Pirimqul Qodirov
Tavalludi 25-oktyabr 1928-yil
Vafoti 20-dekabr 2010-yil(2010-12-20)
(82 yoshda)
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Janr Sarguzasht, tarixiy asarlar
Shoh asari „Yulduzli tunlar“ (1978)
Mukofotlari
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Pirimqul Qodirov (1928-yil 25-oktyabr, Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻi – 2010-yil 20-dekabr, Toshkent) – oʻzbek yozuvchisi.

Biografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1928-yil 25-oktyabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi.

1951-yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.

1990–2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining raisi, keyinchalik rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi.

Ijodi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi kitobi – „Studentlar“ 1950-yilda chop etilgan. Yangi avlod oʻzbek ziyolilarining shakllanishi „Uch ildiz“ romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959-yilda Moskvada rus tilida chop etildi. Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti „Qora koʻzlar“ (1966) romanida aks ettirilgan. Pirimqul Qodirov „Qadrim“ (1963), „Erk“ (1969), „Meros“ (1975) qissalari, „Olmos kamar“ (1977) romani muallifi.

Soʻng oʻttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uygʻotadigan „Yulduzli tunlar“ (1978), „Avlodlar dovoni“ (1988), „Ona lochin vidosi“ (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan.

Olim Pirimqul Qodirov „Til va dil“ (1973), „Xalq tili va realistik proza“ (1974) singari ilmiy, „Oʻylar“ (1971), „Qalb gavhari“ (2001) badiiy kitoblar muallifi.

Tarjimalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pirimqul Qodirov Lev Tolstoyning „Kazaklar“ qissasi, Konstantin Fedinning „Ilk sevinchlar“, X. Deryaevning „Qismat“ romanini oʻzbekchaga tarjima qilgan.

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1981-yilda „Yulduzli tunlar“ romani uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

1983-yilda „Olmos kamar“ romani uchun SSSR yozuvchilar uyushmasi mukofoti berilgan.

1988-yilda „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni berilgan[1][2].

1994-yilda Shuhrat medali berilgan.

1998-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni berildi.

2006-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan.

Vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adib 2010-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Shermuhamedov R. „Pirimqul Qodirov“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1983.
  2. Sharafiddinov O. "Adabiy etyudlar". T.: Adabiyot va sanʼat, 1968, 139-166

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Pirimqul Qodirov haqida sahifa mavjud.