Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Kletskov | ||
Tavallud sanasi | 27-sentyabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Mari, Turkman SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2008 | Paxtakor | 61 | (4) |
2009 | Jiangsu Sainty | 27 | (5) |
2010 | Paxtakor | 12 | (1) |
2010 | Tianjin Teda | 13 | (0) |
2011—2012 | Paxtakor | 34 | (1) |
2013 | Dinamo | 11 | (1) |
2014 | Neftchi | 8 | (0) |
2015 | Soʻgʻdiyona | 10 | (0) |
2017 | Shukura Kobuleti | 5 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2006 | Oʻzbekiston | 10 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2018-yil 26-mart uchun) |
Aleksandr Kletskov (ruscha: Александр Клецков; 1985-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi, yaqinda Shukura Kobuleti jamoasida oʻynagan.
Aleksandr Kletskov 1985-yil 27-sentyabrda Mari shahrida tugʻilgan[1]. U markaziy himoyachi sifatida futbol oʻynagan. 2003—2004-yillarda Toshkentning „Paxtakor-2“ jamoasida oʻynagan. 2005-yilda „Paxtakor“ ning asosiy tarkibida debyut qilgan. Ketma-ket toʻrt mavsumni toshkentliklar safida oʻtkazdi[2][3][4]. Shu vaqt ichida u uch marta Oʻzbekiston chempioni (2005—2007) va bir marta kumush medal sohibi (2008) boʻlgan. Bundan tashqari, uch marta (2005—2007) Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.
2009-yilda Jiangsu Suning bilan shartnoma imzolab, Xitoyga koʻchib oʻtdi. 2010-yilda u Tianjin Tedaga koʻchib oʻtdi va u bilan milliy chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u „Paxtakor“ga qaytib, u bilan Oʻzbekiston chempionatida (2010-yilda kumush, 2011-yilda bronza, 2012-yilda oltin) medallar jamlanmasini qoʻlga kiritdi, shuningdek, mamlakat kubogini (2011) qoʻlga kiritdi. Osiyo Chempionlar ligasida qatnashgan, 7 ta oʻyin oʻtkazgan[5].
Kletskov futbolchilik faoliyatini „Paxtakor“da boshlagan va klub safida OChLning bir necha oʻyinida maydonga tushgan[6][7]. U shuningdek, Xitoy Superligasida „Jiangsu Sainty“ va „Tianjin Teda“ jamoalarida oʻynagan[8].
2013-yil 13-iyulda u Turkiyaning Orduspor klubiga oʻtdi va klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi[9][10][11], ammo keyinchalik transfer bekor qilingan va futbolchi 6 oyga futboldan chetlatilgan[12][13]. Kletskov 2014-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan[14][15][16].
2006-yilning 6-sentabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyatidagi yagona oʻyinni oʻtkazdi. Osiyo Kubogi saralash bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkong terma jamoasi bilan mehmonda durang oʻynadi (0:0), Kletskov 90 daqiqa maydonda oʻtkazdi[17].