Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gao Zhunyi | ||
Tavallud sanasi | 21-avgust 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Yanji, Jilin, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.86 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Wuhan Three Towns | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005-2008 | Nanyang Brazil Football School | ||
2009-2013 | Shanghai Luckystar | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014 | Kataller Toyama | 17 | (1) |
2015 | Avispa Fukuoka | 7 | (0) |
2015-2016 | Shandong Luneng | 0 | (0) |
2016 | → Hebei China Fortune (ijara) | 23 | (0) |
2017-2018 | Hebei China Fortune | 35 | (2) |
2019-2022 | Guangzhou Evergrande | 50 | (2) |
2022- | Wuhan Three Towns | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2013-2014 | China U-20 | 12 | (1) |
2015-2018 | China U-23 | 25 | (7) |
2017- | China | 11 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 29-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 29-mart uchun) |
Gao Zhunyi (1995-yil, 21-avgustda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Wuhan Three Towns klubida oʻynaydi.
Gao Zhunyi futbolchilik faoliyatini 2009-yilda Shanghai Luckystar klubida boshlagan.[1] 2014-yil, 31-yanvarda u J2 ligasi jamoasi Kataller Toyamaga o‘tdi,[2] bu esa uni Jia Xiuquan va Xu Xiaofeidan keyin Yaponiya professional ligalarida o‘ynagan uchinchi xitoylik futbolchiga aylantirdi.[3] U klubdagi debyutini 2014-yilning 26-martida Yokohama klubiga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazdi va Kataller Toyamada o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi.[4] U klubdagi ilk golini 2014-yil, 29-aprelda Matsumoto Yamaga FCga qarshi o‘yinda (3:2) kiritdi va u klub tarixidagi 18 yosh, 8 oy va 8 kunlik eng yosh to‘purarga aylandi.[5] 2015-yil, 13-yanvarda Kataller Toyama 2014-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng Gao ikkinchi toifadagi Avispa Fukuoka klubiga oʻtdi. U klubdagi debyutini 2015-yilning 1-aprelida Yokohomaga qarshi o‘yinda (2:2) o‘tkazdi.
2015-yilning 3-iyulida Gao Xitoy Superligasi vakili Shandun Lunenga oʻtdi.[6] 2016-yilning 25-fevralida Gao 2017-yilning 31-yanvarigacha Hebei China Fortune jamoasiga ijaraga berildi.[7] U klubdagi debyutini 2016-yilning 4-martida Guanzhou R&F klubiga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, Dong Xueshengning oʻrniga maydonga tushdi.[8] 2017-yilning fevralida Gao I Liga vakili CFR Cluj taklifini rad etganidan soʻng, klubga doimiy ravishda oʻtdi.[9]
2019-yilning 2-fevralida Gao Guangzhou Evergrande jamoasiga o‘tdi.[10]
Gao Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2017-yilning 10-yanvarida Xitoy kubogi-2017 doirasida Islandiyaga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazdi.[11]
Gao Zhunyi — sobiq xitoylik futbolchi Gao Zhongxunning oʻgʻli.[12]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Kataller Toyama | 2014 yil | J2 ligasi | 17 | 1 | 1 | 0 | - | - | 18 | 1 | ||
Avispa Fukuoka | 2015 yil | 7 | 0 | 0 | 0 | - | - | 7 | 0 | |||
Shandong Luneng | 2015 yil | Xitoy Superligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
Hebei China Fortune | 2016 yil | 23 | 0 | 2 | 0 | - | - | 25 | 0 | |||
2017 yil | 19 | 2 | 1 | 0 | - | - | 20 | 2 | ||||
2018 yil | 16 | 0 | 0 | 0 | - | - | 16 | 0 | ||||
Jami | 58 | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 61 | 2 | ||
Guangzhou Evergrande | 2019 yil | Xitoy Superligasi | 24 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | - | 33 | 0 | |
2020 yil | 11 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 11 | 0 | |||
2021 yil | 15 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 15 | 2 | |||
Jami | 50 | 2 | 2 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 59 | 2 | ||
Karyera jami | 132 | 5 | 6 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 145 | 5 |
Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2017 | 4 | 0 |
2018 | 0 | 0 |
2019 | 4 | 0 |
2020 | 0 | 0 |
2021 | 1 | 0 |
2022 | 2 | 0 |
Jami | 11 | 0 |