Yena universiteti - Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti — Germaniyadagi yirik universitetlardan biri. 1558-yil Yenadagi akademik gimnaziya negizida tashkil qilingan. Falsafa va tarix, filol., iqtisodiy kibernetika, pedagog, adabiyot va sanʼat, tibbiyot, biol., kimyo, fizika, mat., texnologiya, huquq, teologiya, jismoniy tarbiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 5 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Universitet kutubxonasila (1558-yil tashkil etilgan) 2,5 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil