Assotsiatsiya | Xitoy Taypeyi Futbol Assotsiatsiya (CTFA) | ||
---|---|---|---|
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | EAFF (Sharqiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | Yeh Hsien-chung | ||
Sardor | Wu Chun-ching | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Chen Po-liang (80) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Chen Po-liang (25) | ||
Uy stadioni | Kaohsiung Milliy stadioni | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 157 — Avgust 2022, | ||
Eng yuqori | 121 (Aprel-Mayl 2018,) | ||
Eng past | 191 (Iyun 2016,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Norasmiy | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Guam 0-10 Xitoy Taypeyi (Makao; 17 Iyun 2007) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Quvayt 10-0 Xitoy Taypeyi (Al Ain, Birlashgan Arab Amirliklari; 9 Noyabr 2006) |
Xitoy Taypeyi milliy futbol jamoasi xalqaro futbolda Tayvan (Xitoy Respublikasi) sharafini himoya qiladi va Xitoy Taypeyi futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi vaqtga qadar FIFA Jahon chempionatiga chiqa olmaganiga qaramay, yarim asr ilgari Tayvan nomi bilan mashhur boʻlgan Xitoy Taypeyi 1960 va 1968-yillardagi Osiyo Kubogida yarim finalga qadar etib borgan va birinchisida uchinchi oʻrinni egallagan. Jamoa 1954 va 1958-yilgi Osiyo oʻyinlarida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan, ammo jamoadagi baʼzi oʻyinchilar Britaniya Gonkongidan boʻlgan.
Xitoy Taypeyi futbol assotsiatsiyasi (CTFA) 1924-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) sifatida materik Xitoyda tashkil etilgan va 1949-yilda Xitoy fuqarolar urushi oxirida Tayvanga koʻchirilgan. 1932-yilda Xitoy sifatida FIFAga aʼzo boʻlgan mamlakat 1954-yilda FIFAga qayta qoʻshildi, avvaliga Tayvan nomi bilan, soʻngra 1980-yilda Xitoy Taypeyi deb oʻzgartirildi.
Jamoaning eng katta muvaffaqiyati 1960-yilda Tayvan terma jamoasi safida OFK Osiyo Kubogida uchinchi oʻrinni egallagani boʻldi. Biroq, Gonkong terma jamoasi Osiyoning eng yaxshilaridan biri boʻlmasa-da, jamoadagi koʻplab futbolchilar asli Gonkongdan boʻlgan[3].
Xitoy Xalq Respublikasi (Xitoy PR) bilan siyosiy ziddiyat tufayli Xitoy Taypeyi nomi bilan tanilgan Tayvan Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi tarkibiga kirdi va 1975-yildan 1989-yilgacha Okeaniya davlatlari bilan birgalikda Jahon chempionati saralash bosqichida qatnashdi.
Xitoy Taypeyi 2018-yilning iyul oyida taniqli ingliz murabbiyi Gary White boshchiligida FIFA reytingida 121-o‘rinni egalladi[4]. 2017-yilning kuzidan, Gary White kelganidan beri uning strategiyalari nafaqat milliy terma jamoani, balki oroldagi futbol standartlarini ham yaxshilashga xizmat qildi. Tayvan merosiga ega boʻlgan isteʼdodlarni chet eldan izlash uchun kengaytirilgan skaut operatsiyasi ham uning rejalarining bir qismi edi. Tim Chow, Will Donkin va Emilio Estevez kabi futbolchilar terma jamoaga jalb etildi.
2017-yil dekabr oyida Xitoy Taypeyida Laos, [[Filippin milliy futbol terma jamoasi|Filippin] va Sharqiy-Timor terma jamoalarini o‘z ichiga olgan A-darajali musobaqa bo‘lgan CTFA xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa oʻz vaqtida mamlakat terma jamoasini kelgusi yillarda o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari va turnirlarga tayyorgarlik ko‘rishda sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan. Xitoy Taypeyi uchta oʻyinning barchasida gʻalaba qozonib, mini-turnirda 55 yil ichida birinchi rasmiy xalqaro kubokini qoʻlga kiritdi[5]. Jamoa kiritgan toʻrtta gol (ulardan ikkitasi Laosga qarshi final oʻyinida) tufayli hujumchi Li Mao musobaqaning eng yaxshi toʻpurari deb topildi[6].
Gary White Xitoy Taypeyi uchun muvaffaqiyatli davrni boshqargan, jumladan, FIFA xalqaro oʻyinlarida qatorasiga 7 ta gʻalaba qozongan. Tayvanni 1968-yildan beri ilk bor Osiyo Kubogiga olib chiqish ishlarini olib borgan Gary jamoani saralashning uchinchi bosqichiga olib chiqdi va turnirga yoʻllanmani qoʻldan boy berdi. Bahrayn va Turkmaniston foydasiga atigi bir ochkoga orqada qoldi. Keyin Gonkong terma jamoasi Gary Whitega shartnoma taklif qildi va Gary White ushbu taklif tufayli 2018-yilning sentyabrida Tayvandagi rolini tark etdi.
Jamoaning uy oʻyinlarining aksariyati Taypeydagi Chungshan futbol stadionida boʻlib oʻtadi, u 2008-yilda yopilgan. Stadion sigʻimi 20 000 kishidan bir oz koʻproq edi.
Eng ko'p o'yinda ishtirok etgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Eng yaxshi toʻpurarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Janubiy Sharqiy Osiyo (ASEAN) | |
---|---|
Markaziy Osiyo (CAFA) | |
Sharqiy Osiyo (EAFF) | |
Jaubiy Osiyo (SAFF) | |
Gʻarbiy Osiyo (WAFF) | |
Tugatilgan | |
Sobiq |
|
1 Vaqtinchalik uyushma aʼzosi, ammo, FIFA aʼzosi emas 2FIFA va AFC Gon Kong va Makao deb nomlaydi, EAFF esa Gon Kong, Xitoy va Makao, Xitoy deb nomlaydi. |