Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (inglizcha: European Economy Community; qisqartmasi YIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957-yilda Rim shartnomasiga koʻra tuzilgan, baʼzida „Umumiy bozor“ deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot aʼzosi boʻlgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-yildan), Gretsiya (1981-yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986-yildan) qoʻshilgan. YEIH qitʼada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini koʻtarish yoʻli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-yil Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism boʻlib kirdi.[1]
Bayroq | Mamlakat | Aʼzo boʻlgan sanasi | Til(lar) | Valyuta | Aholi (1990)[2] |
---|---|---|---|---|---|
Belgiya | 25 Mart 1957 | niderlandcha, fransuzcha va olmoncha | belgiya franki | 10 016 000 | |
Fransiya | 25 Mart 1957 | French | fransuz franki | 56 718 000 | |
Gʻarbiy Germaniya/Germaniya | 25 Mart 1957 | olmoncha | olmon markasi | 63 254 000 | |
Italiya | 25 Mart 1957 | italyan | italyan lirasi | 56 762 700 | |
Lyuksemburg | 25 Mart 1957 | fransuzcha, olmoncha va lyuksemburgcha | lyuksemburg franki | 384 400 | |
Niderlandiya | 25 Mart 1957 | niderlandcha | niderland gulderi | 14 892 300 | |
Daniya | 1 Yanvar 1973 | dancha | dan kronasi | 5 146 500 | |
Irlandiya | 1 Yanvar 1973 | irlandcha va inglizcha | irlandiya funti | 3 521 000 | |
Birlashgan Qirollik | 1 Yanvar 1973 | inglizcha | funt sterling | 57 681 000 | |
Gretsiya | 1 Yanvar 1981 | grekcha | grek draxmasi | 10 120 000 | |
Portugaliya | 1 Yanvar 1986 | portugalcha | potugal eskudosi | 9 862 500 | |
Ispaniya | 1 Yanvar 1986 | ispancha | ispan pesetasi | 38 993 800 |
Vikiomborda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati haqida turkum mavjud |