Madrasa | |
Validai Abdulazizxon madrasasi
| |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
![]() |
39°45′57″N 64°24′14″E / 39.76583°N 64.40389°E
Validai Abdulazizxon madrasasi — Oʻzbekistonning Buxoro shahrida joylashgan madrasa. Madrasa ashtarxoniylar davrida qurib bitkazilgan. Madrasaning qurulishi XV asrda boshlangan va qurilish uchun 2 asrga yaqin vaqt sarflanib, XVII asrda qurib bitkazilgan. Bu madrasaning yaratilish tarixi Abdulazizxon (1647-1680) nomi bilan bogʻliqdir. Abdulazizxon Buxoroda yana bir madrasa — Abdulazizxon madrasasini yaratib, u yerni o‘zining oliy maktabiga aylantirdi.
18—19–asrlarda Validayi Abdulazizxon madrasasi Buxoro taʼlim tizimi tarkibida boʻlgan va maktab sifatida foydalanilgan. Ayni paytda madrasa binosi meʼmoriy yodgorlik boʻlib, UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasa shaharning janubi-gʻarbiy qismida, Juybor va Muhammad Iqbol koʻchalari kesishmasidagi bogʻ hududida joylashgan. Yaqinida yana bir madrasa, Joʻybori Kalon madrasasi joylashgan.
Madrasa binosi gʻishtdan qurilgan. Bir necha kirish eshigi mavjud boʻlib, ayvon bilan oʻralgan. Ayvon ustunlari yogʻochdan yasalgan va figurali oʻymakorlik bezaklari bilan bezatilgan. Binoni ushlab turish uchun ustunlar beton poydevorga oʻrnatiladi. Madrasa burchaklarida kuzatuv minoralari mavjud boʻlgan binolar joylashgan.
Validai Abdulazizxon madrasasi ikki qavatli bino boʻlib, birinchi qavat asosiy qavat hisoblanadi. Va unda, asosan, darslar uchun xonalar mavjud. Ikkinchi qavat goʻzal, koʻk gumbaz bilan oʻralgan minorani oʻz ichiga olgan ustki inshootdir.
Buxorodagi diqqatga sazovor joylar | |||
---|---|---|---|
Qal’alar | |||
Ansambllar va komplekslar | Bahouddin majmuasi • Chor Bakr • Govkushon majmuasi • Xoʻja Zaynuddin majmuasi • Labihovuz ansambli (Koʻkaldosh madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Nodir devonbegi xonaqohi) • Poyi kalon ansambli (Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasasi • ) • Xalfa Xudoydod majmuasi | ||
Maqbaralar | |||
Madrasalar | Abdulazizxon madrasasi • Volidayi Abdulazizxon madrasasi • Gʻoziyon madrasasi • Koʻkaldosh madrasasi • Domullo Tursunjon madrasasi • Ulugʻbek madrasasi • Nodir devonbegi madrasasi • Qoʻshmadrasa (Modarixon madrasasi, Abdullaxon madrasasi) • Jubbori Kalon madrasasi • Chor minor | ||
Masjidlar | |||
Boshqa diqqatga sazovor joylar | Buxoro zindoni • Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi • Sitorai mohi xosa • Timlar: Toqi sarrofon • Toqi zargaron • Toqi telpakfurushon • Abdullaxon timi |