Mullajonov Fayzulla Maqsudjonovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi | |
Mansab davri 1991-yil 23-noyabr – 2017-yil 23-maygacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shukrullo Mirsaidov Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Mamarizo Nurmurodov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-yanvar 1950-yil Sirdaryo, OʻzSSR |
Vafoti |
23-may 2017-yil (67 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Fayzulla Maqsudjonovich Mullajonov (Файзулла Максуджонович Муллажонов; 02.01.1950 — 23.05.2017) — o'zbek iqtisodchisi va davlat arbobi. 1991—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruv raisi bo'lgan[1].
1950-yili Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
1971-yili Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini davlat banki Sirdaryo viloyati boʻlimida kredit nazoratchisi vazifasidan boshladi. Keyinchalik ushbu viloyatda bank sohasida turli masʼul lavozimlarda xizmat qilgan.
1991—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi lavozimida ishlagan.
Oʻgʻli — Abdumajid, Toshkent shahri Olmazor tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, keyinchalik shu tuman hokimi boʻlgan. 2021-yil 19-iyulda vafot etgan[2].
Oʻgʻli — Abduqahhor, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida boshqarma boshligʻi[3].
Mullajonov 2017-yil 23-may kunining ikkinchi yarmida 67 yoshida xastaligi tufayli vafot etdi[4]. U Toshkent shahrida joylashgan Yalongʻoch-2 qabristoniga dafn qilingan.