Masjid | |
Xolid ibn Valid masjidi
| |
Xolid ibn Valid masjidi, 2009-yil. | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Daha | Yangiobod |
Tuman | Yashnobod |
Manzil | Chilon ota koʻchasi[1] 17-uy[2] |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschilari | mahalliy aholi |
Homiylar | Qatar elchisi (2004-yilgi qurilish) |
Binokorlik | 1966-yil 1978-yil—1979-yil 2004-yil 2022-yil—2023-yil |
Soʻngi imom | Ismoiljonov Isroiljon Ismoiljon oʻgʻli[3][2] |
Maqomi | Ishlaydi |
Gumbazlar soni | 4 |
Gumbazlar soni | 4 |
Qurilish materiali | Gʻisht, marmar, yogʻoch, temir |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
| |
Xolid ibn Valid masjidi (Toshkent) Vikiomborda |
41°26′9″N 69°35′53″E / 41.43583°N 69.59806°E
Xolid ibn Valid masjidi — Toshkent shahri Yashnobod tumani Yangiobod dahasida joylashgan jomeʼ masjidi. Masjid ushbu hududdagi yirik masjid hisoblanadi[3]. 1998-yil 14-avgust sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].
1966-yilda Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatida hozirgi Yashnobod tumanidagi 21-portsyezd sovxoz yeridan yer ajratilgan boʻlib, aholi koʻchib kelgandan keyin Chilonota qabristonida kichik mahalla masjidi qurilgan. Mazkur masjid 2004-yilga qadar „Yangiobod“ masjidi deb yuritilgan. 2004-yildan boshlab Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tavsiyayasiga binoan masjidga islom tarixidagi koʻzga koʻringan sahobiy va lashkarboshi „Sayfulloh“ („Allohning qilichi“) laqabli sahoba Xolid ibn Valid nomi berilgan[4].
1978-yilda Toshkentning Labzak, Minor va Qashqar mahallari hududiga davlat muassasalari va koʻp qavatli uylar qurilishi natijasida mahalliy aholi bilan birga hududdagi mavjud masjid hom-ashyolari ham koʻchirib keltirilib, „Yangiobod“ masjidini kengaytirib qayta qurish ishlari boshlangan. 1979-yilda mahalla ahlining saʼy-harakatlari bilan masjid qurib bitkaziladi[4].
2004-yilga kelib masjid taʼmirtalab boʻlib qolgan edi. Yangiobod maxalla fuqarolarinin5g iltimosiga binoan qaytadan taʼmirlandi. Masjid qurilishi asosan mahalliy aholi sarmoyasi va oʻsha vaqtdagi Quvayt davlatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Al Kandariyning shaxsiy mablagʻlari evaziga amalga oshirildi. Masjidda zamonaviy bezak ishlari amalga oshirilib koʻrkam holatga keltirildi[4].
2022-yilda masjidni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari boshlandi. Masjidning asosiy binosining janubiy qismidagi boʻsh yer hamda janubiy qismidagi ayvon qayta qurilib, 3 qavatli bino barpo etildi va bu bino asosiy honaqoh binosi bilan tutashtirildi.
2014-yil 29-iyul hijriy sana boʻyicha 1434-yil Ramazon oyining 20-kuni ushbu masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashrif buyurib, u kishi ishtirokida masjid ahliga ramazon maʼruzasini tashkil qilingan[5]. Shuningdek, 2014-yil 16-iyul hijriy sana boʻyicha 1435-yil Ramazon oyining 19-kuni yana bir bor Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashrif buyurib, masjid ahliga ramazon maʼruzasini tashkil qilingan[6].
Masjidda 1994-yildan 1999-yilgacha Anvar qori Tursunov masjid bosh imom xatibi boʻlib ishlagan[7][8][9][10]. 2000-yildan 2012-yil 19-yanvarga qadar Rahimberdi Rahmonov masjidning bosh imomi boʻlib faoliyat yuritgan[11][12].
Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yangiobod dahasi Chilon ota koʻchasi[1] 17-uy manzilida joylashgan. Masjidning janubiy vs sharqiy qismida Chilon ota qabristoni joylashgan. Shimoliy qismida aholi uylari, gʻarbiy qismida esa hozirda buzib tashlangan hammom hududi va issiqlik qozonxonasi joylashgan.
Toshkent shahridagi masjidlar | ||
---|---|---|
Yunusobod tumani |
| |
Mirzo Ulugʻbek tumani |
| |
Olmazor tumani |
| |
Shayxontohur tumani |
| |
Chilonzor tumani |
| |
Yakkasaroy tumani |
| |
Sergeli tumani |
| |
Mirobod tumani |
| |
Bektemir tumani |
| |
Yangihayot tumani | ||
Yashnobod tumani | ||
Uchtepa tumani |
|