Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) | |
---|---|
Xalqaro nomi | Tashkent State University of Economics |
Asos solingan | 1931-yil |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Toʻlqin Teshaboyev |
Talabalari | ~ 44 360[1] |
Fakultetlar | 5 |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Aspirantura | bor |
Doktorantura | bor |
Fan doktorlari | 42 ta |
Professorlar | 76 ta |
Manzili | Toshkent, Islom Karimov koʻchasi 49, 100066 Oʻzbekiston |
Vebsayti | tsue.uz |
Koordinatalari: 41°18′22.000000000012″N 69°15′16.000000000003″E / 41.30611111111111455°N 69.25444444444444514°E G O
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy universitetlardan biri.
Universitet tarkibiga 9 ta fakultet, kafedra, ilmiy-tadqiqot markazlari, respublika iqtisodiyot litseyi, iqtisodiyot gimnaziyasi kiradi. Universitet bitiruvchilari orasida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bor.
1918-yilda Turkiston xalq universitetida savdo sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etildi[2]. 1924-yil Turkiston universiteti qoshida savdo sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar negizida ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti tashkil etildi. 1925-yil Turkiston universitetining ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy fanlar fakultetiga aylantirilib, uning negizida mahalliy iqtisodiyot va huquq fakulteti tashkil etildi. 1931-yilda Toshkentda rejalashtirish institutini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, keyinchalik u Oʻrta Osiyo davlat savdo va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan mashhur boʻldi. 1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga aylantirilga. 1946-yil Ikkinchi jahon urushi yillarida Olmaotaga evakuatsiya qilingan Leningrad Hisob-iqtisod instituti Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga qoʻshildi. Ikkita yangi fakultet ochildi: kredit-iqtisod va buxgalteriya hisobi-iqtisod. 1947-yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida sanoat va qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlashni boshlagan rejalashtirish-iqtisod fakulteti tashkil etildi. 1948-yilda kechki fakultet tashkil etilib, iqtisodchilarni maxsus ish joyida tayyorlay boshladi. 1955-yilda sirtqi fakultet tashkil etildi, keyinchalik u umumiy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi va moliya mutaxassisliklariga boʻlingan. 1962-yilda Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti Toshkent xalq xoʻjaligi instituti deb oʻzgartirildi. Bu institut 1962—1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1967-yilda tayyorgarlik kurslari, 1970-yilda esa tayyorgarlik boʻlimi tashkil etildi. 1968-yilda Iqtisodiy kibernetika fakulteti tashkil etildi. Matematik fanlar ulushini oshirish hisobiga iqtisodchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari mustahkamlandi. 1970-yilda Savdo-iqtisod fakulteti tashkil etildi. Biznes yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari amaliy biznes fanlarini qamrab olish uchun kengaytirildi va mustahkamlandi. Iqtisodiyot va biznes uchun institut tomonidan tayyorlanayotgan kadrlar assortimenti sezilarli darajada oshdi. 1973-yilda Toshkent toʻqimachilik kombinatida kechki fakultet tarkibida filial tashkil etildi. Biroz vaqt oʻtgach, Samarqand va Qarshi oʻquv-maslahat markazlari, Andijon va Qoʻqon filiallari, umumiy iqtisodiy sirtqi fakultetning yangi boʻlimlari ochildi. 1981-yilda Savdo-iqtisod fakultetidan ajralib chiqqan mehnat va taʼminot iqtisodiyoti fakulteti tashkil etildi. 1991-yil 19-iyundan iqtisodiyot universiteti. Universitetda Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit, Korporativ boshqaruv, Iqtisodiyotda axborot tizimlari va Xalqaro turizm fakultetlari, Magistratura va Sirtqi boʻlimi, 24 ta kafedra bor. Universitetda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi, Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, universitet tarixi muzeyi faoliyat olib boradi. 1993-yilda Samarqand shahrida universitet filiali tashkil etildi[3].
# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi[4] |
---|---|---|
1 | 60112400 | Professional taʼlim: iqtisodiyot |
2 | 60310100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
3 | 60310100 | Iqtisodiyot (taraqqiyot iqtisodiyoti) |
4 | 60310100 | Iqtisodiyot (shaharlar iqtisodiyoti) |
5 | 60310100 | Iqtisodiyot (yashil iqtisodiyot) |
6 | 60310200 | Ekonometrika |
7 | 60310300 | Mintaqaviy iqtisodiyot |
8 | 60310400 | Iqtisodiy xavfsizlik |
9 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
10 | 60410100 | Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) |
11 | 60410200 | Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha) |
12 | 60410400 | Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
13 | 60410500 | Bank ishi va auditi |
14 | 5232000 | Sugʻurta ishi |
15 | 60410700 | Byudjet nazorati va gʻaznachiligi |
16 | 60410800 | Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
17 | 60411200 | Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
18 | 60411200 | Menejment: turizm biznesini boshqarish |
19 | 60411300 | Biznesni boshqarish (barqaror biznes) |
20 | 60411400 | Inson resurslarini boshqarish |
21 | 60411700 | Logistika (yoʻnalishlar boʻyicha) |
22 | 60411900 | Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
(mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha) |
23 | 60412100 | Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari |
24 | 60412500 | Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
25 | 60610200 | Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar
boʻyicha) |
26 | 60412500 | Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) |
27 | 60610700 | Sunʼiy intellekt |
28 | 61010100 | Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish |
29 | 60411300 | Biznesni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) |
30 | 60411500 | Biznes-tahlil |
31 | 60411600 | Korporativ boshqaruv |
32 | 61010400 | Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) |
# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5230100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
2 | 5230200 | Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
3 | 5230400 | Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
4 | 5230700 | Bank ishi va auditi |
5 | 5230800 | Soliqlar va soliqqa tortish |
6 | 5230900 | Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) |
7 | 5231400 | Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
8 | 5231600 | Inson resurslarini boshqarish |
9 | 5232400 | Iqtisodiy xavfsizlik |
# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi[5] |
---|---|---|
1 | 70112401 | Professional taʼlim nazariyasi va metodikasi: iqtisodiyot |
2 | 70310102 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
3 | 70310103 | Makroiqtisodiyot |
4 | 70310106 | Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari |
5 | 70310201 | Ekonometrika |
6 | 70310501 | Raqamli iqtisodiyot |
7 | 70410101 | Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
8 | 70410101 | Buxgalteriya hisobi (sud buxgalteriyasi) |
9 | 70410102 | Audit (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
10 | 70410103 | Byudjet hisobi va nazorati |
11 | 70410201 | Soliqlar va soliqqa tortish (tarmoqlar va faoliyat turlari
boʻyicha) |
12 | 70410401 | Davlat moliyasi va xalqaro moliya |
13 | 70410501 | Bank ishi va auditi |
14 | 70410801 | Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
15 | 70411201 | Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
16 | 70411302 | Biznesni boshqarish (Master of Business Administration —
MBA) |
17 | 70411401 | Inson resurslarini boshqarish |
18 | 70411601 | Korporativ boshqaruv |
19 | 70411701 | Logistika (yoʻnalishlar boʻyicha) |
20 | 70411901 | Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha) |
21 | 70411902 | Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari
boʻyicha) |
22 | 70412201 | Davlat moliyaviy nazorati va auditi |
23 | 70412501 | Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
24 | 70610701 | Sunʼiy intellekt |
25 | 71010401 | Turizm (faoliyat turlari boʻyicha) |
26 | 71010401 | Turizm (ziyorat turizmi) |
2018/19 oʻquv yilida universitetda 6000dan ortiq talaba oʻqidi, 404 professor-oʻqituvchilar, shu jumladan 43 fan doktori va 130 fan nomzodi va dotsentlar ishladi. 2018/19 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻydi. Unt dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan. 1991—2019-yillarda untda 200 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil oldi, 700 dan ortiq xorijlik professor oʻqituvchilar ishladi. Unt AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Vengriya, Koreya, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ukrainadagi 100dan ortiq nufuzli untlar, institutlar, ilmiy maktablar bilan aloqalarga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy ishlar toʻplamlari, „Iqtisodiyot va taʼlim“ jurnalini nashr etadi.
Iqtisodiyot fakulteti 1947-yilda tashkil etilgan. Fakultetni tashkil qilishda va uning taraqqiyotida taniqli olimlar va oliy maktab asoschilari B. Tursunov, M. M. Qoriev, M. H. Zaynutdinov, A. A. Azatyan va A. S. Danilovlarning xizmatlari katta.
Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:
Fakultet qoʻyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:
Quyidagi yoʻnalishlarda esa, magistrlar yetishtiradi:
a) Xalqaro, mahalliy axborot va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash boʻyicha:
2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 45 ta ilmiy maqola chop etildi (yillik rejaga nisbatan 90%). Ilmiy maqola chop etish salmogʻi 8 ta professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola, 4 ta ilmiy darajali professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola chop etilishi toʻgʻri kelgan. Hozirgacha Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda universitetning 88 ta mualliflari tomonidan 74 ta ilmiy maqola 60 ta ilmiy jurnalda chop etilgan. Universitet professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlarining Scopus maʼlumotlar bazasidan pandemiya sharoitida universitet hududidan tashqarida masofadan turib foydalana olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Elsevier kompaniyasining SciVal onlayn platformasini boshqa OTMlar bilan birgalikda konsorsium orqali (TDIU, TDIU Samarqand filiali, TMI, Samarqand davlat tibbayoyot instituti) chegirma bilan xarid qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Chet el davriy nashrlariga (jurnal, gazeta) aʼzolikni taʼminlash, professor-oʻqituvchilar uchun akademik ingliz tilini oʻqitish kurslarini tashkil qilish, bakalavrning birinchi bosqichidan ingliz tilida yozma bayon qilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida insho, esse, xatlar tayyorlash koʻnikmalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqot metodologiyasi yoritib berilgan adabiyotlardan keng foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, professor oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning chet tilida, jumladan, ingliz tilida chop etilayotgan ilmiy materiallar bilan muntazam tanishtirib borish maqsalila Springer, Grebennikov va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning yozma akademik ingliz tili koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Germaniyadagi Leybnis qishloq xoʻjaligini rivojlantirish instituti bilan ekonomika/stata fanlari va akademik ingliz tillari boʻyicha on-layn kurslar tashkil qilingan.
AQSHning nufuzli oliygohlaridan biri Vayyoming universiteti professori bilan „Tadqiqot metodologiyasi“ mavzusida sertifikat onlayn kurs tashkil qilingan.
Nashr qilinadigan konferensiya toʻplamlar, ilmiy maqolalar, monografiyalarni plagiatga tekshirish maqsadida antiplagiat.ru saytiga kirish imkoniyati yaratildi va kelgusi yil uchun obuna xarib qilish ishlari olib borilmoqda.
2019-yilda Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 28 ta ilmiy maqola chop etildi. Ilmiy maqola chop etish salmogʻi 14 ta professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola, 6 ta ilmiy darajali professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola chop etilishi toʻgʻri kelgan. 2018 va 2017-yillarda Scopus hamda ScienceDirect maʼlumotlar bazasi tarkibiga kirgan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda jami 5 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.
b) Chop etilgan tezis va ilmiy maqolalar boʻyicha
2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra universitetda 12 ta respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar, 2 ta hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 1 ta xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1 ta universitet miqyosidagi talabalar konferensiyasi masofadan turib on-layn koʻrinishda Zoom dasturida oʻtkazildi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, barcha xalqaro konferensiyalar on-layn platformalarda oʻtkazildi. 2020-yil sentabr holatiga professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan ishlanmalar uchun 2 ta patent va 17 ta mualliflik guvohnomalarini olgan.
2019-yilda 56 ta darslik, 168 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 35 ta monografiya, 2 ta xalqaro ilmiy amaliy-anjuman maqolalari toʻplami, 9 ta respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari, 2 ta universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻplamlari nashr etildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 251 ta, shu jumladan, respublika ilmiy jurnallarida esa 387 ta ilmiy maqolalar nashr qilindi. Bundan tashqari, 703 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi. Shundan, 124 tasi xalqaro konferensiyalarda, 346 tasi respublika anjumanlarida hamda 223 tasi OTMda oʻtkazilgan turli mavzulardagi konferensiya materiallarida chop etilgan.
2018-yil davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan 11 ta darslik, 38 ta oʻquv qoʻllanma, 18 ta oʻquv uslubiy koʻllanma, 27 ta monografiya, 353 ta respublika ilmiy jurnallarida 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilindi. Shuningdek, 2 ta vazirlik miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari, 3 ta universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari nashr etildi, bundan tashqari 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalari toʻplami, 7 ta respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻplamlari, 715 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi.
2017-yilda universitet professor-oʻqituvchilar tomonidan jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi boʻyicha jami 898,24 mln. soʻmlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. soʻmlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.soʻmlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.soʻmlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. Hisobot davrida chop etilgan 13 ta darslik, 40 ta oʻquv qoʻllanma, 17 ta monografiya, 148 ta xorijiy va 243 ta respublika miqyosidagi jurnallardagi ilmiy maqolalar, 852 ta respublika va universitet ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamida, 197 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamidagi tezislar universitet professor-oʻqituvchilarining samarali mehnat qilganini koʻrsatmoqda.
s) Kafedralarda soʻnggi 2 yilda bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy-tadqiqot ishlari salmogʻi
2019-yil yakuniga koʻra universitetda 397 nafar professor-oʻqituvchi asosiy shtatda ishlagan. Ulardan 38 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 113 nafari fan nomzodi hamda 19 nafar falsafa doktori (PhD)dir. Mazkur yilda 387 ta OAK roʻyxatidagi respublika va 251 xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 703 ta xorijda va respublikada oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamida tezislar, 35 ta monografiyani hisobga olib, bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmogʻi 3,5 tani tashkil qilgan (yillik oʻsish 25%). Shu bilan birga, 7 ta oʻqituvchiga 1 ta darslik, 2 ta oʻqituvchiga 1 ta oʻquv qoʻllanma chop etilishi toʻgʻri kelgan. 2018-yil yakuniga koʻra universitetda 423 nafar professor-oʻqituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritgan. Ulardan 44 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 134 nafari fan nomzodlaridir. Hisobot yilida 353 OAK roʻyxatidagi respublika va 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 715 ta xorij va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy amaliy anjumanlaridagi tezislar, 27 ta monografiyalarni hisobga olib, bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmogʻi 2,8 tani tashkil qilgan. Shu bilan birga,33 oʻqituvchiga 1 ta darslik, 11 ta oʻqituvchiga 1 ta oʻquv qoʻllanma chop etilishi toʻgʻri kelgan.
d) Professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish mexanizmlari boʻyicha. Universitetda 2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra 325 nafar professor-oʻqituvchi, shu jumladan 154 nafari ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar (47,4%). ilmiy darajali professor-oʻqituvchilarning 42 nafari fan doktori/DSc (12,9%), 112 nafari fan nomzodi/PhD (34,5%) faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi „Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida“gi 1030-sonli qarori ijrosi taʼminlash, professor-oʻqituvchilarni faol ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqtirish maqsadida har oylik qoʻshimcha haq toʻlash 35 nafar fan nomzodi (PhD) ga 23.5% va 32 nafar fan doktori (DSc) ga 89% qoʻshimcha haq toʻlash belgilandi. Bir martalik qoʻshimcha haq toʻlash uchun esa 14 fan doktori (DSc) ga 39% va 3 nafar fan nomzodi (PhD) ga 2% qoʻshimcha haq toʻlash belgilandi.
a) Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari tijoratlashtirilganligi (grant va DITD loyihalar)
2020-yilda universitetda jami 11 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 2492,95 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 3 ta jami 517,51 mln.soʻmlik fundamental, 8 ta 1975,43 mln.soʻmlik amaliy olib borilmoqda. Shu bilan birga, 1 ta 400,00 mln.soʻmlik amaliy yangi loyiha oʻzlashtirilgan.
Universitetda 2020-2021-yillarda umumiy qiymati 182.000 AQSH dollariga teng 8 ta grant amalga oshirilishi koʻzda tutilgan:
Universitet boʻyicha 2020-yil uchun xoʻjalik va pullik xizmat shartnomalarining yillik rejasi jami 573,9 mln. soʻm qilib belgilangan. Hozirgi kunga qadar mavjud 9 ta mutaxassislik kafedralari boʻyicha 203,3 mln. soʻmlik jami 32 ta pullik va xoʻjalik shartnomalari imzolashga erishildi (rejaga nisbatan 35%). Ushbu shartnomalari boʻyicha 87,3 mln. soʻmlik pul mablagʻlari universitet hisob raqamiga kelib tushdi. 2019-yilda universitetda jami 14 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 1653,1 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilgan. Jumladan, 4 ta jami 392,24 mln.soʻmlik fundamental, 9 ta 1194,05 mln.soʻmlik amaliy, 1 ta 66,8 mln. soʻmlik yoshlar amaliy loyihalar boʻyicha ishlar bajarilgan. 2019-yil uchun xoʻjalik va pullik shartnomalar yillik rejasi jami 291,6 mln. soʻm qilib belgilangan. 2019-yil yakuni boʻyicha xoʻjalik shartnomalari asosida 361,46 mln. soʻmlik pul mablagʻlari universitet hisob raqamiga kelib tushgan (rejaga nisbatan 124%).
2018-yilda universitetda jami 19 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 1264,848 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 4 ta jami 234,87 mln.soʻmlik fundamental, 14 ta 989,975 mln.soʻmlik amaliy, 1 ta 40 mln.soʻmlik yoshlar amaliy loyihalari olib borilgan. 2018-yilga xoʻjalik shartnomalarining yillik rejasi 225,6 mln. soʻm etib belgilangan boʻlsa, 2018-yil ohirida 340,546 mln. soʻmlik xoʻjalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi (rejaga nisbatan 151%).
Universitetda 2017-yilda jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi boʻyicha jami 898,24 mln. soʻmlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. soʻmlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.soʻmlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.soʻmlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. 2017-yilda universitet boʻyicha jami yillik reja 182,2 mln. soʻm qilib belgilangan boʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida universitet hisob raqamiga 186,179 mln. soʻm mablagʻlar tushgan (rejaga nisbatan 102,2%).
b) Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilganligi
2017-2019-yillarda universitetning tayanch doktorat, doktorant va mustaqil izlanuvchilari tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklari boʻyicha 84 ta taklif va tavsiyalar yuborilgan boʻlib, ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha respublika vazirlik va idoralari, real sektor korxonalarigadan 70 ta dalolatnomalar olinda va ularda jami 124,5 ming AQSH dollari hamda 110,5 mlrd soʻmlik kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilgan.
Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha 2017-2019-yillarda tayanch doktoranturani 45 nafar tayanch doktorant (PhD), 11 nafar doktorant (DSc), 105 nafar (PhD) mustaqil izlanuvchilari va 24 nafar (DSc) mustaqil izlanuvchi tamomlagan. Doktorantlarning himoya qilish koʻrsatkichi 55,4 foizni tashkil qilgandi.
2017-2019-yilldarda 101 nafar dissertatsiya ishini himoya qilgan izlanuvchilardan 57 nafari (56,4%) universitetda oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
a) Startaplar boʻyicha
Jumladan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2020-yil 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddi mutaxassislar bilan hamkorlikda „Oliy taʼlim muassasasida talaba-yoshlarning startap loyihalari“ tanlovini tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi va universitetning maslahat kengashi va ekspert komissiyasi tasdiqlandi. Universitet startap loyihalari boʻyicha „Respublika startap-loyihalari“ koʻrgazmasiga yigirmata loyiha bilan ishtirok etishi vazifalari belgilab olindi.
Ikki oy davom etgan saralash davrida talabalar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan „Avitsenna“, „I-Rotel“, „Chemistry Invest“, „Ecomove“, „Proizvodstvo uglerodnogo volokna“, „Healpcare“, „Ecopybook“, „4AGREEN“ va „Agro logistika“ kabi ellikdan ortiq startap loyihalari muhokama qilindi. 2020-yil 5-may kuni talabalar va izlanuvchilarning „Eng yaxshi innovatsion tadbirkorlik loyihalari“ ruknida startap loyihalari boʻyicha masofaviy onlayn koʻrik-tanlov tashkil etildi.
Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan eʼlon qilingan „2020-yilda 20 ta eng yaxshi startap loyihasi“ tanlovida (hab bir loyiha uchun 100 mln.soʻm) ishtirok etish uchun talabalarning yigirmadan ortiq eng sara loyihalari vazirlikning elektron roʻyxatidan oʻtdi va tanlovda ishtirok etish uchun yuborildi. Vazirlikning „Innovatsion gʻoyalar yetakchisi“ koʻrik tanloviga oʻnta loyiha tashabbuskorlari nomzodlari berildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda „Startaplar toʻgʻrisida“gi hamda „Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida“gi qonun loyihalari vazirlikning rahbar xodimlari bilan muhokama qilinib, qonun loyihalariga universitet tomonidan taklif va tavsiyalar yuborildi.
Universitetda IT-PARK xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, universitet yoshlarining kreativ innovatsion salohiyatini oshirish, yosh talabalarni axborot texnologiyalar sohasida oʻqitishni tashkil qilish, yoshlarning innovatsion gʻoyalari va startap loyixalarni qoʻllab-quvvatlash, inkubatsiya va akseleratsiya jarayonlarini hamda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzolandi.