Andijon xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: AZN – ICAO kodi: UTFA | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Davlat mulki | ||
Egasi | Oʻzbekiston hukumati | ||
Operator | Uzbekistan Airports AJ | ||
Xizmat doirasi | Andijon | ||
Joylashuvi | Andijon viloyati, Oʻzbekiston | ||
Dengiz sathidan balandligi | 462 m / 1 515 ft | ||
Koordinatalari | 40°43′40″N 72°17′38″E / 40.72778°N 72.29389°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
04/22 | 2 978 | 9 770 | Beton |
Manba: DAFIF[1][2] |
Andijon aeroporti Andijon shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan xalqaro aeroport. Mahalliy yoʻnalishlardan tashqari Rossiyaning Domodedovo xalqaro aeroporti (Moskva), Tolmachevo xalqaro aeroporti (Novosibirsk), Pulkovo xalqaro aeroporti (Sankt-Peterburg) bilan aloqalari bor [3].
SSSR Harbiy vazirining 1950-yil 23-dekabrdagi buyrugʻiga binoan 1954-yi aerodrom havo hujumidan mudofaa aviatsiyasini joylashtirish uchun qurilgan. 1954-yil noyabrdan 1992-yil maygacha bo'lgan davrda aerodromda 9-gvardiya qiruvchi aviatsiyasi bazasi hisoblangan [4]. SSSR parchalanganidan keyin 1992-yil may oyida polk Oʻzbekiston yurisdiktsiyasiga oʻtkazildi va 62-qiruvchi aviatsiya polki deb nomlandi[4].
Sovet Ittifoqi davrida aeroportdan SSSRning quyidagi shaharlariga samoyotlar qatnagan:
Sovet Ittifoqi davrida Andijon aeroportidan Toshkent (22 reys, shu jumladan: An-24 va Yak-40 samolyotlarida kuniga 8-9 reys va TU-154 samolyotlarida (164-180 oʻrin) kuniga 3-4 reys), Samarqand (2 reys — 1 reys haftasiga 4 martadan, 2-reys haftasiga 3 martadan), Qarshi (haftasiga 4 martadan), Nukus (haftasiga 4 martadan), Buxoro, Urganch, Termiz va Jizzax (har biriga haftasiga 3 martadan) shaharlariga tinimsiz samolyotlar qatnagan [5].
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yilda aeroport Oʻzbekistonning yurisdiktsiyasiga oʻtgan. Andijon xalqaro aeroporti sifatida fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi uy aeroporti hisoblanadi.
2015-yilda Andijon aeroportiga xalqaro aeroport maqomi berildi. Aeroport binosida yo‘lovchilarning kelish va jo‘natish terminali, alohida bino – tranzit yo‘lovchilar zali va alohida bino – rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali mavjud.
2019-yildan boshlab aeroport "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati tasarrufida [6]. Kompaniya 100 foiz ulush bilan egalik qiluvchi „Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti“ MChJ aeroportni operativ boshqaradi.
2020-yil 19-iyulda chiqqan PQ-4755 sonli prezident qaroriga muvofiq, Andijon xalqaro aeroportiga „Zahiriddin Muhammad Bobur“ nomi berilgan [7].
2020-yil 1-avgustdan boshlab Andijon xalqaro aeroportida "beshinchi havo erkinligi" huquqini qoʻllagan holda ochiq osmon rejimi joriy qilingan [8].
Andijon xalqaro aeroportidan bugungi kunda reyslar amalga oshirilmayapti. Aeroport 2023-yil 1-apreldan rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan parvozlar uchun yopildi. Aeroport 2023-yil oxiriga qadar faoliyat koʻrsatmaydi [9].
Xalqaro | |
---|---|
Mahalliy | |
Harbiy |
|