„Faxriy murabbiy“ orden
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolari
Taqdirlash asosi yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot gʻoyalardan asrash, adashganlarni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek barchaga shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2020-yil 9-iyun.

„Faxriy murabbiy“ ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot gʻoyalardan asrash, adashganlarni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek oʻzining chuqur bilimi va boy hayotiy tajribasi bilan yordamga muhtoj hamda ogʻir ahvolga tushib qolgan yoshlar va oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ish bilan taʼminlash hamda tadbirkorlikka oʻrgatish, buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida barchaga shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi[1][2][3][4][5].

Mukofotlash tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Faxriy murabbiy“ ordeni bilan:

tuman va shaharlarni yot gʻoyalardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda erishgan yuksak natijalari hamda ibratli faoliyati uchun mukofotlanadi.

Tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Faxriy murabbiy“ ordeni 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan latundan tayyorlanadi va ikkita qoplamali medalondan iborat boʻladi.

Yana qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]