viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Qoʻrgʻontepa |
Yirik shahari | Qoʻrgʻontepa |
Boshqa yirik shaharlari | Koʻlob, Norak, Dangʻara, Sarband, Panj |
Asos solingan sanasi | 2-dekabr 1992-yil |
Hukumat raisi | Gʻaybullo Avazali |
Rasmiy tili | Tojikcha |
Aholi (2013) | 2,831,700 [1]. (1-oʻrin) |
Zichligi | 115,1 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
tojiklar — 78,6 %, oʻzbeklar — 17,9 %, ruslar — 3,5 % |
Maydoni | 24 800 km² (4-oʻrin) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | TJ-KT |
Indeks FIPS | TI02 |
Telefon kodi | +992 3222 |
Pochta indeksi | 735140 |
Avtomobil raqami kodi | 03РТ |
Xaritada | |
37°50′0″N 69°0′0″E / 37.83333°N 69.00000°E |
Xatlon viloyati — Tojikiston Respublikasi janubi-gʻarbidagi viloyat. 1992-yilda Koʻlob va Qoʻrgʻontepa viloyatlarining qoʻshilishi natijasida vujudga kelgan. Maydoni 24,800 km2. Aholisi 2,676,000 kishi (2010), asosan, tojiklar, shuningdek, oʻzbeklar, turkmanlar, arablar, ruslar, loʻlilar, tatarlar va boshqa jami 40 ga yaqin millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Qoʻrgʻontepa shahri. Tarkibida 24 tuman, 5 shahar, 18 shaharcha va 128 qishloq fuqarolari yigʻini bor[2]. Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh.
Xatlon viloyati sharqsan Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati, shimoldan Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar, gʻarbdan Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati bilan, janubdan Afgʻoniston bilan chegaradosh. Viloyatning Qoʻrgʻontepa tomonida Vaxsh va Kofarnihon vodiylari joylashgan. Ushbu hududda Bobotogʻ, Oqtogʻ, Rangontogʻ, Qoratogʻ va Teraklitogʻlar mavjud. Vaxsh daryosining quyi qismida „Polvontoʻqay“ toʻqayzori joylashgan[3].
Xatlon viloyati Qoʻrgʻontepa va Koʻlob qismlariga boʻlinadi. Qoʻrgʻontepa qismining iqlimi subtropik. Yanvar oyidagi oʻrtacha harorat vodiylarda —3 °C, togʻlarda —2 °C gacha, iyul oyida vodiylarda 30 °C, togʻlarda 24 °C — 26 °C. Yillik yogʻin 150 – 200 mm dan 500 mm gacha.
Koʻlob qismining janubida subtropik iqlim. Vodiylarda yanvarda oʻrtacha harorat —2 °C gacha, iyulda 22°—30°. Yillik yogʻin 200–400 mm. Togʻ yon bagʻirlarida yillik oʻrtacha harorat yanvarda —2°, —4°, iyulda 20°—24°, yillik yogʻin 600–800 mm, janubi-gʻarbidagi pasttekisliklarda 200–400 mm. Shimoliy qismidagi vodiylarda havo nisbatan salqinroq. Yillik yogʻin 1000 mm.
Koʻlob tarafida Sarsarak, Ilontogʻ, Tik togʻlari, Hazrati Shoh togʻlari, shuningdek, Xoʻja Sarez va Xoʻja Moʻmin yonida tuz gumbazlari mavjud. Qizilsuv (Surxob) va Yaxsuv daryolaridan sugʻorishda foydalaniladi. Eng yirik daryosi — Panj. Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda, archa va boshqalar oʻsadi. Janubi-sharqida tokzor va lalmi sharoitlarga moslashgan boshqa mevali daraxtlar mavjud. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayra, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, iyik; qushlardan kaklik, bedana, burgut, oʻrdak, laylak va boshqalar uchraydi. Foydali qazilmalardan oltin, koʻmir, gaz, neft, torf va boshqalar bor[4].
Xatlon viloyati tarkibiga 6 ta shahar (Qoʻrgʻontepa, Koʻlob, Norak, Dangʻara, Sarband, Panj) va 21 tuman kiradi:
Sanoati paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati (yogʻmoy, konserva, goʻsht, pivo pishirish, tuz), kimyo (azotli oʻgʻitlar), elektrotexnika (transformator), qurilish materiallari (temirbeton, gʻisht, ohak) ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Vaxsh daryosida Sarband, Markaziy, Sharshara elektr styalari, Boygʻozi gidrouzeli ishlab turibdi. Respublikadagi eng yirik Norak GES ham shu viloyat hududida joylashgan. Qoʻrgʻontepa va Koʻlobda aeroportlar bor[5].
Respublikada yetishtiriladigan paxtaning asosiy qismi, jumladan, ingichka tolali paxtaning barchasi ushbu hududda yetishtiriladi. Shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, limonchilik, pillachilik, chorvachilik (jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Gʻallachilik, sholichilik keyingi yillarda tez rivojlandi. Asalarichilik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Vaxsh tuproqshunoslik melioratsiya stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. 1960—70-yillarda Yovon, Obikiik, Gʻaravuti, Toshrabod, Qarodum, Beshkent vodiysi va Dangʻaradagi qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib paxtazorga aylantirilgan[6].
Viloyatda 1187 umumiy taʼlim maktabi, 9 oʻrta maxsus bilim yurti va 2 ta universitet joylashgan. 3 teatr, 6 muzey, 502 jamoat kutubxonasi bor.
Xatlon viloyati aholisi qadimdan hunarmandchilikning zargarlik, kulolchilik, egarchilik, kashtachilik va boshqa turlari bilan shugʻullanadi. Viloyatda Hazrati Amir Sayd Hamadoniy (Koʻlob shahrida), Hazrati Uzun Ostona (Jilikoʻl tumanida), Chiluchor chashma (Beshkentda) va boshqa ziyoratgohlar mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Poytaxti | ||
---|---|---|
Muxtor viloyati | ||
Viloyatlar | ||
Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar | Varzob tumani • Vahdat tumani • Hisor tumani • Jirgatol tumani • Nurobod tumani • Rasht tumani • Rogʻun tumani • Roʻdakiy tumani • Tavildara tumani • Tojikobod tumani • Tursunzoda tumani • Fayzobod tumani • Shahrinav tumani |