Buxoro zindoni | |
---|---|
![]() | |
Koordinatalari | 39/46/44/N/64/24/50/E |
Material | Pishgan g‘isht |
Ochilish sanasi | XVIII asr |
Yopilish sanasi | 1920—yil |
Xarita | |
Koordinatalari | 39°46′45.149″N 64°24′50.202″E / 39.77920806°N 64.41394500°E |
Buxoro zindoni — Buxoro amirining qamoqxonasi. U XVIII asr oxirida, mangʻitlar sulolasi davrida qurilgan, Buxoro amirligining eng yirik zindonlaridan biri edi. Buxoro inqilobi, monarxiya qulashi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgandan keyin yopilgan. Hozirda u shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda Buxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyi joylashgan[1].
Zindon XVIII-asr 2-yarmida, mangʻitlar sulolasi davrida qurilgan boʻlib, qadimiy shahristonning shimoliy-gʻarbiy burchagida, oʻrta asrlarga oid Xoʻja Nizomiddin bolo guzari hududida, Ark qalʼasidan yuz metr shimoli-sharqda joylashgan.
Zindonning atrofi pishiq gʻisht terib qurilgan va yuqorisi ham baland gashtin devor bilan oʻralgan tepalik ustidagi imoratlar majmuasidan iborat. Zindonga kichik peshtoqli va 2 tabaqali qadimiy yogʻoch eshigi boʻlgan darvozaxonadan kiriladi. Zindon ikki qismga boʻlinadi: zindoni bolo — yuqori zindon va zindoni poyon — quyi zindon. Birinchi qism mahkumlar uchun xonalari boʻlgan bir nechta hovlilardan iborat. Zindonning bu qismidagi asirlarni har oyda ikki marta maydondagi zanjir bilan bogʻlangan holda sayrga olib chieilgan. Mahbuslar ob-havodan qatʼi nazar, yalangoyoq yurishgan. Ikkinchi qism diametri 5 metr va chuqurligi 6,5 metr boʻlgan chuqur oʻradan iborat boʻlib, jinoyatchilar uning tubiga arqonlar bilan tushirilgan, shuningdek, ularga oziq-ovqat ham xuddi shu tarzda uzatilgan. Oʻsha davrdagi koʻplab musulmon mamlakatlarida mahbuslarni yoki ogʻir jinoyatlarda ayblanganlarni chuqur oʻraga qamab qoʻyish qoʻllanilgan. Bitta maxsus katta kamera siyosiy mahbuslar va u yoki bu sabablarga koʻra zindonga tushib qolgan xonlikning yuqori martabali amaldorlari uchun moʻljallangan edi. Koʻpincha qoʻzgʻolonchilar, qotillar, qaroqchilar, oʻgʻrilar, qarzdorlar, zoʻrlovchilar (agar ularga oʻlim jazosi qoʻllanilmagan boʻlsa), oʻlimga hukm qilinganlar (koʻpincha boshni kesish qoʻllanilgan) va hukm chiqarilgandan keyin darhol sodir etilmagan boʻlsa, ijro etilishini kutayotganlar, shuningdek, hukmni kutayotgan gumondorlar zindonga tashlangan. Hovlisida turli davrlarga oid pastak gʻishtin binolar bor. Bular zindonbon xonasi, soliq toʻlamaganlar, qarzdorlar va siyosiy mahbuslar hamda oʻlimga mahkum etilganlar uchun qurilgan xonalardir.
Buxoro zindoni Buxoroning boshqa meʼmoriy, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari qatori UNESCOning O‘zbekistondagi Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
2020-yilda zindonda Behbudiy haqidagi filmning ayrim epizodlari suratga olingan[2].
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Buxorodagi diqqatga sazovor joylar | |||
---|---|---|---|
Qal’alar | |||
Ansambllar va komplekslar | Bahouddin majmuasi • Chor Bakr • Govkushon majmuasi • Xoʻja Zaynuddin majmuasi • Labihovuz ansambli (Koʻkaldosh madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Nodir devonbegi xonaqohi) • Poyi kalon ansambli (Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasasi • ) • Xalfa Xudoydod majmuasi | ||
Maqbaralar | |||
Madrasalar | Abdulazizxon madrasasi • Volidayi Abdulazizxon madrasasi • Gʻoziyon madrasasi • Koʻkaldosh madrasasi • Domullo Tursunjon madrasasi • Ulugʻbek madrasasi • Nodir devonbegi madrasasi • Qoʻshmadrasa (Modarixon madrasasi, Abdullaxon madrasasi) • Jubbori Kalon madrasasi • Chor minor | ||
Masjidlar | |||
Boshqa diqqatga sazovor joylar | Buxoro zindoni • Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi • Sitorai mohi xosa • Timlar: Toqi sarrofon • Toqi zargaron • Toqi telpakfurushon • Abdullaxon timi |