Xaldeylar — Janubiy Mesopotamiyada mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida yashagan somiy qabilalar. Bobilga egalik qilish uchun Ossuriya bilan kurash olib borishgan. 626—538 yillarda Bobilda Yangi Bobil podsholigiga asos solgan xaldeylar sulolasi hukmronlik qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |