Yevroosiyo banki | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Faoliyati | Bank ishi |
Asos solingan | 2024-yil |
Bosh kompaniyasi |
„Yevroosiyo banki“ AJ ( KAZ) |
Boshqaruvchi jamiyati |
“Yevrosiyo moliya kompaniyasi” AJ ( KAZ) |
Yevroosiyo banki AJ – 2024-yilda Oʻzbekistonda faoliyatini boshlagan aksiyadorlik jamiyati. Bank Qozogʻistonning „Yevroosiyo banki“ning shoʻba tashkiloti hisoblanadi[1][2][3].
2021-yil Qozogʻistonning „Yevroosiyo banki“i rahbari Valentin Morozov oʻz intervyusida qoʻshni respublika bank bozorining jozibadorligini taʼkidlab, bu yerda faoliyat boshlash haqida maʼlum qiladi[4][5].
Hamma bu bozorga eʼtibor qaratmoqda. Shu jumladan biz ham. Ishonchim komilki, Rossiyada ham, Xitoyda ham, Yaqin Sharqda ham, Londonda ham, Nyu-Yorkda ham, Gonkongda ham, Tokioda ham ular Oʻzbekistonga qarab turibdi. Masala kim borishi va kimga ruxsat berilishidadir. Shuningdek kim muvaffaqiyatga erisha olishida ham. Barchasini vaqt koʻrsatadi. Ammo buni eʼtiborsiz qoldirishning iloji yoʻqligi haqiqatdir[6].
— Valentin Morozov[4]
Qozogʻiston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi 2022-yil 12-dekabrda chiqargan № 116 sonli qarori asosida[7] „Yevroosiyo banki“ga Oʻzbekistonda aynan shu nom bilan faoliyat koʻrsatishga ruxsat beriladi[2][4].
2023-yil may oyida regulyator Qozogʻiston Yevroosiyo bankiga Oʻzbekistonda shoʻba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsatnoma berdi. Shundan soʻng Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Saydullaev shoʻba korxona yil oxirigacha ish boshlashini kutayotganini maʼlum qiladi[2].
2024-yil 12-yanvar kuni Markaziy bank tomonidan „Yevroosiyo banki“ga litsenziya beriladi[8][9][2].
Yevrosiyo banki 1994-yilda yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan boʻlib, aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar munosabati bilan 2003-yilda aksiyadorlik jamiyati (OAJ) sifatida qayta roʻyxatdan oʻtgan[10]. Ushbu bank oʻz navbatida “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” AJ bank va sugʻurta xolding kompaniyasining shoʻʼba kompaniyasi boʻlib[11], bank aktsiyalarining 100 foizi ushbu shirkatga tegishli. “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” AJning yakuniy benefitsiarlari Ibragimovlar oilasi[12] (33,3 foiz), Aleksandr Mashkevich (33,3 %) va asli oʻzbekistonlik tadbirkor Fattoh Shodiyev hisoblanadi[13][14].
Bankning bosh ofisi Qozogʻistonning Olmaota shahrida joylashgan. 2023-yil 1-noyabr holatiga bank Qozogʻistonda 19 ta hududiy filialga ega[9].
Oʻzbekiston banklari | |
---|---|
Markaziy bank | |
Tijorat banklari |
|
Sobiq banklar |
|