoyun yigirma uch yoshida taxtga oʻtirgan. Beka esa Humoyun taxtga oʻtirganida endigina oʻn toʻqqiz yoshda edi. Keyinchalik u Hindistonga birinchi marta eri bilan birga kelgan. Beka umri davomida Humoyunning hurmatiga sazovor boʻlgan va oʻlimigacha uning sevimli va bosh turmush oʻrtogʻi boʻlib qolgan[17][18].
1531-yilda Beka Kobuldan Agraga kelganidan keyin podsho oilasiga ikkinchi homiladorligini eʼlon qildi. Bu yerda u oʻzining oxirgi farzandi, qizi Aqiqa Sulton Begimni dunyoga keltirdi[19]. 1539-yilda Beka eri bilan Bengaliyaning Chausa shahriga hamrohlik qilib yoʻlga otlandi va u yerda Sher Shoh Suri tomonidan asirga olingan. Shershoh qoʻshinlari tomonidan Humoyun hududiga yaxshi tayyorlangan kutilmagan hujumdan soʻng[20] podsho harami SherShohga asirga tushadi. Asiralar orasida Beka begim va qizi Aqiqa Sulton begim ham boʻlgan[21].
1539-yil 26-iyun kuni ertalab Humoyun uning tutqunligidan xabar topdi va darhol yoʻlga otlandi va Tardi begim, Bobo begim, Koʻch begim va janob Bachka Bahodirdan iborat toʻrt nafar zodagondan iborat kichik elchilarni yigʻdi. Ular podsholik asirlarini saqlab qolishga harakat qilib, afgʻon yerlaridan oʻtishda halokatga uchrashdi. Buning natijasida Tardi bekdan tashqari hamma yoʻq qilindi. Humoyun huzuriga tardi Bekning yolgʻiz oʻzi qaytib keldi. "Tazkirat-ul-umard"da bir Mir Pehlvon Badaxshining vafoti qayd etilgan. Dastlab, ikki sodiq askar-Bobo Jaloyir va Que Bek — podshoning amrlarini gʻayrat bilan bajarishga urinishdi. Biroq "Janob hazratlari qoʻrgʻoni eshigi oldida shahid boʻlishdi " va shaxsiy chodirlarning kirish qismida oʻldirildi[22].
Asirlikda boʻlganida, Beka begimga imperator Shershoh tomonidan juda xushmuomalalik va hurmat bilan munosabatda boʻlingan va uni oʻzining eng ishonchli sarkardasi Xovosxon kuzatuvida Humoyunga qaytarilgan[23][24]. Afsuski, Chausadagi ogʻir sinov uning sakkiz yoshli qizi Aqiqa Sulton Begimning 27-iyun kuni oʻlimiga olib keldi[25]. Humoyun juda xafa boʻldi va birinchi navbatda qizini Chausaga olib kelganiga pushaymon boʻldi. U oʻzini ayblab, ukasi Hindal Mirzoga: „Avvalgi tartibsizlikda Aqiqa bibi [uning qizi] gʻoyib boʻlgan edi, u dushman qoʻliga tushib qolganidan koʻra, oʻzim oʻldirmaganimdan abadiy afsusda edim“ deb oʻzini ayblaydi[26][27].
Beka ham Erondagi uzoq surgunligi davomida Safaviylar sulolasi saroyida Humoyun bilan birga edi[28]. Begim davlat ishlari bilan ham faol ishtirok etdi. Beka begimning qaynisi Zohid begim Bengaliyaga gubernator etib tayinlangan. Humoyun uni aybi uchun jazolamoqchi edi, biroq Zohid imperatordan kechirim soʻrab aybini yuvdi[29].
1556-yilda Humoyun vafot etganida, Bega begim erining oʻlimidan shu qadar qaygʻurdiki, u oʻz hayotini yagona maqsadga bagʻishladi: Dehlidagi Yamuna daryosi boʻyida Humoyunni xotirlash uchun imperiyadagi eng muhtasham maqbara qurishga bel bogʻladi[30]. Beka begim 1564-yilda qaynsinglisi Gulbadan begim bilan Makka va Madinaga haj ziyoratiga bordi[31]. U 1567-yilda Hajdan qaytdi[32] keyin Dehlida nafaqaga chiqqan va amalga oshiroqchi boʻlgan loyihani boshlagan[33].
Maqbarani qurish uchun podshoning shaxsiy meʼmori, eronlik Mirak Mirzo Gʻiyosni tanlagan[34]. Beka begim maorifga homiylik qilishga qiziqib, maqbara yonida madrasa tashkil qilgan. U shuningdek, qabr yonida Arab saroyini qurish uchun mas’ul edi[35].
Beka Begim 1582-yilda Dehlida kasallikdan soʻng vafot etdi. Oʻgay oʻgʻli podsho Akbar tomonidan taʼziya marosimi oʻtkazildi. Akbar haqiqatan ham unga shunchalik bogʻlangan ediki, koʻpchilik, Akbarning oʻzi ham tasdiqlaganidek, uni haqiqiy onasi deb Hamida Bonu Begim bilan adashtirib yuborishgan. Abd al-Qodir Badaʼuniy (Badauniy) Beka Begimni „Podsho [Akbar] ning ikkinchi onasi“ deb atagan[36]. Akbar uni dafn qilish uchun jasadini Humoyun qabriga yoniga qoʻydi[37].
Boburiylar davrida (XVI-XIX-asrlar) yodgorliklarni foydalanishga topshirish amaliyoti Beka Begimning saʼy-harakatlari ila Humoyun maqbarasi qurilishi bilan mashhur boʻldi. Musulmon Hindistonidagi bu birinchi ulkan monumental maqbarani boburiylar meʼmorchiligining yuksak nuqtasi boʻlgan keyingi Toj Mahalning dizayniga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgan dastlabki durdona deb hisoblash mumkin. Maqbara asosan forscha meʼmoriy uslublarga asoslangan boʻlsa-da, aql bilan hind meʼmorchiligiga uygʻunlashtirilgan. Atrofdagi bogʻ, shuningdek, Hindistondagi forscha „Chahar Bogʻ“ (chorakli bogʻ) barpo etilgan. Maqbara Hindiston poytaxti (Dehli) Boburiylar imperiyasining hokimiyatining eng yaxshi yodgorlik namunasidir[38].
Humoyunning uchta xotira jildi. Birinchi jild: Humoyunnoma va Tazkiratu’l-vaqíat; Ikkinchi jild: „Tarix-i Humoyun“, Fors tilidan Uiler Tekston tomonidan tarjima qilingan. Ikki tilli nashr, Bibliotheca Iranica: Intellectual Traditions, № 11 (2009-yil 15-mart).ISBN 1-56859-178-0ISBN 1-56859-178-0
Boburiy malikalar | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Bobur |
| ||||||||||
Humoyun |
| ||||||||||
Akbar |
| ||||||||||
Doniyol Mirzo |
| ||||||||||
Jahongir |
| ||||||||||
Shoh Jahon |
| ||||||||||
Doroshukuh |
| ||||||||||
Avrangzeb |
| ||||||||||
Muhammad Aʼzam Shoh |
| ||||||||||
Muhammadshoh |
| ||||||||||
Bahodirshoh II |
|