Tahallusi |
龙之队 (Buyuk devor) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Xitoy Xalq Respublikasi futbol assotsiatsiyasi (CFA) | ||
Konfederatsiya | AFC | ||
Sub-konfederatsiya | EAFF | ||
Bosh murabbiy | Li Xiaopeng | ||
Sardor | Wu Xi | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Li Weifeng (112) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Hao Haidong (41) | ||
Uy stadioni | Milliy stadion (Pekin) | ||
FIFA kodi | CHN | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 80 1 (20 July 2023)[1] | ||
Eng yuqori | 37 (Dekabr 1998) | ||
Eng past | 109 (Mart 2013) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Filippin 2–1 China (Manila, Filippin; 1-fevral 1913)[2] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Xitoy 19–0 Guam (Ho Chi Minh, Vietnam; 26 Yanvar 2000) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Braziliya 8–0 Xitoy (Recife, Braziliya; 10 Sentabr 2012) |
Xitoy milliy futbol terma jamoasi (xitoycha: 中国国家足球队) — xalqaro futbol musobaqalarida Xitoy sharafini himoya qiluvchi jamoa hisoblanadi. Boshqaruv organi – Xitoy Xalq Respublikasi futbol assotsiatsiyasi.
Xitoy futbol assotsiatsiyasi 1924-yilda tashkil etilgan va 1931-yilda FIFAga qabul qilingan. Xitoy 1949-yilda Xitoy Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasiga ajratilgan. 1955-yilga kelib ushbu mamlakat oʻzining Xitoy futbol assotsiatsiyasini tashkil etadi va 1979-yilda FIFAga a’zo boʻladi. 1984- va 2004-yillarda XXR Osiyo kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan. Makao va Gonkongga qaytib kelgan terma jamoa a’zolari “Gongkong (Xitoy)” va “Makao (Xitoy)” nomi ostida barcha futbol turnirlarda ishtirok eta boshlaydi.
Xitoyda futbol ancha mashhur va milliy terma jamoaning muvaffaqiyati milliy gʻururi hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlarga koʻra, Xitoyda 2002-yilgi jahon chempionatida milliy terma jamoaning chiqishlarini 300 millionga yaqin odam tomosha qilgan. Chempionat oldidan mamlakatda 170 millionga yaqin yangi televizor sotilgan. 250 milliondan ortiq odam 2004-yilgi Osiyo Kubogi finalini tomosha qilgan. Ushbu jonli efir Xitoy Xalq Respublikasi telekoʻrsatuvlari tarixidagi eng yirik voqea sifatida tarixga muhrlangan[3].
Bosh murabbiy Li Syaopeng tomonidan JCh-2022 saralash oʻyinlarida Yaponiya (2022-yil 27-yanvar) va Vyetnam (2022-yil 1-fevral)ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi futbolchilar maydonga tushirilgan.
2022-yil 22-iyul holatiga ko ‘ra oʻyinlar va gollar:
Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 22-mart holatiga koʻra, milliy terma jamoada eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻnta oʻyinchi[4]:
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|