Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yukhym Dmytrovych Konoplya | ||
Tavallud sanasi | 26-avgust 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Donetsk, Ukraina | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shakhtar Donetsk | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012—2017 | Shakhtar Donetsk | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017— | Shakhtar Donetsk | 15 | (2) |
2019—2021 | → Desna Chernihiv (ijara) | 44 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2014—2015 | Ukraina U17 | 7 | (0) |
2016 | Ukraina U18 | 1 | (0) |
2018 | Ukraina U19 | 4 | (0) |
2019 | Ukraina U20 | 8 | (0) |
2019—2020 | Ukraina U21 | 7 | (1) |
2020— | Ukraina | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 21-oktyabr uchun) |
Yukhym Dmytrovych Konoplya (talaffuzi: Yuxim Konoplya; 1999-yil 26-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. Ukraina Premyer-ligasi vakili Shakhtar Donetsk klubida himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Donetskda tugʻilgan Konoplya Shakhtar akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. 2017—2018- va 2018—2019-yilgi mavsumlarda UEFA Yoshlar ligasida Donetskning „Shakhtar“ jamoasi bilan o‘ynagan.
2019-yilning yozida Desna Chernihiv klubiga ijaraga oʻtdi va 2019-yil 3-avgustda Poltavaning „Vorskla“siga qarshi oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib Ukraina Premyer-ligasida sifatida debyut qildi[1]. Mavsum yakunida klub tarixda ilk bor UEFA Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi[2]. 2020-yilning yozida Desna Chernihiv bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga rozi boʻldi[3][4]. 2020-yil 30-sentabr kuni Chernigov klubi bilan Ukraina kubogi doirasida Rux Lvovga qarshi o‘ynadi. Uchrashuv Desna foydasiga hal boʻldi va klub 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi[5]. 2021-yil 9-may kuni Ukraina Premyer-ligasida Mariupolga qarshi o‘yinda debyut golini urdi[6].
2021-yilning yozida Shakhtar bilan shartnoma imzoladi[7]. 21-avgust kuni „Chornomorets“ stadionida „Chornomorets Odesa“ga qarshi klub mavsumdagi debyutini oʻtkazdi[8]. 22-sentyabr kuni 2021-yilgi Ukraina Superkubogi doirasida Kiyevdagi „Olimpiyskiy MSK“ stadionida Dinamo Kievga qarshi bahsda 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv Shakhtar foydasiga hal boʻldi[9][10]. 3-dekabr kuni Ukraina Premyer-ligasidagi ilk golini Lviv darvozasiga kiritdi[11].
20 yoshgacha boʻlgan Ukraina milliy terma jamoasi tarkibi bilan Konoplya 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib chiqqan[12]. Ukrainaning muvaffaqiyatida muhim rol oʻynadi, yettita uchrashuvning oltitasida maydonga tushdi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Konoplya 21 yoshgacha boʻlgan Ukraina milliy terma jamoasiga kiritilgan, beshta oʻyinda ishtirok etgan. 2019-yilda Valeriy Lobanovskyi xotirasiga bagʻishlangan turnirda jamoasi bilan gʻalaba qozongan[13]. 2020-yil 8-sentyabrda 2021-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida Finlandiya darvozasiga gol urdi[14][15].
2020-yil oktabr oyida Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini hamda UEFA Millatlar ligasi doirasida Germaniya va Ispaniyaga qarshi o‘yinlar uchun Ukraina kattalar terma jamoasiga chaqirildi[16][17]. 7-oktabr kuni Stad de Fransda Fransiyaga qarshi milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi[18]. 14-noyabr kuni Leipzigdagi Red Bull Arenada Germaniyaga qarshi oʻyinda ishtirok etdi[19].
2022-yil 9-yanvarda Konoplya Anastasiya Hladun bilan turmush qurdi[20].
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Desna Chernihiv (ijara) | 2019—2020 | Ukraina Premyer-ligasi | 22 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 0 |
2020—2021 | 22 | 1 | 2 | 0 | 1 [lower-alpha 1] | 0 | 0 | 0 | 25 | 1 | ||
Jami | 44 | 1 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 49 | 1 | ||
Shakhtar Donetsk | 2021—2022 | Ukraina Premyer-ligasi | 9 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 [lower-alpha 2] | 0 | 11 | 1 |
2022—2023 | Ukraina Premyer-ligasi | 6 | 1 | 1 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 12 | 1 | |
Jami | 15 | 2 | 2 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 23 | 2 | ||
Jami faoliyati | 59 | 3 | 6 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 72 | 3 |
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ukraina | 2020 | 3 | 0 |
2022 | 2 | 0 | |
Jami | 5 | 0 |
Shakhtar Donetsk
Shakhtar Donetsk U19
Ukraina U20
Ukraina U21