Yevgeniy Shoxin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yevgeniy Nikolayevich Shoxin
Tavallud sanasi 17-avgust 1952-yil (1952-08-17) (71 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Yarim himoyachi / Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1970—1979 Neftchi 30+ (40+)
1976 Paxtakor 9 (0)
1980 Soʻgʻdiyona 29 (0)
1981 Neftchi 34 (1)
1982 Yoshlik 15 (0)
Boshqargan klublari
1988—1999 Neftchi (Yordamchi murabbiy)
2013—2014 Neftchi (Bosh murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yevgeniy Nikolayevich Shoxin (ruscha: Николаевич, Шохин Евгений; 17-avgust, 1952-yil, Oʻzbekiston SSR) – SSSR va Oʻzbekistonning sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubida futbol murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Faoliyati

Futbolchilik faoliyati

Yevgeniy faoliyatini Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. Fargʻona jamoasi tarkibida besh mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 1976-yilgi mavsumda SSSR Birinchi Ligasi ishtirokchisi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. "Paxtakor jamoasida bir mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 1977-yilgi mavsumda yana Fargʻonaga, „Neftchi“ jamoasi tarkibiga qaytgan. Neftchi jamoasi tarkibida 1979-yilgi mavsumgacha toʻp surgan. 1980-yilgi mavsumda Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi safiga oʻtgan. Faoliyatini 1982-yilgi mavsumda Toʻrqoʻrgʻonning „Yoshlik“ jamoasida yakunlagan. Yevgeniy faoliyati davomida himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

Yevgeniy murabbiylik faoliyatini „Neftchi“ jamoasida 1988-yilgi mavsumda bosh murabbiy Yuriy Sarkisyanga yordamchi murabbiy sifatida boshlagan[1]. 2013-yilgi mavsumda Yuriy Sarkisyan bosh murabbiylik vazifasidan ozod etilganidan soʻng[2] bir muddat jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiylik qilgan[3].

Manbalar

Havolalar