Namangan xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: NMA – ICAO kodi: UTKN | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Davlat mulki | ||
Egasi | Oʻzbekiston hukumati | ||
Operator | Uzbekistan Airports AJ | ||
Xizmat doirasi | Namangan | ||
Joylashuvi | Namangan, Oʻzbekiston | ||
Dengiz sathidan balandligi | https://www.uzairways.com/en/flights/international-airport-namangan ft / 474 m | ||
Koordinatalari | 40°59′04″N 071°33′24″E / 40.98444°N 71.55667°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
10/28 | 10,698 | 3,261 | Asfalt |
Manba: World Aero Data[1] |
Namangan aeroporti (IATA: NMA, ICAO: UTFN) — Namangan shahri gʻarbida joylashgan xalqaro aeroport.
Namangan xalqaro aeroporti 2021-yilgacha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va MDH davlatlarining boshqa aviakompaniyalari samolyotlari uchun muqobil aerodrom bo‘lgan [2].
Biroq 2021-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Farg‘ona vodiysidagi ikkita aeroport – Namangan va Farg‘ona shaharlari xalqaro aeroportlari hududida “Sharqiy” habni tashkil etishga qaror qildi.
2022-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Transport vazirligi koʻmagida “O‘zbekiston havo yo‘llari” va Uzbekistan Airports kompaniyalarining qoʻshma loyihasi boʻlgan „Sharqiy“ hab yoʻlga qoʻyildi. Loyiha Rossiyaning 9 shahriga — Moskva, Orenburg, Ufa, Samara, Omsk, Irkutsk, Krasnodar, Yekaterinburg hamda Perm shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri arzon reyslarni amalga oshirishni nazarda tutadi [3].
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan “Sharqiy" hab tashkil etilishining asosiy maqsadi – Fargʻona vodiysidan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha parvoz qilish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi [4]. Loyihaga koʻra, aviakompaniya mintaqadan Rossiya Federatsiyasi va Fargʻona vodiysi aholisi orasida mashhur boʻlgan uzoq xorij shaharlariga yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish maqsadida Namangan va Fargʻona shaharlarining xalqaro aeroportlaridan foydalanadi.
Milliy aviakompaniyaning Uzbekistan Airways Express havo kemalarida Full Economy (toʻliq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Ilk parvoz 2022-yilning 30-yanvar kuni Namangan-Perm yoʻnalishida amalga oshirildi [5]. Ushbu reysda "O‘zbekiston havo yo‘llari"ning Airbus A320 samolyoti 174 nafar yoʻlovchini Rossiyaning Perm shahridagi xalqaro aeroportga yetkazdi [6]. 31-yamvar kuni esa Namangandan Moskva va Orenburgga parvozlar qilindi [3].
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha aviachiptalar narxini 30 foizga pasaytirdi. Narxlar pasayishiga samolyotdagi oʻrindiqlar sonining ko‘payishi va xizmat ko‘rsatish (oziq-ovqat, bagaj) xarajatlarining kamayishi hisobiga erishildi [3].
2022-yil yakuni holatida quyidagi reyslar amalga oshiriladi:
2022-yilda quyidagi aviakompaniyalar Namangan xalqaro aeroportiga muntazam reyslarni amalga oshira boshladilar:
Aviakompaniya nomi | Parvoz manzili | Eslatma |
---|---|---|
flyDubai | Dubay | Ilk parvoz 2022-yil 25-sentabrda amalga oshirildi. Aviakompaniyaning Boeing 737 rusumli havo kemasi Namangandan Dubayga 190 nafar yo‘lovchini olib ketdi [7] |
Jazeera Airways | Al-Kuvayt | [8] |
NordStar | Krasnoyarsk | |
Red Wings Airlines | Maxachqala, Moskva (Jukovskiy aeroporti), Yekaterinburg | |
S7 Airlines | Novosibirsk | [9] |
Smartavia | Sankt-Peterburg | Aviakompaniyaning Boeing-737 rusumli havo kemasida 2-dekabr kuni tongda 137 nafar yo‘lovchi Sankt-Peterburgdan Namanganga olib kelindi [10] |
Ural Airlines | Krasnodar, Moskva-Jukovskiy, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg | |
Yamal | Moskva (Domodedovo aeroporti) | Ilk parvozni 2022-yil 19-sentabr kuni amalga oshirdi. Bortida 221 nafar yoʻlovchi boʻlgan Airbus A321 samolyoti Namangan xalqaro aeroportiga qoʻndi [11] |
SCAT | Olmaota |
Xalqaro | |
---|---|
Mahalliy | |
Harbiy |
|